Mundarija: Kirish I. Bob. O`Zbekistonning tabiiy sharoiti va resurslari imkonyatlari
Download 0.73 Mb.
|
O`zbekistonning tabiiy sharoiti va resurslarini iqtisodiy geografik baholash.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.2.O`zbekistondagi foydali qazilmalar resurslari. Foydali qazilmalar
4.Iqlimi va suv resurslari. O’zbekiston iqlimi keskin kontinental: yozi issiq, kishi ancha sovuq. Mamlakat ichida esa chekka shimol va shimoli- g’arbda mo’’tadil, qolgan tekislik hududlarda subtropik xususiyatga ega. Yillik o’rtacha harorat shimoldagi +8,9dan, janubdagi +18 darajagacha farqlanadi. Yanvar oyining o’rtacha harorati faqat janubda - Surxondaryoda noldan yuqori (masalan, Sherobodda +3.6, Ustyurtda minus 8-11 daraja. Iyul oyida o’rtacha harorat Termiz yoki Sherobodda plyus 31- 320, Toshkentda +270, Samarqandda +260, tog’ va tog’oldi hududlarda bu ko’rsatkich birmuncha pastroq.Ma’lumki, o’simliklar rivojlanishi uchun sutkalik harorat +5° darajadan past bo’lmasligi kerak. Musbat haroratlar yig’indisi vegetatsiya davrini belgilab beradi. Respublikamizning eng janubida bu miqdor 4000-4900 darajaga yetadi, shimolda va tog’li hududlarda esa u 2000-30000 atrofida.
1.2.O`zbekistondagi foydali qazilmalar resurslari. Foydali qazilmalar, mineral xomashyolar — Yer poʻstida qattiq, suyuq va gazsimon holatlarda uchraydigan, turli geologik jarayonlar natijasida toʻplangan hamda miqdori, sifati, joylashish sharoitlariga koʻra sanoatda ishlatishga yaroqli boʻlgan tabiiy mineral moddalar. Foydali qazilmalar turli konlarni hosil qiladi. Paydo boʻlish sharoitiga koʻra Foydali qazilmalar konlari seriyalar — sedimentogen (gipergen), magmatogen (gipogen) va metamorfogen konlarga bulinadi. Geologik davr jihatidan foydali qazilmalar konlari ichida arxey, proterozoy, rifey, paleozoy, mezozoy va kaynozoy yoshidagi konlar farq qilinadi. Shakllanish joyi jihatidan geosinklinal (burmalagan oblastlar) va platformalardagi konlar boʻladi. Qanday chuqurlikda paydo boʻlishiga koʻra, foydali qazilmalar konlari ultraabissal (10–15 km dan chuqur), abissal (3–5 km dan chuqur), gipabissal (1,5 km chuqurlikda joylashgan) konlarga boʻlinadi. F.q Z guruhga: metall, nemetall va yonuvchilarga boʻlinadi. Metall Foydali qazilmalar sof metallar, qora, rangli, siyrak va radioaktiv metall rudalari, shuningdek, nodir yer elementlaridan iborat. Nemetall foydali qazilmalarga konchilik kimyo xomashyosi (turli tuzlar, gips, barit, oltingugurt, fosforitlar, apatitlar), olovbardosh, elektrotexnik, pyezooptik, issikdik va tovushni izolyatsiya qiluvchi, kislota va ishqorlarga chidamli xom ashyo, qurilish materiallari, qimmatbaho va texnik toshlar kiradi. Neft, yonuvchi gaz, toshkoʻmir va qoʻngʻir kumir, torf, yonuvchi slanetslar yonuvchi Foydali qazilmalarga mansub. Fizik holatiga koʻra, qattiq (qazilma koʻmirlar, rudalar, noruda Foydali qazilmalar), suyuq (neft, mineral suvlar) va gazsimon (yonuvchi tabiiy va inert gazlar) Foydali qazilmalar boʻladi. Mineral resurslar mamlakat, qitʼa yoki butun dunyo zaminidagi Foydali qazilmalar yigʻindisi boʻlib, sanoat ishlab chiqarishining muhim tarmoqlari (energetika, qora va rangli metallurgiya, kimyo sanoati, qurilish) taraqqiyoti negizi hisoblanadi. Mineral resurslar sanoatda ishlatilishiga qarab, bir qancha guruxlarga ajratiladi: a) yoqilgʻienergetika resurslari (neft, tabiiy gaz, kazilma kumir, yonuvchi slanetslar, torf, uran rudalari); b) kora va rangli metallurgiya xomashyosi hisoblangan ruda resurslari (temir va marganets rudalari, xromit, boksit, mis, qoʻrgʻoshin,rux, nikel, volfram, molibden, qalay, surma rudalari, nodir metallar rudalari va boshqalar); v) konchilikkimyo xom ashyosi (fosforit, apatit, osh tuzi, kaliy va magniy tuzlari, oltingugurt va uning birikmalari, barit, bor rudalari, brom va yod tarkibli eritmalar); g) tabiiy qurilish materiallari va noruda Foydali qazilmalarning katta guruhi, shuningdek, bezak, texnik va qimmatbaho toshlar (marmar, granit, yashma, agat, togʻ xrustali, granat, korund, olmos va boshqalar); d) gidrotermal mineral resurslar (yer osti chuchuk va mineral suvlari). Mineral boyliklar koʻp tabiiy resurslardan farqli ravishda qaytadan tiklanmaydi. Dunyo okeani suvlari va yer osti shoʻr suvlari mineral xom ashyoning muhim rezervlari hisoblanadi. O‘zbekiston foydali qazilmalar Davlat balansi ma'lumotlariga ko‘ra, mamlakat hududida 1895 ta foydali qazilmalar manbai ochilgan. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, foydali qazilmalarning umumiy hisob bo‘yicha 35 foizi mustaqillik yillarida ochilgan. Ochilgan 1895 ta foydali qazilmadan 235 tasi uglevodorodli, 151 tasi metalli, yettitasi ko‘mirli, 55 tasi tog‘-kon, 34 tasi tog‘-kimyo va 30 tasi yarim qimmatbaho ashyoli, 764 tasi turli yo‘nalishdagi qurilish materialli va 619 tasi yer osti mineral suvlidir. Shuni ta'kidlash lozimki, O‘zbekiston oltin zaxirasi bo‘yicha jahonda 10-o‘rinda, qazib olish bo‘yicha esa 11-o‘rinda boradi. Oltin qazib olish hududlariga quyidagilar kiradi: Qizilqumdagi foydali qazilmalar (Muruntog‘, Metenboy, Chuqurquduq, Ajibugut, Omontog‘, Ko‘kpatas, va boshqalar), Samarqanddagi (Chormiton, Sarmich, Biron, Marjonbuloq) va Toshkent viloyatida (Kuchbuloq, Qayrag‘och, Qizilolmasoy, Kavladi, Pirmirob, Kuzaksoy va boshqalar). Yuqorida ko’rib o’tgan resurslar nafaqat sanoatda, balki iqtisodiyotda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Sababi bunday resurslarsiz ishlab chiqarish shakllanmaydi va iqtisodiy sektorlar rivojlanmaydi. Ishlab chiqarishni yurguzuvchi resurslar nafaqat qazilma resurslari, balki tabiat inom etgan barcha resurslarni tushunishimiz kerak. Ya’ni yerimiz bizga tortiq etgan barcha xomashyolar bu ishlab chiqarishni, iqtisodiyotni yurgiztirib turuvchi resurslardir. Ammo bu kabi resurslar cheklanganligini hisobga olgan holda, undan samarali va oqilona foydalanish yo’llarini toppish zarur. Shu tufayli bunday tabiiy resurslardan foydalanishni tartibga soluvchi qonun ham kuchga kiritilgan. Ushbu qonun tabiatni muxofaza qilish to’g’risida bo’lib, 09.12.1992-yilda qabul qilingan. Ushbu Qonun tabiiy muhit sharoitlarini saqlashning, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslarini belgilab beradi. Qonunning maqsadi inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatlar uyg‘un muvozanatda rivojlanishini, ekologiya tizimlari, tabiat komplekslari va ayrim obyektlar muhofaza qilinishini ta’minlashdan, fuqarolarning qulay atrof muhitga ega bo‘lish huquqini kafolatlashdan iboratdir. Bu qonun o’n bir bo’limdan iborat bo’lib, har bir bo’limidagi moddalarda tabiat inom etgan resurslardan oqilona foydalanish kerakligi qonun doirasida mustahkamlab qo’yilgan. Xususan, beshinchi bo’limni oladigan bo’lsak, unda tabiiy resurslardan foydalanish shartlari, tuproqdan foydalanish shartlari, yer osti boyliklari va foydali qazilmalardan foydalanish shartlari, suvlar va suv havzalaridan foydalanish shartlari batafsil ko’rsatib o’tilgan. Bu qonunni buzgan fuqaro tabiiy resurslardan foydalanish huquqidan mahrum etilishi ham belgilangan. Bundan ko’rinib turibdiki, yurtimizda foydali qazilmalar (tabiiy) resurslari va ulardan foydalanish samarali yo’lga qo’yilgan. Shu jumadan, Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyev tomonidan ham foydali qazilmalarimizni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari ko’rilishi to’grisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori tasdiqlandi va u Yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganishni yanada takomillashtirish va 2020-2021 yillarda mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash davlat dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida. Bu qaror quyidagilarni o’z ichiga oladi:Soʻnggi yillarda mamlakat hududlarini barqaror rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlaridan biri boʻlgan mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish, shuningdek, yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganish, foydali qazilmalardan foydalanish, muhofaza qilish sohasini boshqarish va nazorat qilish tizimini takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar qabul qilindi. Shu bilan birga sohaning amaldagi holati qurilish materiallari sanoatini, elektrotexnika sohasini rivojlantirishga qaratilgan foydali qazilmalarning yangi istiqbolli maydonlari va konlarini aniqlash uchun qidiruv zaxiralarini koʻpaytirishni hisobga olgan holda, mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklashga doir maqsadli dasturlarni shakllantirish va ijro etish samaradorligini oshirish, shuningdek, mineral-xomashyolarni izlash va qazib olishga ruxsat berish tartib-tamoyillarini soddalashtirish, investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha muhim choralar qabul qilinishini talab qiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4-maydagi “2017-2021 yillarda yer osti suvlari zaxiralaridan oqilona foydalanishni nazorat qilish va hisobga olishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2954-son qarori bilan tashkil qilingan 2017-2021 yillarda yer osti suvlari zaxiralaridan oqilona foydalanishni nazorat qilish va hisobga olishni tartibga solish chora-tadbirlari dasturi amalga oshirilishini muvofiqlashtirish boʻyicha Ishchi guruhiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ushbu qaroriga 3 va 5-ilovalarida koʻrsatib oʻtilgan parametrlarga hududlardagi haqiqiy holatdan kelib chiqib, butun respublika boʻyicha tasdiqlangan umumiy parametrlar doirasida oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi berilsin. 13. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Davlat geologiya qoʻmitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi,“Navoiy KMK” DK, “Olmaliq KMK” AJ, Fanlar akademiyasi, Energetika vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda 2019-yil 1-noyabrga qadar texnogen chiqindilarni kompleks qayta ishlash va utilizatsiya qilish imkoniyatlarini tanqidiy oʻrganib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Texnogen chiqindilarni qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlari dasturini kiritsin. Bu qaror doirasida ko’rishimiz mumkinki, foydali qazilmalardan oqilona foydalanib, iqtisodiyotni rivojlantirish davlat bosh masalalaridan biri hisoblanar ekan. Sababi, resurslarga boy o’lkamizdagi har bir xomashyoni samarali, oqilona yo’naltirish nafaqat davlatga, balki aholiga ham foydali hisoblanadi. 2019-yilning yanvar-iyul oylarida O'zbekiston Respublikasining sanoat ishlab chiqarishi dastlabki ma’lumotlar bo’yicha,2019-yilning yanvar-iyul oylarida respublika korxonalari tomonidan175,3trln.so'mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo'lib, o'tgan yilning tegishli davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajmindeksi*106,8% ni tashkil etdi.Shu bilan birga, 2018-yilning shu davriga nisbatan mehnat unumdorligi 5,8foizga, sanoatda band bo'lgan birkishiga sanoat mahsuloti ishlab chiqarish 97112,1 ming so'mni tashkil etdi. Jami sanoat ishlab chiqarish fizik hajmi o’sishining asosiy omili bo’lib, tog’-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash –3,9% ga,ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoat-7,9% ga, elektr, gaz, bug' bilan ta'minlash va havoni konditsiyalash -3,5% ga va suv bilan ta'minlash, kanalizatsiya tizimi,chiqindilarni utilizatsiya qilish–5,4% ga o’sishi hisoblanadi.1 Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling