Mundarija Kirish I bob. O‘zbek tilshunosligida morfologiya bo‘limining o‘rganilishi
Download 79.48 Kb.
|
erkin kurs ishi
Innovatsion usullar . Innovatsiya-lotincha so`z bo`lib, “yangilik kiritaman, tatbiq
etaman, o‘zgartiraman” degan ma'noni bildirib, u quyidagi usullardan iborat36: Namoyish qilish Kichik guruhlarda bo‘lish Aqliy hujum Tanqidiy tafakkur Debatlar Nuqtai nazaring bo‘lsin Morfologik qo‘shimchalarni o‘qitishda foydalaniladigan eng samarador usullardan yana biri “Suhbat” usulidir. Bu ko‘pincha savol-javob mеtodi dеb ham yuritiladi. Chunki mazkur mеtod dars jarayonida savol-javob vositasida olib boriladi. Bunda o‘qituvchi o‘quvchilarning o‘zlarida bor bilimlardan foydalangan holda mavzuni tushuntiradi. Ushbu usulni ko‘proq maktab o‘quvchilariga, ayniqsa, 6-sinf o‘quvchilariga otlarda erkalash - kichraytirish shakllari mavzusiga nisbatan qo‘llash mumkin. Bu quyidagicha amalga oshiriladi: a) dastlab, o‘quvchilardan ular ota-onalariga(aka-uka va opa-singillariga) qanday murojaat qilishlari so‘raladi. Bunda ular oyijon, dadajon (akajon…) qabilida javob qaytaradilar; b) so‘ngra o‘quvchilarga turli hayvon bolalarining (buning o‘rniga turli kichkina narsalardan ham foydalanish mumkin) rasmlari ko‘rsatiladi va ulardan bularning nima ekanligi so‘raladi. O‘quvchilar mushukcha, kuchukcha, qo‘zichoq, qushcha qabilida javob qaytaradilar. c) ota-onalar farzandlarini erkalaganlarida qanday so‘zlardan foydalanishlari so‘raladi. Javoblar qizcham, qizalog‘im, shirincham qabilida bo‘ladi. “Yagona davra” strategiyasi “Yagona davra” strategiyasi o‘quvchilarda o‘rganilayotgan mavzu yuzasidan mustaqil, mantiqiy fikrlash, boshqalar tomonidan bildirilayotgan fikrlarni tinglash, ularni to‘ldirish, shaxsiy fikrlarini asoslash, xulosa chiqarish qobiliyatini tarbiyalashga xizmat qiladi. Mavzu yuzasidan har bir o‘quvchining fikrini bilish muhim. Shuning uchun har bir o‘quvchi fikr bildirayotganda uning so‘zini bo‘lish, qo‘shimcha qilish hech kimga, hatto o‘qituvchiga ham ruxsat etilmaydi. Strategiyani qo‘llashda quyidagi quyidagi shartlarga amal qilish shart: 1. O‘quvchilar davra qurib o‘tirishlari, o‘rtaga tashlangan savol yuzasidan o‘z tushunchalarini bayon etishlari. 2. O‘quvchilar o‘zlariga navbat kelishini kutib o‘tirmay, mavzu yuzasidan fikrlarini ayta olishlari. 3. Mashg‘ulotda har bir o‘quvchinig faol ishtirok etishi, muhokamaga o‘z hissasini qo‘shishini ta’minlash. O‘qituvchi muhokama yakunida bildirilgan umumlashtirilishi, har bir o‘quvchining ishtirokini ko‘rsatib o‘tishi lozim. Strategiya, odatda, mashg‘ulotning boshlanishi yoki yakunida qo‘llaniladi. Morfologik vositalarni o‘qitish jarayonida o‘qituvchi o‘quvchilar bilan “Yagona davra” metodidan foydalinishi yaxshi samara berishi mumkin. Bunda o‘qituvchi taxminan quyidagicha savol bilan murojaat qilishi mumkin: “Nima deb o‘ylaysiz, siz o‘rganayotgan otlardagi lug‘aviy shakl yasovshi qo‘shimchalar kesatiq, yerga urish ma’nolarida ham qo‘llanishi mumkinmi? Misollar keltira olasizmi?” Bu o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini ham tekshirishga imkon beradi. O‘quvchilar o‘zlari o‘qigan badiiy asarlarini eslashlari va undagi parchalardan misollar keltirishlari mumkin. Bu o‘quvchilarning erkin fikrlashlariga, darslikda berilgan misollardan tashqari, o‘zlari mustaqil ravishda misollar topa olishlariga ko‘maklashadi. Download 79.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling