Mundarija kirish I bob. Tasviriy san’at o’qitish metodikasi fani maqsad vazifalari va uning o’quvchilarda etetik jihatlarning shakllanishdagi tutgan o’rni


  Tasviriy va amaliy san’atdan sinfdan tashqari tadbirlar


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana24.12.2022
Hajmi0.55 Mb.
#1052690
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Tasviriy san`at o’qitish metodikasidan darsdan tashqari ishlar

2.2.  Tasviriy va amaliy san’atdan sinfdan tashqari tadbirlar 
Maktablarda eng yaxShi iShlangan rasm, haykal, amaliy san’at 
namunasiga doir iShlar uchun tanlovlar bolalarda katta qiziqiSh uyg’otadi, 
ularning faolligini oShiradi. Eng muhimi bolalarning ijodkorligiga keng 
yo’l ochib beradi, mustaqil iShlaShga o’rgatadi. Tanlovlar faqat 
bolalarning ijodiy iShlari yuzasidan o’tkaziladi. Ular tasviriy va amaliy 
san’atning barcha tur va janrlariga doir bo’liShi mumkin. Tanlovlar 
bolalarni guruhlarga yoki yoShlariga qarab taShkil etiladi. +ususan, kichik 
(1-4 sinflarda), o’rta (5-7 sinflarda), katta (8-9 sinflarda) guruhlarga 
bo’linadi. Tanlov uchun beriladigan mavzular bu guruhlar uchun alohida-
alohida tanlanadi. Tanlov uchun quyidagi mavzular bolalarda katta 
qiziqiSh uyg’otadi: "Mustaqillik kuni", "Navro’z", "O’zbekiston go’zal
diyor", "O’zbekiston mening Vatanim", "Tasviriy san’atda O’zbekiston 
me’morchiligi yodgorliklari", "O’zbekiston kuzi", "Ular mustaqillik uchun 


28
kuraShgan edilar", "BoShqa sayyoralarda", "Suv osti dunyosi", "+osil 
bayrami", "Men sevgan kasb" v.b. Tanlov uchun bolalarga erkin 
mavzularni tavsiya etsa ham bo’ladi. Tanlovlar faqat maktab miqyosida 
emas, uni tuman, Shahar, viloyat miqyosida ham o’tkaziliShi mumkin.
Tasviriy san’atdan viktorinalar taShkil etiSh bolalarni mustaqil 
iShlaShga o’rgatadi, ularning bilim doirasini kengaytiradi. Bu tadbir o’yin 
va musobaqa Shaklida bo’lganligi uchun unda bolalar katta qiziqiSh bilan 
iShtirok etadilar. 
Viktorina san’at tarixi, uning nazariyasi (yorug’soya, perspektiva, 
rangShunoslik) janrlari, rassom, haykaltaroSh, amaliy san’at ustalarining 
hayoti va ijodi, rangShunoslik, rassom va ustalarning iSh qurollari va 
materiallari, tasvirlaSh texnikasi, tasviriy va amaliy san’atda iShlatiladigan 
atama va iboralar, ayrim mamlakat, o’z o’lkasining san’atiga doir bo’liShi 
mumkin. Biroq bunda bolalarni guruhlarga (kichik, o’rta, katta) moslab 
mavzu tanlanadi. Ayrim mavzular bo’yicha tadbir mazmunini 
soddalaShtirgan yoki murakkablaShtirgan holda barcha guruhlarda 
o’tkazsa ham bo’ladi. Viktorinalarda krossovord, chaynvord, topiShmoqlar 
ham beriSh mumkin.
Viktorinani o’tkaziShdan avval o’qituvchi va bolalar katta 
tayyorgarlik ko’rgan bo’liShlari lozim. Xususan, ko’rgazma, tanlov, 
sayohat, ma’ruza, uchraShuv v.b. mazkur tadbirning muvaffaqqiyatini 
ta’minlaydi. Bu tadbirni o’tkaziShda maktab kutubxonasi katta rol 
o’ynaydi, u san’atga oid adabiyotlar bilan boyitilgan bo’liShi lozim. Aks 
holda, u kutilgan natijani bermaydi. Viktorinani o’tkaziShda tasviriy san’at 
o’qituvchisi bilan bir qatorda sinf rahbarlari faol iShtirok etiShlari talab 
etiladi. Ular tayyorgarlik davrida o’z sinflari uchun ma’ruzalar taShkil 
etiShda, adabiyotlar, san’at asarlarining reproduktsiyalarini to’plaShda 


29
bolalarga muntazam yordam ko’rsatiShlari lozim. har bir viktorina 
savollariga qaytarilgan javoblar uchun mezonlar belgilangan bo’lib, tadbir 
natijalari hay’at a’zolari tomonidan ko’rib chiqiladi va yuqori ball 
to’plagan o’quvchilar taqdirlanadilar. 
Tasviriy 
san’atdan 
sayohatlar 
muzeylarga, 
rassomlarning 
ustaxonalariga, haykaltaroShlik yodgorliklariga, ko’rgazmalarga taShkil 
etiladi. Natijada bolalar san’at asarlarining asl nusxalari bilan taniShadilar, 
ularining yaratiliSh jarayonining Shohidi bo’ladilar. Odatda bunday 
sayohatlarga o’qituvchi ham, o’quvchilar ham katta tayyorgarlik 
ko’radilar, bu tadbirning rejasini tuzib oladilar. Rassom ustaxonasiga 
sayohatlar uyuShtirilganda rassomlar o’zlarining hayotlari va ijodlari, 
kelajak rejalari haqida atroflicha gapirib beradilar, o’z asarlari bilan 
taniShtiradilar va ularning yaratiShliSh tarixi haqida hikoya qilib beradilar. 
Rassomning jonli nutqi va uning hikoyasi bolalarni hayajonlantiradi, 
ularning xotirasida o’chmas iz qoldiradi. 
Rejada sayohat qaerda taShkil etiliShi va unga qachon boriliShi, kim 
bilan uchraShiliShi, u yerda nimalarni ko’riliShi, kim bilan nimalar haqida 
suhbat bo’liShi bayon etiladi. Agarda muzey, bironta yodgorlik yoki 
rassom ustaxonasiga boriladigan bo’lsa u haqda sayohatdan oldin 
bolalarga qisqacha ma’lumot beriladi. Sayohat vaqtida bolalar o’zlarini 
qiziqtirgan savollar bilan rassom, muzey xodimiga murojaat etadilar. 
Sayohatdan so’ng o’qituvchi bolalar bilan sayohatdan olgan taassurotlari 
bilan fikr olmaShadilar. 
Maktablarda keng tarqalgan dasrdan taShqari iShlarning Shakllaridan 
yana biri ko’rgazmalardir. Ko’rgazmalarning asosiy turlari quyidagilardir: 
1.Bolalarning ijodiy-tasviriy va amaliy-bezak iShlari ko’rgazmasi.
2. Rassomlar va amaliy san’at ustalari asarlari reproduktsiyalarining 


30
ko’rgazmasi. 3.Rassomlar va amaliy san’at ustalari asarlarining asl 
nusxalari ko’rgazmasi. 
Bolalarning ijodiy iShlar ko’rgazmasi yillik, yarim yillik va chorak 
natijalari bo’yicha to’plangan eng yaxShi iShlar asosida o’tkaziladi. 
Bunday ijodiy iShlar ko’rgazmasi eng yaxShi iShlangan rasmlar tanlovida 
g’olib chiqqan iShlardan, qo’Shni maktab, qo’Shimcha ta’lim 
markazlarida bajarilgan iShlardan, tuman maktablaridan yig’ilgan eng 
yaxShi rasmlardan taShkil topiShi mumkin. Ular maktab, tuman, Shahar, 
viloyat, respublika darajasida o’tkaziladi. 
Rassomlar asarlarining reproduktsiyalaridan taShkil etiladigan 
ko’rgazmalar ham nihoyatda rang-barangdir. Xususan, tasviriy san’atning 
u yoki bu turi, u yoki bu janri, bironta rassomning hayoti va ijodi, bironta 
mamlakat yoki davr rassomlari ijodi namunalari, rasmlar galereyasi yoki 
muzeyning bironta bo’limi kollektsiyalari asosida taShkil etiliShi mumkin. 
Shuningdek, reproduktsiyalar asosida o’tkaziladigan ko’rgazmalarni 
mamlakatimiz hayoti, uning tarixi, kelajagi, mehnat, sport, sog’liqni 
saqlaSh, ekologiya, ilm-fan, xotin-qizlar mavzularida o’tkazsa ham 
bo’ladi. Bunday ko’rgazmalar nafosat bilan tayyorlangan stendlar 
yordamida maktab foesi, yo’lagi yoki boShqa bolalar gavjum bo’ladigan 
joylarda taShkil etiladi. Ko’rgazmani tasviriy san’at xonasiga yaqin joyda 
taShkil eitiliShi maqsadga muvofiqdir. har bir iShning tagiga iSh muallifi 
va uning nomi, yoShi, yaratilgan yili yozib qo’yiladi. 
Rassomlar, amaliy san’at ustalarining asarlari reproduktsiyalari, 
bolalar ijodi asosida o’tkaziladigan ko’rgazmalar uchun iShlar tanlaShni 
bevosita bolalar iShtirokida amalga oShiriliShi ularning badiiy didini 
o’stiradi, badiiy bilim doirasini kengaytiradi, faoligini oShiradi.


31
Katta hajmdagi ko’rgazmalar taShkil etilganda faol iShtirok etgan 
bolalar maktab ma’muriyati tomonidan ma’naviy va moddiy jihatdan 
rag’batlantiriladi.
Rassomlar va amaliy san’at ustalari asarlarining asl nusxalaridan 
ko’rgazmalar taShkil etiSh jiddiy tayyorgarlik asosida amalga oShiriladi. 
Ko’rgazmaga qo’yilgan asarlarni yuksak badiiy qiymatga ega ekanligi, 
unda maktabning barcha o’quvchilari va jamoasi iShtirok etiShi buni talab 
etadi. Bunday ko’rgazma uchun keng va yorug’ joy (maktab foesi yoki 
zali) tanlanadi. Uni taShkil etiShda maktab ma’muriyatidan taShqari ota-
onalar, mahalla, tuman halq ta’limi boShqarmasi va hayriya taShkilot
vakillari iShtirok etadilar. 
Ko’rgazmalar tantanali raviShda rassom va xalq ta’limi 
boShqarmalari vakillari tomonidan ochiladi. Ko’rgazmalarning qiziqarli 
Shakllaridan biri maktab tasviriy va amaliy san’at muzeyi hisoblanadi. 
Bunday muzeylar rassom, usta va o’quvchilar tomonidan iShlangan 
iShlarning asl nusxalari asosida taShkil etiladi. Muzeyning turlari 
quyidagicha bo’liShi mumkin: 
1. Tasviriy va amaliy san’at muzeyi; tasviriy san’at muzeyi; amaliy 
san’at muzeyi; bironta rassom yoki usta ijodi muzeyi; bolalar tasviriy ijodi 
muzeyi. Bunday muzeylar alohida keng va yorug’ xonada taShkil etiladi. 
Muzeylarni taShkil etiShda uning taShkilotchilari tomonidan katta 
ma’suliyat talab etiladi. Uni maktab ma’muriyati, hayriya taShkilotlar, 
rassom va ustalar yordamida amalga oShiriladi. Uni taShkil etiShda 
maktab tasviriy va amaliy san’at to’garagi a’zolari faol iShtirok etiShlari 
lozim. Muzeyni faqat asarlar namoyiSh etadigan joy deb qaramaslik lozim. 
Uni maktabda san’atga oid ma’ruzalar, uchraShuvlar, suhbatlar, 
munozaralar, viktorinalar tanlovlar, ko’rgazmalar o’tkazib turiladigan


32
kinofilmlar namoyishi etiladigan joyga aylantiriSh ayni muddodir. Muzey 
ishlarini bunday tarzda keng qamrovli taShkil etilishi bolalarni san’atga 
bo’lgan qiziqiShlari, muhabbatini oShiribgina qolmay, balki ularni badiiy 
madaniyatini ko’tariShga xizmat qiladi. 
Respublika, viloyat, shahar, tuman miqyosidagi rassomlar, amaliy 
bezak san’ati ustalari bilan maktablarda uchrashuvlar o’tkaziSh 
o’quvchilarni san’atga bo’lgan qiziqiShini oShiriShda katta ahamiyat kasb 
etadi. Bunday uchrashuvda rassomlar, ustalar o’zlarining ijodiy yo’llari, 
yaratgan asarlari, uning yaratish sirlari, kelajak rejalari haqida bolalarga 
so’zlab beradilar. Tasviriy san’at o’qituvchisi esa bu kasbning jozibali 
faxrli kasblardan biri ekanligi, bu sohada kiShilar hayotidagi o’rni haqida 
gapirib beradi. Uchrashuvdagi rassom misolida uni hukumatimiz, xalqimiz 
tomonidan yuksak qadrlanganligi (uning mukofotlari, lovozimi, unvonlari 
v.b.), asarlarini qaysi joylarda namoyiSh etilganligi, uning safarlari haqida 
so’zlab beriSh bolalarda katta taassurot qoldiradi. UchraShuvni to’laqonli 
bo’liShligi uchun rassom yoki ustaning asarlari ko’rgazmasini tashkil 
etiliShi tadbirning yanada samarali bo’liShligini taminlaydi. Rassomlar va 
ustalar bilan bunday aloqalarning kengayiShi maktabda san’at muzeyini 
taShkil etishga ham ta’sir ko’rsatiShi mumkin. Chunki, uchrashuvlardan 
so’ng rassomlar yoki ustalar o’zlarining ijodiy iShlari namunalaridan 
maktablarga esdalik uchun qoldiradilar.

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling