Mundarija: Kirish I. Bob. O`Zbekistonning tabiiy sharoiti va resurslari imkonyatlari


O`zbekistondagi foydali qazilmalar resurslari


Download 0.74 Mb.
bet5/9
Sana19.06.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1605026
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mundarija

1.3.O`zbekistondagi foydali qazilmalar resurslari.
Foydali qazilmalar, mineral xomashyolar — Yer poʻstida qattiq, suyuq va gazsimon holatlarda uchraydigan, turli geologik jarayonlar natijasida toʻplangan hamda miqdori, sifati, joylashish sharoitlariga koʻra sanoatda ishlatishga yaroqli boʻlgan tabiiy mineral moddalar. Foydali qazilmalar turli konlarni hosil qiladi. Paydo boʻlish sharoitiga koʻra Foydali qazilmalar konlari seriyalar — sedimentogen (gipergen), magmatogen (gipogen) va metamorfogen konlarga bulinadi. Geologik davr jihatidan foydali qazilmalar konlari ichida arxey, proterozoy, rifey, paleozoy, mezozoy va kaynozoy yoshidagi konlar farq qilinadi. Shakllanish joyi jihatidan geosinklinal (burmalagan oblastlar) va platformalardagi konlar boʻladi. Qanday chuqurlikda paydo boʻlishiga koʻra, foydali qazilmalar konlari ultraabissal (10–15 km dan chuqur), abissal (3–5 km dan chuqur), gipabissal (1,5 km chuqurlikda joylashgan) konlarga boʻlinadi. F.q Z guruhga: metall, nemetall va yonuvchilarga boʻlinadi. Metall Foydali qazilmalar sof metallar, qora, rangli, siyrak va radioaktiv metall rudalari, shuningdek, nodir yer elementlaridan iborat. Nemetall foydali qazilmalarga konchilik kimyo xomashyosi (turli tuzlar, gips, barit, oltingugurt, fosforitlar, apatitlar), olovbardosh, elektrotexnik, pyezooptik, issikdik va tovushni izolyatsiya qiluvchi, kislota va ishqorlarga chidamli xom ashyo, qurilish materiallari, qimmatbaho va texnik toshlar kiradi. Neft, yonuvchi gaz, toshkoʻmir va qoʻngʻir kumir, torf, yonuvchi slanetslar yonuvchi Foydali qazilmalarga mansub. Fizik holatiga koʻra, qattiq (qazilma koʻmirlar, rudalar, noruda Foydali qazilmalar), suyuq (neft, mineral suvlar) va gazsimon (yonuvchi tabiiy va inert gazlar) Foydali qazilmalar boʻladi. Mineral resurslar mamlakat, qitʼa yoki butun dunyo zaminidagi Foydali qazilmalar yigʻindisi boʻlib, sanoat ishlab chiqarishining muhim tarmoqlari (energetika, qora va rangli metallurgiya, kimyo sanoati, qurilish) taraqqiyoti negizi hisoblanadi. Mineral resurslar sanoatda ishlatilishiga qarab, bir qancha guruxlarga ajratiladi:
a) yoqilgʻienergetika resurslari (neft, tabiiy gaz, kazilma kumir, yonuvchi slanetslar, torf, uran rudalari);
b) kora va rangli metallurgiya xomashyosi hisoblangan ruda resurslari (temir va marganets rudalari, xromit, boksit, mis, qoʻrgʻoshin,rux, nikel, volfram, molibden, qalay, surma rudalari, nodir metallar rudalari va boshqalar);
v) konchilikkimyo xom ashyosi (fosforit, apatit, osh tuzi, kaliy va magniy tuzlari, oltingugurt va uning birikmalari, barit, bor rudalari, brom va yod tarkibli eritmalar);
g) tabiiy qurilish materiallari va noruda Foydali qazilmalarning katta guruhi, shuningdek, bezak, texnik va qimmatbaho toshlar (marmar, granit, yashma, agat, togʻ xrustali, granat, korund, olmos va boshqalar); d) gidrotermal mineral resurslar (yer osti chuchuk va mineral suvlari). Mineral boyliklar koʻp tabiiy resurslardan farqli ravishda qaytadan tiklanmaydi. Dunyo okeani suvlari va yer osti shoʻr suvlari mineral xom ashyoning muhim rezervlari hisoblanadi.
O‘zbekiston foydali qazilmalar Davlat balansi ma'lumotlariga ko‘ra, mamlakat hududida 1895 ta foydali qazilmalar manbai ochilgan. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, foydali qazilmalarning umumiy hisob bo‘yicha 35 foizi mustaqillik yillarida ochilgan. Ochilgan 1895 ta foydali qazilmadan 235 tasi uglevodorodli, 151 tasi metalli, yettitasi ko‘mirli, 55 tasi tog‘-kon, 34 tasi tog‘-kimyo va 30 tasi yarim qimmatbaho ashyoli, 764 tasi turli yo‘nalishdagi qurilish materialli va 619 tasi yer osti mineral suvlidir.
Shuni ta'kidlash lozimki, O‘zbekiston oltin zaxirasi bo‘yicha jahonda 10-o‘rinda, qazib olish bo‘yicha esa 11-o‘rinda boradi. Oltin qazib olish hududlariga quyidagilar kiradi: Qizilqumdagi foydali qazilmalar (Muruntog‘, Metenboy, Chuqurquduq, Ajibugut, Omontog‘, Ko‘kpatas, va boshqalar), Samarqanddagi (Chormiton, Sarmich, Biron, Marjonbuloq) va Toshkent viloyatida (Kuchbuloq, Qayrag‘och, Qizilolmasoy, Kavladi, Pirmirob, Kuzaksoy va boshqalar).
Yuqorida ko’rib o’tgan resurslar nafaqat sanoatda, balki iqtisodiyotda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Sababi bunday resurslarsiz ishlab chiqarish shakllanmaydi va iqtisodiy sektorlar rivojlanmaydi. Ishlab chiqarishni yurguzuvchi resurslar nafaqat qazilma resurslari, balki tabiat inom etgan barcha resurslarni tushunishimiz kerak. Ya’ni yerimiz bizga tortiq etgan barcha xomashyolar bu ishlab chiqarishni, iqtisodiyotni yurgiztirib turuvchi resurslardir. Ammo bu kabi resurslar cheklanganligini hisobga olgan holda, undan samarali va oqilona foydalanish yo’llarini toppish zarur. Shu tufayli bunday tabiiy resurslardan foydalanishni tartibga soluvchi qonun ham kuchga kiritilgan. Ushbu qonun tabiatni muxofaza qilish to’g’risida bo’lib, 09.12.1992-yilda qabul qilingan. Ushbu Qonun tabiiy muhit sharoitlarini saqlashning, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslarini belgilab beradi. Qonunning maqsadi inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatlar uyg‘un muvozanatda rivojlanishini, ekologiya tizimlari, tabiat komplekslari va ayrim obyektlar muhofaza qilinishini ta’minlashdan, fuqarolarning qulay atrof muhitga ega bo‘lish huquqini kafolatlashdan iboratdir. Bu qonun o’n bir bo’limdan iborat bo’lib, har bir bo’limidagi moddalarda tabiat inom etgan resurslardan oqilona foydalanish kerakligi qonun doirasida mustahkamlab qo’yilgan. Xususan, beshinchi bo’limni oladigan bo’lsak, unda tabiiy resurslardan foydalanish shartlari, tuproqdan foydalanish shartlari, yer osti boyliklari va foydali qazilmalardan foydalanish shartlari, suvlar va suv havzalaridan foydalanish shartlari batafsil ko’rsatib o’tilgan. Bu qonunni buzgan fuqaro tabiiy resurslardan foydalanish huquqidan mahrum etilishi ham belgilangan. Bundan ko’rinib turibdiki, yurtimizda foydali qazilmalar (tabiiy) resurslari va ulardan foydalanish samarali yo’lga qo’yilgan.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling