Mundarija kirish I. Bob. Parhez taomlarning tavsifi
II.BOB. Sovuq parhez taomlar
Download 0.49 Mb.
|
saidaKURS
II.BOB. Sovuq parhez taomlar 2.1. Parhez suyuq va quyuq issiq taomlari
1-son parhez dasturxoni uchun sovuq taom va gazaklar turi ma’lum darajada cheklangan. Bunda baliqning donador yoki tuzlangan qora uvuldurugiari ko‘p berilmaydi, seld yog‘i, suzma pishlog‘i, qaynatib pishirib sovitilgan balq (yog‘siz holdagisi), sabzavot pishirilgan suvda tayyorlangan jele asosida tayyorlangan go‘sht yoki baliq frikadelkasi, yog‘siz dudlangan cho‘chqa go‘shtini, pishirib tayyorlangani, mol pushti mag‘izining go‘sht qiymalagichdan o‘tkazilgani, sabzining asal bilan aralashtirilgani ko‘zda tutiladi. 2-son parhez dasturxoni uchun yog‘siz dudlangan cho‘chqa go‘shti, doktor kolbasasi, bo‘ktirib tuzi ketkazilgan seld, seld yog‘i, pishloqli yog‘, pishloq, dudlangan baliq (yog‘siz), baliqning donador yoki tuzlangan qora uvuldurug‘i, jigar pashteti, baqlajon yoki qovoqcha ikrasi, smetanali ko‘k salat, sabzi bilan asal aralashmasi, pomidor bilan sariyog‘ beriladi. 5-son parhez dasturxoni uchun har xil sovuq taom va gazaklar beriladi. Yangi yoki pishirilgan sabzavot salatlari, vinegretlar tayyorlashda pista moyi, zaytun moyi, smetana ishlatiladi. Bunday taomlarda tuzlangan bodring o'miga nordon bo‘lmagan tuzlangan karam ishlatiladi. Ishlatiladigan sabzavotlar bug‘da pishiriladi. Pishirilgan baliq va go‘shtli taomlar sof holda yoki sardak bilan (til, go‘sht, gamirli baliq) beriladi. Bular uchun jele sabzavot qaynatilgan suvda tayyorlanadi. Sabzavot taomlaridan — qizilcha smetana bilan, turp bilan olma bilan, baqlajon va qovoqcha sikrasi beriladi. Bo‘ktirib tuzi ketkazilgan seld chopilgan holda yoki seld yog‘i beriladi. Tayyorlanadigan salatlarga limon sharbati yoki 2% li limon ishqori qo‘shiladi. Sabzi olma bilan (2, 5-son parhez dasturxoni). Ishlovdan o‘tgan olma urug‘i, pardalaridan tozalanib somoncha shaklida to‘g‘ralib, ishlovdan o‘tib somoncha shaklida to‘g‘ralgan sabzi va shakar, smetana bilan aralashtiriladi. Sabzi 68 g, olma 28 g, smetana 20 g, shakar 2 g. sof og'irligi 100 g. Lavlagi smetana bilan (2, 5-son parhez dasturxoni). Lavlagi pishirilib, tozalanib, somoncha shaklida to‘g‘raladi yoki qirg‘ichdan o‘tkaziladi va limon ishqori, smetana, shakar qo‘shib aralashtiriladi. Likopchaga solib ustidan to‘g‘ralgan ukrop sepib beriladi. Qora olxo‘rili lavlagi salati (5-son parhez dasturxoni). Quritilgan qora olxo‘ri saralab yuviladi, sovuq suvda bo‘ktirilib danagidan ajratiladi. Lavlagi tozalanib, mayda kubik yoki tilim-tilim shaklida to‘g‘raladi. Oz suvda pishirilib, sovitiladi va qora olxo‘ri va o‘simlik yog‘i yoki smetana qo‘shib aralashtiriladi. Salatni tayyorlashda biroz shakar qo‘shilishi va tarqatishda ko‘kat bilan bezalishi ham mumkin. Marinaddagi baliq frikadelkasi (5-son parhez dasturxoni). Baliq lahm go‘shti qiymalagichdan o‘tkazilib, suvda bo‘ktirilib, suyuqligi siqilgan qobiqsiz bulka non bilan aralashtirilib yana bir marta go‘sht qiymalagichdan o‘tkaziladi. Hosil bo‘lgan kotlet massasi urib pishitiladi, mayda sharchalarga bo‘lib bug‘da pishiriladi. Idishga frikadelka solinib, ustidan tomatli sabzavot marinadi quyiladi va qaynatiladi. Uni sovitib, tarqatishda ustidan ko‘kat sepib beriladi. Sardakli go‘sht pishlog (1, 2, 5-son parhez dasturxoni). Pishirilgan go‘sht qiymalagichdan 3—4 marta o‘tkaziladi va sovuq quyuq sut sardagi, yumshatilgan sariyog‘, tuz qo‘shib ko‘pirarli darajada aralashtiriladi. Aralashmalar bo’laklarga bo’linib shayba shakli beriladi, usti sariyog‘, sut sardagi aralashmasida bezalib, muzxonada qotiriladi. Parhez suyuq taomlari. 1-son parhez dasturxoni uchun sabzavot qaynatilgan suvda tayyorlangan ezilgan yorma suyuq oshlari (pyure suyuq oshi, shilimshiq suyuq oshi, krem suyuq oshi), yorma, makaron mahsulotli, sabzavotli (qovoq, sabzi) sut suyuq oshlari, rezavor-mevadan ezib tayyorlangan shirin suyuq oshlar tayyorlanadi. 2-son parhez dasturxoni uchun yuqorida ko‘rsatilgan suyuq oshlardan tashqari yana qaynatmalarda tayyorlangan suyuq oshlar, shuningdek, sabzavotlari mayda to‘g‘rab qo‘shilgan suyuq oshlar tavsiya etiladi. Bu parhez dasturxoniga tiniq qaynatmalarga har xil garnir solingan suyuq oshlar ham tortiladi. 5-son parhez dasturxoni uchun suyuq oshlar piyozsiz vegitarian usulda (sabzavot qaynatilgan suvda) tayyorlanadi. Sabzavotlari dimlab pishiriladi. Bu suyuq oshlar turiga borshchlar, shilar, sabzavotli, yormali suyuq oshlar kiradi. Yana har xil shirin, sutli suyuq oshlar tavsiya qilinadi. Yozda sovuq taomlardan okroshka, qizil lavlagili sho‘rva tortiladi. Tovuq pyuresi va guruchdan tayyorlangan suyuq osh (1, 5-son parhez dasturxoni). Pishirilgan lahm tovuq go‘shti qiymalagichdan, so‘ng elakdan ezib o‘tkaziladi. Guruch saralanib, yuvilib, ezilarli darajada pishiriladi. Guruch elakda suzib olingach suviga ezilgan tovuq go‘shti bilan aralashtirilib qaynatiladi. Tarqatishda eritilgan sariyog‘ yoki lezon qo‘shib beriladi. Lezon tayyorlash uchun xom tuxum suyuq qaynoq qaymoq yoki sut bilan yaxshilab aralashtiriladi va suv-bug‘ hammomiga qo‘yib aralashtirilgan holda biroz quyuqroq holga kelguncha ushlanadi. So‘ng elakdan suzib o‘tkaziladi. Guruch 40 g, suv 600 g, tovuq 120 g, sariyog‘ 10 g, suyuq qaymoq 50 g, tuxum 1/ 2 dona, sof og'irligi 500 g. Pag‘a-pag‘a holda pishirilgan tuxumli tiniq qaynatma (2-son parhez dasturxoni). G o‘shtli tiniq qaynatma qaynash darajasiga ko‘tarilib, ustidan yaxshilab aralashtirib elakdan o‘tkazilgan holda xom tuxum solinadi va qaynatiladi. Tarqatishda ustiga eritilgan sariyog‘, ko‘kat sepib beriladi. Go'shtli tiniq qaynatma 500 g, tuxum 1/2 dona, sariyog’ 6 g, ko‘kat 5 g. Sof og'irligi 500 g. Borsh (2—5-son parhez dasturxoni). Ishlovdan o‘tgan sabzavotlar somoncha shaklida to‘g‘raladi. Qizilcha oz suvda dimlanadi. Sabzi va petrushka ildizi oz suvda qaynatilib, qizilchaga qo‘shib, sariyog' qo‘shilgan holda yumshoq holga kelguncha dimlanadi. Qaynab turgan suvga yoki sabzavot qaynatilgan tayyorlangan karam solib biroz qaynatiladi. So‘ng dimlangan sabzavot solinadi va 15—20 minut qaynagach, po‘sti tozalanib, to‘g‘ralgan pomidor, shakar, tuz, limon ishqori solinib, 5—10 minut qaynatib iste’molga tayyor holga keltiriladi. Tarqatishda borshga smetana, ko‘kat qo‘shib beriladi. Taomlarning ustidan quyib berish uchun sariyog‘, 2-son parhez dasturxonidagidek sovuq jazlangan unda tayyorlangan smetana sardaklari va go‘sht qaynatmasida tayyorlangan qizil sardak tayyorlanadi. Sabzili kartoshka pyuresi ( I, 2, 5-son parhez dasturxoni). Ishlovdan o‘tgan sabzi mayda to‘g‘ralib, oz sutda yumshoq pishiriladi. Ishlovdan o‘tgan kartoshka yumshoq pishirilib, suyuqligi to‘kilib, biroz quritiladi, sabzi bilan aralashtirib issiq holda ezuvchi mashinada eziladi va quyuq-suyuqligiga qarab qaynatilgan sut, sariyog' qo‘shib aralashtiriladi. Tarqatishda ustidan sariyog‘ quyib beriladi Suzmali sabzi suflesi ( I, 2, 5-son parhez dasturxoni). Ishlovdan o‘tgan sabzi mayda to‘g‘ralib, sariyog‘ qo‘shilgan holda oz sutda yumshoq pishiriladi va eziladi. Tayyorlangan sabzi, manna yormasi, tuxum sarigi, ezilgan suzma yaxshilab aralashtiriladi va yog‘langan qolipga solishdan avval yaxshilab ko‘pirtirilgan tuxum oqi tayyorlangan mahsulotgaqo‘shiladi.Qolipga solingan sufle massasi bug‘ qozonida pishiriladi. Tayyor sufle qolipdan bo‘shatilib, ustidan sariyog‘ quyiladi Sabzi 190 g, suzma 50 g, tuxum 1/2 dona, sariyog' 10 g, sut 30 g, manna yormasi 10 g, tuz 1 g, sof og‘irligi 255 g. Bug‘da pishirilgan gulkaram suflesi ( I, 2, 5-son parhez dasturxoni). Ishlovdan o’tgan gulkaram yumshaguncha pishiriladi, suzib olinib, quritiladi, ezilib, qaynatilgan sut, tuxum sarig‘i, manna yormasi, eritilgan sariyog‘ ko‘pirtirilgan tuxum oqi bilan aralashtirilgan zahoti yog‘langan qolipga solinib, bug‘ qozonida pishiriladi va qolipdan bo‘shatib ustidan sariyog' quyib beriladi. 2, 5-son parhez dasturxoni uchun sufleni yopib tayyorlash ham mumkin. Murabboli manna yorma oladyasi (2-son parhez dasturxoni). Ilashimli manna bo‘tqasi tayyorlanib 70°C haroratgacha sovitilib, shakar bilan ezilgan tuxum sarig‘i, ko‘pirtirilgan tuxum oqi qo‘shib yaxshilab aralashtiriladi, xamirturushli xamirdan tayyorlangan oladyaga o‘xshash usulda qovuriladi. Tarqatishda ustidan murabbo, sariyog' yoki smetana quyib beriladi. Mevali palov (5-son parhez dasturxoni). Quritilgan meva saralanib, yuvilib, yiriklari bo’linadi. Qaynab turgan suvga tuz, shakar, sariyog' solinib, ustidan saralab yuvilgan guruch solib qaynatiladi. Guruch suvini tortishi oldidan tayyorlangan meva solinadi va suvi toMiq tortilgandan so‘ng usti yopilgan holda suv-bug‘ hammomiga idishi bilan qo‘yilib dimlanadi. Tayyor bo‘lgandan so‘ng aralashtirilib taqsimchaga tog‘ usulida solib beriladi. Guruch 50 g, kishmish 20 g, qora olxo‘ri 20 g, olma 35 g, shakar 5 g, sariyog' 15 g, suv 100 g, tuz 1 g, sof og‘irligi 230 g. Bug'da tayyorlangan go’shtli tuxum oqi quymogi (5-son parhez dasturxoni). Pishirilgan mol go‘shti go‘sht qiymalagichdan o’tkazilib, tuxum oqi, tuz, sut bilan ko‘pirarli darajada aralashtiriladi, yog‘langan qohpgasolinib bug‘ qozonida quyuqlashguncha pishiriladi. Tarqatishda qolipdan bo‘shatib beriladi. 310 Tuxum (oqi) 3 dona, sut 30 g, sariyog’ 3 g, pishirilgan mol go’shti 50 g, tuz 2 g. sof og’irligi 150g. Bug‘da pishirilgan baliq zrazisi (1, 2, 5-son parhez dasturxoni). Oddiy usulda baliq kotlet massasi tayyorlanib, xom tuxum qo‘shib yaxshilab aralashtiriladi. Qiyma uchun sabzi mayda to'g'ralib, sariyog‘ qo‘shib oz suvda yumshoq holgacha pishiriladi. Xom tuxum, sut, tuzdan tayyorlangan quymoq mahsuloti yog‘langan qoUpga solinib, bug‘da pishirilib, sovitilib mayda chopiladi va tayyorlangan sabzi, mayda to‘g‘ralgan ko'kat bilan aralashtiriladi. Tayyor baliq kotlet massasi bo'laklanib «obi non» shakli berilgach o‘rtasiga tayyorlangan qiyma solib, chetlari birlashtiriladi va oval shakli beriladi. So'ng bug‘ qozoni patnisiga terilib, bug‘da pishiriladi. Zrazini biroz sariyog' qo‘shilgan oz suvda pishirib tayyorlasa ham bo‘ladi. Tarqatishda baliq zrazisiga garnir sifatida ilashimli grechixa bo‘tqasi yoki pishirilgan makaron qo‘shib, ustiga sariyog‘ sut sardagi quyib beriladi. Bug‘da pishirilgan baliq suflesi ( I, 5-son parhez dasturxoni). Baliq sof filesi sariyog‘ qo‘shilgan oz suvda pishirilib, sovitilib mayda tishli go‘sht qiymalagichdan 2 marta o‘tkaziladi. Qiymaga tuxum sarig‘i, yumshatilgan sariyog‘, quyuqroq sut sardagi qo‘shib yaxshilab aralashtiriladi.Yog‘langan qolipgasolishdan awal yaxshilab ko‘pirtirilgan tuxum oqi qo‘shiladi va yuzi tekislangan zahoti suv-bug‘ hammomiga qo‘yib 20—30 minut davomidapishiriladi.Tarqatishdaqolipdan bo‘shatilib, garnir sifatida kartoshka pyuresi, sutda pishirilgan kartoshka yoki ilashimli bo‘tqa qo‘shib, ustidan sariyog' quyib beriladi. Treska 127 g, sut 25 g, bug‘doy uni 5 g, sariyog' 3 g, tuz 0,8 g, tuxum 1,5 g, garnir 150 g. sof og'irligi 110/150/5 g. Sut sardagida pishirilgan krivetka (2, 5-son parhez dasturxoni). Krivetka qaynab turgan tuzli suvga solinib, qaynash darajasiga ko‘tarilib, ko'kat ildizlari solingan holda 4—5 minut qaynatiladi va o‘z suyuqligida sovitiladi. Qisqichlaridan ajratilib, bo‘laklarga bo'linadi. Tarqatishda taqsimchaga krivetka, yoniga garnir (donador guruch bo‘tqasi yoki kartoshka pyuresi) qo‘yilib, krivetka ustidan sut sardagi quyib beriladi. Pishirilgan mol go'shtidan tayyorlangan befstroganov (1, 5-son parhez dasturxoni). Pay, pardalardan tozalangan mol go‘shti pishirilib sovitiladi va somoncha shaklida to‘g‘raladi. Idishga solinib, smetana sardagi, qirg‘ichdan o'tkazilgan sabzi qo‘shib 5—7 minut qaynatiladi. Tarqatishda sardagi bilan taqsimchaga quyilib, garnir sifatida kartoshka pyuresi, pishirilgan vermishel qo‘shib beriladi.Mol go'shti 164 g, sabzi 4 g, petrushka 3 g, piyoz 2 g, tuz 1 g, pishgan go'sht vazni 75 g, sabzi 32 g, sardak 100 g, sof og'irligi 75/150 g. Bug‘da pishirilgan mol go’shti kotleti (1, 2, 5-son parhez dasturxoni). Go‘sht kotlet qiymasi mahsulotiga yumshatilgan sariyog‘ qo‘shib aralashtiriladi va boiaklarga bo‘linib uchi o‘tkirlangan oval shakli beriladi. So‘ng bug‘ qozoni patnisiga terilib, bug‘da 15—20 minut qaynatib tayyor holga keltiriladi. Kotletni yana oz suvda qaynatib pishirsa ham bo‘ladi. Tarqatishda taqsimchaga garnir (kartoshka pyuresi, ilishimli bo‘tqa, sut sardagida pishirilgan sabzavot) quyilib, yoniga bug‘da pishirilgan 2 dona kotlet qo‘yib, bir chetiga sut yoki smetana sardagi yoki ustidan sariyog‘ quyib beriladi. Suzmali mol go‘shti qiyma uzmasi (I, 5-son parhez dasturxoni). Lahm mol go'shti qiymalagichdan 2 marta yumshatilgan sariyog', xom tuxum qo‘shib yaxshilab aralashtirilib, ko‘pinarli darajaga keltiriladi. Tayyor mahsulot suvda ho‘llangan qoshiqlar yordamida 25 g hisobida bo‘lakchalarga bo‘linib, yog‘langan bug‘ qozon patnisiga terilib, bug‘da pishirib tayyor holga keltiriladi. Tarqatishda sabzavot pyurelari yoki oz suvda o‘tkaziladi. Suzma bilan aralashtirilib, yana bir marta qiymalagichdan o‘tkazilgandan so‘ng pishirilgan sabzi gamir sifatida berilishi mumkin. Qiyma uzmasi ustidan sariyog' quyib beriladi. Mol go'shti suflesi (11-son parhez dasturxoni). Pishirilgan mol go'shti pay, pardalaridan tozalanib, go'sht qiymalagichdan ikki marta o'tkazilib (mayda ko'zligidan) qolgan jarayon xuddi baliq suflesiga o'xshash bajarilib tayyor holga keltiriladi. Agar 2, 5-son parhez dasturxoni uchun tayyorlash lozim bo'lsa, qovurish shkafida yopib tayyorlash ham mumkin. O'zingizning raqamingizni "tartibga solish" uchun siz yog'li va kraxmalli ovqatlardan tashqari past kaloriyali idishlarga ustunlik berishingiz kerak. Ratsionda qaynatilgan va qovurilgan idishlar, bug'da yoki pechda pishirilgan ovqatlar, turli sabzavot va mevali salatlar ustunlik qilishi kerak. Karam bilan piyoz sho’rva. Tarkibi: Piyoz - 6 dona. Hammayoqni - 800 g Qalampir - 2 dona. Selderey poyalari - 4 dona. Pomidorlar - 2 dona. Ko'katlar, ta'mga ziravorlar Pishirish: 2,5 litr suvni o'lchab, bir yirtqichlardan quying, qaynatib oling. Piyozni kub shaklida kesib oling, panga qo'shing, 5 daqiqa qaynatib oling. Hammayoqni maydalab, qalampir, selderey sopi kesib, piyozga hamma narsani qo'shing. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling