Mundarija: kirish I. Bob tashqi ta’sirlarni yumshatish va davlat siyosati
II.BOB.TASHQI TA’SIRLAR VA BOZOR SAMARASIZLIGI
Download 171.16 Kb.
|
TASHQI TA’SIRLARNI YUMSHATISH VA DAVLAT SIYOSATI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijobiy tashqi ta’sirlar
II.BOB.TASHQI TA’SIRLAR VA BOZOR SAMARASIZLIGI
2.1 Alyuminiy bozori Talab chizig’i xaridorlar uchun qiymat va taklif chizig’i sotuvchilar uchun xarajatni aks ettiradi. Muvozanat miqdor, ya’ni BOZOR, xaridorlar uchun to’liq qiymat ayrilgan sotuvchilar to’liq xarajatini oshiradi. Tashqi ta’sirlar bo’lmaganda, shuning uchun, bozor muvozanati samaralidir. Tashqi ta’sir tufayli, alyuminiy ishlab chiqarishning jamiyat uchun harajati alyuminiy ishlab chiqaruvchilar harajatidan katta bo`ladi. Ishlab chiqarilgan har bir alyuminiy birligi uchun ijtimoiy harajat alyuminiy ishlab chiqaruvchilari xususiy harajatlaridan tashqari ifloslanishdan zarar ko`rgan kishilar harajatini ham o`z ichiga oladi.Ijtimoiy harajat chizig`i taklif chizig`idan yuqori, chunki u alyuminiy ishlab chiqaruvchilar tomonidan keltirilgan jamiyatdagi tashqi harajatlarni ham hisobga oladi. Ushbu ikki chiziq o`rtasidagi farq chiqarilgan ifloslantirish harajatini aks ettiradi. Alyuminiy qancha miqdorda ishlab chiqarilishi kerak? Ushbu savolga javob berish uchun biz yana bir marotaba ko`ngli keng ijtimoiy reja tuzuvchi (planner) nima qilishini ko`rib chiqamiz. Reja tuzuvchi bozordan keladigan umumiy ortiqchalikni ya’ni iste’molchilar uchun alyuminiy qiymatidan alyuminiy ishlab chiqarish harajati ayrilganini oshirishni xohlaydi. Shu bilan birga, reja tuzuvchi alyuminiy ishlab chiqarish harajati ifloslanish tashqi harajatlarini ham o`z ichiga olishini tushunadi.Reja tuzuvchi talab chizig`i bilan ijtimoiy harajat chizig`i kesishgan darajadagi alyuminiy ishlab chiqarilishini tanlaydi. Bu oraliq jamiyat umumiy vaziyatdan kelib chiqib maqbul alyuminiy miqdorini belgilaydi. Ushbu ishlab chiqarish darajasidan pastda iste’molchilar uchun alyuminiy qiymati (talab chizig`i balandligi bilan o`lchangan holda) uni ishlab chiqarish ijtimoiy harajatidan (ijtimoiy harajat chizig`i balandligi bilan o`lchangan holda) oshib ketadi. Reja tuzuvchi bu miqdordan ortiq ishlab chiqarmaydi, chunki qo`shimcha alyuminiy ishlab chiqarish ijtimoiy harajati iste’molchilar uchun qiymatni oshirib yuboradi.E’tibor bering, alyuminiyning muvozanatli miqdori – Qbozor ijtimoiy maqbul miqdor – Qmaqbul dan yuqori. Bozor muvozanati faqat ishlab chiqarish xususiy harajatini aks ettirgani sabab samarasizlik kelib chiqadi. Bozor muvozanatida chekli iste’molchi alyuminiyga uni ishlab chiqarish ijtimoiy harajatidan past narx beradi. Bu esa, ya’ni Qbozor da, talab chizig`i ijtimoiy harajat chizig`idan past bo`ladi. Shunday ekan, alyuminiy ishlab chiqarish va iste’molini bozor muvozanati darajasidan pasaytirish umumiy iqtisodiy farovonlikni oshiradi.Ijtimoiy reja tuzuvchi qanday qilib maqbul natijaga erishishi mumkin? Bir yo`li sotilgan har bir alyuminiy tonnasi uchun alyuminiy ishlab chiqaruvchilar soliqqa tortilishi bo`ladi. Soliq o`zining miqdorida alyuminiy taklif chizig`ini yuqoriga ko`taradi. Agar soliq atmosferaga chiqarilgan tutunning tashqi harajatini aniq aks ettirsa, yangi taklif chizig`i ijtimoiy harajat chizig`i bilan bir to`g`ri chiziqda yotadi. Bozor yangi muvozanatida alyuminiy ishlab chiqaruvchilar alyuminiyni ijtimoiy maqbul miqdorda ishlab chiqaradi.Ijobiy tashqi ta’sirlarBa’zi faoliyatlar uchinchi shaxslarga ham harajatlar joriy qilsa ham, boshqalar bundan foyda olishadi. Masalan, ta’limni olaylik. Aksariyat hollarda, ta’lim foydasi xususiydir: ta’lim iste’molchisi yaxshi ishchi bo`lib yetishadi va shuning bilan yuqori maosh sifatida foyda oladi. Ammo ushbu xususiy foydadan tashqari, ta’lim ijobiy tashqi ta’sir hosil qiladi. Ulardan biri shuki, yaxshi ta’lim olgan odamlar ko`proq biladigan saylovchilar bo`lishadi, bu esa hamma uchun yaxshiroq hukumat bo`lishini anglatadi. Yana bir tashqi ta’siri shuki, ko`proq ta’lim olgan aholi past jinoyat darajasini anglatadi. Uchinchi tashqi ta’siri shuki, ko`proq ta’lim olgan aholi texnologik rivojlanishni va tarqalishini ta’minlaydi, bu esa hamma uchun samaradorlik va yuqori maoshga olib keladi. Ushbu uchta ijobiy ta’shqi ta’sir sabab, odamlar ko`proq ta’lim olgan qo`shnilari bor bo`lishini xohlaydi.Ijobiy ta’shqi ta’sirlar tahlili salbiy ta’shqi ta’sirlar tahliliga o`xshaydi.Ijtimoiy qiymat xususiy qiymatdan yuqori bo`gani sababli, ijtimoiy qiymat chizig`i talab chizig`idan yuqori bo`ladi. Maqbul miqdor ijtimoiy qiymat va taklif chizig`i (harajat) kesishgan nuqtada bo`ladi. Shunday ekan, ijtimoiy maqbul qiymat xususiy bozor aniqlagan miqdordan yuqori bo`ladi.Yana bir marta, hukumat bozor ishtirokchilarini tashqi ta’sirni o`zlashtirishiga undab bozor muvaffaqiyatsizligini to`g`riirlashi mumkin. Ijobiy tashqi ta’sirlar holatidagi to`g`ri javob, xuddi salbiy tashqi ta’sirlar holatining teskarisi bo`ladi.Bozor muvozanatini ijtimoiy maqbul darajaga yaqinlashtirish uchun, ijobiy tashqi ta’sir subsidiya kiritishni talab qiladi. Aslida ham, bu hukumatni amaldagi siyosatining o`zginasi: ta’lim davlat maktablari va hukumat grantlari asosida subsidiya bilan ta’minlanadi.Ijobiy tashqi ta’sirning imkoniyatli muhim bir turi – bu texnologik yoyilish, ya’ni bir firmaning tadqiqot va ishlab chiqarish harakatlarining boshqa firma texnologik yangiliklariga ega bo`lishiga ta’siri. Masalan, sanoat robotlari bozorini olaylik. Robotlar tez o`zgarib borayotgan texnologiyalarning boshida turadi. Firma robot yaratganda uning yangi va yaxshiroq dizayn kashf qilishiga imkoniyat mavjud. Bu yangi dizayn faqatgina bu firmani emas balki butun jamiyatga foyda olib kelishi mumkin, chunki bu dizayn jamiyatning texnologik bilimlari qatoriga qo`shiladi. Bu esa yangi dizaynning iqtisodiyotdagi boshqa ishlab chiqaruvchilar uchun ijobiy tashqi ta’sirga ega bo`lishini anglatadi.Bu holatda, hukumat robotlar ishlab chiqarilishiga subsidiya kiritib bu tashqi ta’sirni o`zlashtirishi mumkin. Agar hukumat firmalarga har bir ishlab chiqarilgan robot uchun subsidiya to`lasa, taklif chizig`i ushbu subsidiya miqdorida pastga tushadi va bu o`zgarish robotlarning muvozanat miqdorini oshiradi. Bozor muvozanati ijtimoiy maqbul darajaga tenglashishiga ishonch hosil qilish uchun subsidiya texnologik yoyilish qiymatiga teng bo`lishi kerak.Texnologik yoyilishlar qanchalik katta va ular ijtimoiy siyosat uchun nimani bildiradi? Bu muhim savol, chunki texnologik rivojlanish nega hayot darajasi davriy ravishda o`sishiga sababdir. Ammo bu qiyin savol ham hisoblanadi va buning ustida iqtisodchilar ko`pincha kelishishmaydi.Ba’zi iqtisodchilar texnologik yoyilishlar tarqaluvchi va shuning uchun hukumat eng ko`p yoyilish qiluvchi sanoatlarni qo`llab-quvvatlashi kerak deb ishontirishadi. Masalan, ushbu iqtisodchilar agar kartoshka chipslaridan ko`ra kompyuter chiplarini yaratishni ko`proq yoyilishga ega bo`lsa, unda hukumat kartoshka chipslari ishlab chiqarishdan ko`ra kompyuter chiplarini ishlab chiqarishni qo`llab-quvvatlashi kerak. Bunday ishni AQSh soliq kodeksi tadqiqot va rivojlanish sarfiga maxsus soliq imtiyozlari taklif qilish orqali cheklangan miqdorda bajaradi. Ba’zi boshqa davlatlat ko`p texnologik yoyilishlar taklif qiluvchi maxsus sanoatlarga subsidiya kiritish bilan chuqurroq e’tibor qaratadi. Texnologik sanoatni rivojlantirishga qaratilgan hukumatning iqtisodiyotga aralashuvi ba’zida sanoat siyosati deb yuritiladi.Boshqa iqtisodchilar sanoat siyosati to`g`risida salbiy fikrda. Garchi texnologik yoyilish umumiy bo`lsa-da, sanoat siyosatining muvaffaqiyati hukumat turli bozorlarda yoyilish hajmini o`lchashga qodir bo`lishini talab etadi. Bu o`lchov muammosi eng qiyinidir. Bundan tashqari, aniq o`lchovlarsiz, siyosiy tizim eng katta ijobiy tashqi ta’sirlardan ko`ra katta siyosiy ta'sirga ega bo`lgan sanoatlarni subsidiya qilishi mumkin.Texnologik yoyilishlar bilan shug`ullanishning yana bir usuli patent himoyasi hisoblanadi. Patent qonunlari ma’lum vaqt uchun o`zlarining ixtirolaridan mutlaq foydalanishini ta’minlab ixtirochilar huquqlarini himoya qiladi. Firma texnologik yangilik qiladigan bo`lsa, u g`oyani patentlab, o`zi uchun ko`p iqtisodiy foyda olishi mumkin. Patent huquqi firmaga ixtirosi ustidan mulk huquqini berib tashqi ta’sir o`zlashtiriladi. Boshqa firmalar yangi texnologiyalar foydalanish istagida bo`lsa, ular ixtiro firmasidan ruxsat olishi kerak va unga royalti to`laydi. Shunday qilib, patent tizimi firmalarni texnologiyani rivojlantiradigan tadqiqot va boshqa faoliyat bilan shug`ullanishiga katta turtki beradi.Tashqi ta’sirga javoban xatti-harakatni tartibga solish o`rniga, davlat ijtimoiy samaradorlik bilan xususiy rag`batlantirishlarni moslashtirishda bozorga asoslangan siyosatdan foydalanishi mumkin. Masalan, biz avval ko`rganimizdek, hukumat salbiy tashqi ta’siri bor faoliyatni soliqqa tortish va ijobiy tashqi ta’siri bor faoliyatni subsidiya qilish orqali tashqi ta’sirlarni o`zlashtirishi mumkin. Salbiy tashqi ta'sirlar bilan shug`ullanish uchun kuchga kirgan soliqlar tuzatuvchi soliqlar deyiladi. Ular, shuningdek, ulardan foydalanish tarafdori bo`lgan iqtisodchi Artur Pigu (1877-1959) nomiga Pigu soliqlari deb ham yuritiladi. Ideal tuzatuvchi soliq salbiy tashqi ta’sirli faoliyat tashqi harajatlariga teng bo`ladi va ideal tuzatuvchi subsidiya ijobiy tashqi ta’sirli faoliyat tashqi foydasiga teng bo`ladi. Iqtisodchilar odatda ifloslanishni bartaraf qilish yo`li sifatida tuzatuvchi soliqlarni afzal ko`rishadi, chunki ular jamiyat uchun kam harajatda ifloslanishni kamaytirishi mumkin. Nima uchunligini ko`rish uchun, keling bir misolni ko`rib chiqaylik. Faraz qilaylik, ikkita korxona – qog`oz ishlab chiqaruvchi va po`lat ishlab chiqaruvchi, har yili bir daryoga 500 tonna chiqindi chiqaradi. EPA bu ifloslanish darajasini kamaytirishni xohlaydi. U ikki yechimni ko`rib chiqadi:
|
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling