Mundarija kirish I bob. Tilshunoslik fani taraqqiyotini hozirgi bosqichida tillarni qiyosiytipologik jihatdan o’rganishning dolzarb muammolari


Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati


Download 66.95 Kb.
bet3/8
Sana09.05.2023
Hajmi66.95 Kb.
#1448170
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
kurs ishi

Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati. Uning natijalaridan ingliz
tilini o‟qitishning nazariy kurslarida va amaliyotida foydalanish imkoniyatida
ko‟rinadi. Tadqiqotda bildirilgan fikr-mulohazalar ingliz va o‟zbek tillari
grammatikasi darsliklarida mavjud bo‟lgan sinonimik strukturalar sintaksisiga oid
qator muammoli masalalar yechimini topish imkonini beradi. Bundan tashqari,
dissertatsiya materialidan, ayniqsa, uning pragmalingvistik tahlilga oid qismidan,
nutqiy muloqot sintaksisi sohasidagi qo‟llanmalarni yaratishda va maxsus
mashqlar to‟plamlarini tuzishda foydalanish tavsiya qilinadi.
Tadqiqot natijalari asosida quyidagi xulosaviy mulohazalar himoyaga
taqdim etiladi:
1. Sinonimik sintaktik strukturalar hozirgi zamon ingliz tili sintaksis
qurilishining umumiy qonuniyatlari asosida shakllanadigan alohida turdagi nutqiy
qurilmadir.
2. Sinonimik sintaktik strukturalar qismlari o‟rtasidagi semantic munosabat
voqeligida ketma-ket kechayotgan hodisalarni mantiqan qiyoslash yoki qaramaqarshi qo‟yish asosida namoyon bo‟lsa, sintaktik munosabat esa tashqi koordinativ
aloqa, ya‟ni teng bog‟lanish ko‟rinishini oladi.
3. Sinonimik sintaktik strukturalarning paradigmatik tasnifi ularning
sintaktik mazmuni haqida faqat dastlabki ma‟lumotni beradi, ushbu qurilmalarning
lisoniy mohiyatini to‟liq o‟rganish uchun sistem-strukturaviy va kommunikativ
xususiyatlar yaxlit majmua sifatida talqin qilinishi lozim.
4. Sinonimik sintaktik strukturalar qismlari o‟rtasidagi mantiqiy
munosabatlar temporal (zamon), sabab-oqibat, shart kabi ko‟rsatkichlarga ega
bo‟lsa, ular orasida hosil bo‟ladigan mazmuniy munosabatlarda o‟xshatish,
solishtirish va birikish ma‟nolari ifodalanadi.
5. Qismlar o‟rtasidagi shakliy simmetriya va ma‟no mutanosibligi
hodisalari sinonimik sintaktik strukturalarning semantik-strukturaviy turlarini
farqlashning asosiy ko‟rsatkichidir.
6. Sinonimik sintaktik strukturali qurilmalari vositasida muloqot jarayonida
murakkab tarkibli nutqiy harakatlar ifoda etiladi va ushbu turdagi nutqiy harakatlar
shakllanishida tinglovchiga maqsadli ta‟sir o‟tkazish rejasi asosiy o‟rinni egallaydi.
7. Koordinativ munosabatdagi murakkab nutqiy harakatlar tarkibida
birikayotgan sodda harakatlar pragmasemantik ma‟no jihatdan o‟zaro bir-birini
to‟ldirish, aniqlash munosabatlarida bo‟ladi. Ma‟lum muloqot sharoitida
ifodalanadigan kommunikativ maqsad faollashuviga binoan qismlar o‟rtasida
o‟ziga xos yetakchilik va tobelik munosabatlari ham yuzaga kelishi mumkin.
8. Murakkab nutqiy qurilmaning matn tuzilishidagi ishtiroki uning
tarkibidagi deyktik vositalarning o‟rni va ifodalanayotgan pragmatik ma‟no
xususiyatlari bilan bog‟liq.
9. Sinonimik sintaktik strukturalarning muloqot matnidagi faollashuvi
jarayonida yuzaga keladigan qismlarning o‟rin almashinuvi, takrorlanishi,
qisqarishi, darajalanishi kabi hodisalar ushbu nutqiy qurilmalarning
pragmalingvistik mohiyatini shakllantiruvchi vositalardir.
Tadqiqot natijalarining e’lon qilinganligi:
Mazkur magistrlik dissertatsiyasi natijalari quyidagi to‟plamlarda chop
etilgan:
1) Sintaktik sinonimiyani yuzaga keltiruvchi kontekstual
omillar//Zamonaviy tilshunoslik, adabiyotshunoslik, tarjimashunoslik va xorijiy
tillar o‟qitishning muammolari III – ilmiy-amaliy konferensiyasi – T; 2014y, 300b
2) On some features of syntactical synonymy in English//Zamonaviy
tilshunoslik, adabiyotshunoslik, tarjimashunoslik va xorijiy tillar o‟qitishning
muammolari IV – ilmiy-amaliy konferensiyasi – T; 2015y, 263b

Download 66.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling