Mundarija kirish i-bob. Tanlanma va uning xarakteristikalari
-§. Tasodifiy hodisalar, ularning klassifikatsiyasi
Download 0.64 Mb.
|
MUNDARIJA50
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.3-§. Hodisalar ustida amallar. Tasodifiy hodisalar. Hodisalar algebrasi.
1.2-§. Tasodifiy hodisalar, ularning klassifikatsiyasi.
Dastlab ehtimollar nazariyasining asosiy tushunchalaridan biri―tasodifiy hodisa tushunchasini keltiramiz. Natijasini oldindan aytib bo‘lmaydigan tajriba o’tkazi-layotgan bo’lsin. Bunday tajribalar ehtimollar nazariyasida tasodifiy deb ataladi. Tasodifiy hodisa(yoki hodisa) deb, tasodifiy tajriba natijasida ro’y berishi ol- Dindan aniq bo’lmagan hodisaga aytiladi. Hodisalar, odatda, lotin alifbosining bosh harflari lar bilan belgila- nadi. Tajribaning har qanday natijasi elementar hodisa deyiladi va orqali belgila- nadi. Tajribaning natijasida ro’y berishi mumkin bo‗lgan barcha elementarhodisa- lar to’plami elementar hodisalar fazosi deyiladi va orqali belgilanadi. 1.1-misol. Tajriba nomerlangan kub (o’yin soqqasi) ni tashlashdan iborat bo’lsin. U holda tajriba 6 elementar hodisadan hodisalar lardan iborat bo’ladi. hodisa tajriba natijasida ochko tushishini bildiradi. Bunda elementar hodisalar fazosi: . Tajriba natijasida albatta ro’y beradigan hodisaga muqarrar hodisa deyiladi. Elementar hodisalar fazosi muqarrar hodisaga misol bo’la oladi. Aksincha, umuman ro’y bermaydigan hodisaga mumkin bo’lmagan hodisa deyiladi va u orqali belgilanadi. 1.1-misolda keltirilgan tajriba uchun quyidagi hodisalarni kiritamiz: A={5 raqam tushishi}; B={juft raqam tushishi}; C={7 raqam tushishi}; D={butun raqam tushishi}; Bu yerda A va B hodisalar tasodifiy, C hodisa mumkin bo’lmagan va D hodisa muqarrar hodisalar bo’ladi. 1.3-§. Hodisalar ustida amallar. Tasodifiy hodisalar. Hodisalar algebrasi. Tasodifiy hodisalar orasidagi munosabatlarni keltiramiz: A va B hodisalar yig‘indisi deb, A va B hodisalarning kamida bittasi (ya‘ni yoki A , yoki B , yoki A va B birgalikda) ro’y berishidaniborat hodisaga aytiladi. A va B hodisalar ko‘paytmasi deb, A va B hodisalar ikkilasi ham(ya‘ni A va B birgalikda)ro’y berishidan iborat hodisaga aytiladi. A hodisadan B hodisaning ayirmasi deb, A hodisa ro’y berib, B hodisa ro’y bermasligidan iborat hodisaga aytiladi. A hodisaga qarama-qarshi A hodisa faqat va faqat A hodisa ro’y bermaganda ro’y beradi(ya‘ni A hodisa A hodisa ro’y bermaganda ro’y beradi). A ni A uchun teskari hodisa deb ham ataladi. Agar A hodisa ro’y berishidan B hodisaning ham ro’y berishi kelib chiqsa A hodisa B hodisani ergashtiradi deyiladi va ko’rinishida yoziladi. Agar va bo‗lsa, u holda A va B hodisalar teng(teng kuchli) hodisalar deyiladi va A B ko’rinishida yoziladi. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling