Mundarija kirish I. Bob. Parhez taomlarning tavsifi


Parhez taomlarni tayyorlash mazusida 6-sinf o’quvchilari uchun dars ishlamasi 1.Tashkiliy qism


Download 0.49 Mb.
bet5/7
Sana22.02.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1221107
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
saidaKURS

2.3 Parhez taomlarni tayyorlash mazusida 6-sinf o’quvchilari uchun dars ishlamasi 1.Tashkiliy qism.
2.O’tilgan mavzu bayoni.
3Yangi mavzu bayoni.
Mavzu: Parhez taomlar tayyorlash texnologiyasi
Parhez taomlar organizmning lat yegan, bundan tashqari, ularning qayta tiklanishi, organizmda almashinish jarayonining normal kechishini ta'minlash maqsadida tavsiya etiladi. Ruxsat etilgan mahsulot ro'yxatiga va ularning tayyorlash usuliga qarab, shifokor-davolovchi parhez taomlar uchun ko'rsatma beradi. Davolashda 15 xil parhez taomlari ishlatiladi.
Parhez taomlar nafaqat kasallikka, balki kasalning ahvoliga ham qaraydi. Parhez taomlarning ko'pchiligiga osh tuzi oz miqdorda yoki umuman solinmaydi. Ba'zi kasalliklarga kaliy miqdori ko'p bo'lgan mahsulotlar (mayiz, anjir, qora olxo'ri, kartoshka, karam va boshqalar) tavsiya etiladi.
Barcha ratsionlarga na'matak qaynatmasini kiritish mumkin, chunki u C va P vitaminlariga boy bo'lib, yana o'zida ko'p bo'lmagan kislotalarni saqlashi tufayli yaxshi hazm bo'ladi.
Parhezli ovqatlanishda mahsulotlarga ishlov berishning quyidagi yo'llari bor:

                1. Issiq ishlov berishning asosiy yo'llari quyidagilar: suvda va bug'da qaynatish, dimlash. Mahsulotlarni urvoqqa bulamasdan qovurish va toblash- ga ruxsat etiladi. Qovurishdan oldin mahsulot qaynatiladi.

                2. Bir xil taomlar (ko'rsatmaga binoan) shakar va tuz yoki ularsiz tayyorlanishi mumkin. Ba'zi tuzsiz taomlarga ta'm berish uchun limon yoki klyukva qo'shiladi. Diabetlar uchun kotlet tayyorlashda non o'rniga tvorog ishlatiladi.

3.Parhez taomlar qandli diabet kasalligida to'g'ri ovqatlanish uchun
Muhim ahamiyatga ega. Diabetning yengil va o'rta darajasi bilan og'rigan bemorlarning endokrinolog buyurgan parhezga qat'iy amal qilishlari dori vositalari iste'molini eng kam miqdorda qabul qilgan holda samarali davo- lanishiga yordam beradi. Eng muhimi - organizmga tez singadigan ugle- vodlar (shakar, asal, murabbo, konfetlar, xamirli taomlar, mayiz, uzum kabilar) iste'molini kamaytirishdir. Diabetning og'ir formasida bu uglevodlar iste'moli qat'iyan taqiqlangan. Diabetlarga, shuningdek, qovurilgan, achchiq, sho'r, dudlangan mahsulotlarni iste'mol qilish tavsiya etilmaydi. Amaliy mashg'ulot. Parhez taomlar tayyorlash.
Diabetlarga tavsiya etiladigan ayrim parhetaomlarni tayyorlanishi:



Frikadelka: kerakli masalliqlar: 75 g go'sht, 2 bo'lak bug'doy noni, 1 ta tuxum, 1 osh qoshiq sariyog', 100 g bulyon, 0,5 choy qoshiq tuz.
Tayyorlash jarayoni: go'sht va non go'shtqiymalagichdan chiqariladi, tuxum, sariyog', tuz solinib, kotletlar uchun massa tayyorlanadi. Kichik kotletchalar yasab,qasqonda (bug'da) 30 daqiqa pishirib olinadi. Teftel: kerakli masalliqlar: 120 g go'sht, 2 bo'lak oq non, 0,5 stakan sut, 50 g dan smetana va guruch, 1 choy qoshiq un, 1 osh qoshiq sariyog', ko'kat, tuz.
Tayyorlash jarayoni: go'shtni 2 marotaba qiymalagichdan chiqariladi. Nonni sutga botirib, ortiqchasini biroz siqib olinadi, non qiymaga qo'shib, yana bir marta qiymalagichdan o'tkaziladi. Qiymadan dumaloq koptokchalar yasab tovaga solinadi, ustidan smetana quyib, duxovkada 30 daqiqa pishirib olinadi. Guruchni eziltirib pishirib, garnir sifatida tortiladi. Tuzi ta'bga ko'ra solinadi. Taom ustidan eritilgan sariyog' quyiladi va mayda to'g'ralgan ko'kat sepiladi.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling