Mundarija kirish I bob. Tilshunoslik fani taraqqiyotini hozirgi bosqichida tillarni qiyosiytipologik jihatdan o’rganishning dolzarb muammolari


Ko‟zlangan maqsadga binoan tadqiqotning asosiy vazifalari quyidagilardan


Download 66.95 Kb.
bet2/8
Sana09.05.2023
Hajmi66.95 Kb.
#1448170
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
kurs ishi

Ko‟zlangan maqsadga binoan tadqiqotning asosiy vazifalari quyidagilardan
iborat:
- sinonimik sintaktik strukturalarning sintaktik tabiatini namoyon qiluvchi
lisoniy va nolisoniy vosita-belgilar majmuasini aniqlash;
- sinonimik sintaktik strukturalarning ingliz va o‟zbek tillari sintaksisi
tizimidagi boshqa hodisalar, birliklar bilan munosabatini belgilash;
- Sinonimik sintaktik strukturalar tarkibiy qismlari o‟rtasidagi munosabat
asosida yuzaga keladigan ma‟no xususiyatlarini farqlash va shu asosda sinonimik
sintaktik strukturalarning semantik guruhlarini ajratish;
- Sinonimik sintaktik strukturalar qurilmalari vositasida ifoda qilinayotgan
murakkab nutqiy harakatlar turlarini ajratish va shu yo‟sinda ushbu qurilmalarning
pragmasemantik mazmunini o‟rganish;
- Murakkab tarkibdagi nutqiy harakatlarning matn tuzilishidagi faollashuv
darajasini o‟rganish hamda matn tarkibining pragmalingvistik tadqiqida tutgan
o‟rnini belgilash.
Bunday tadqiqot vazifalarining uzviy ravishda amalga oshirilishi,
sinonimik sintaktik strukturalarning o‟ziga xos xususiyatlarini to‟liq va ob‟ektiv
tarzda bayon qilishga, ularning shakliy va ma‟no xususiyatlarining uyg‟unlashuvi
zaminida faollashuvchi kommunikativ mazmun va mohiyatini o‟rganishga imkon
beradi.
Tadqiqot ob’ekti hozirgi ingliz va o‟zbek tillari tizimi va nutqiy
faoliyatda keng ko‟lamda uchraydigan sintaktik sinonimik qurilmalar tashkil
qiladi.
Tadqiqot predmeti ingliz va o‟zbek tillari sintaktik tizimiga oid turli
sinonimik qurilmalar –til elementlari, gap va konstruksiyalarning semantik kommunikativ talqinini tashkil qiladi.
Ushbu tadqiqotga sintaktik sinonimik strukturalarning lisoniy tabiati,
semantik tarkib va kommunikativ maqsadni ifodalovchi p ragmatik mazmun
asosida shakllanadi degan ilmiy faraz asos bo‟ladi.
Tadqiqot quyidagi tahlil metodlaridan foydalaniladi:
- Transformatsiya –o‟rin almashtirish metodi (turli sintaktik sinonimlar
strukturaviy qismlarining o‟zaro munosabatini hamda ularni biriktiruvchi sintaktik
aloqa turini aniqlash maqsadida) ;
- Qiyoslash metodi (sinonimik sintaktik strukturalar semantik
guruhlarini ajratish maqsadida);
- Matn tahlili metodi (sinonimik sintaktik strukturalarlarning
pragmasemantik xususiyatlarini aniqlash va ularning matn tarkibidagi vazifasini
o‟rganish maqsadida).
Tadqiqotning ilmiy yangiligi shundaki, ingliz va o‟zbek tillarida
sinonimik sintaktik strukturalarining semantik va pragmatik mohiyati va
mundarijasi ilk bor yagona bir butunlikda, til birliklarining nutqiy muloqot
jarayonida faollashadigan lisoniy hodisa sifatida talqin qilinishida namoyon
bo‟ladi. Sinonimik sintaktik strukturalarni pragmaligvistika va matn tilshunosligi nuqtai nazaridan tadqiq qilinishiga alohida ahamiyat berib, murakkab nutqiy harakatlarning kommunikativ maqsad va mazmun ifodalashda bajaradigan vazifalari aniqlangan.
Tadqiqot natijalarining ishonchliligi. Mustahkam metodologik asosga,
ishonchli ilmiy konsepsiyaga suyanadigan tahlil uslublaridan foydalanish
sinonimik sintaktik strukturalar tizimi birliklarining umumiy va xususiy belgilari
haqida yangi xulosalar, fikr-mulohazalar bildirish imkonini beradi. Ob‟ektiv
metodlarga asoslanib, boshqa olimlarning ishlariga tayaniladi.
Tadqiqot materiali vazifasini ingliz va o‟zbek tillarida yozilgan badiiy
asarlar matni o‟tadi: 14 dan ortiq asarlardan 100 dan ortiq misol yig‟ildi va ular turli guruhlarga taqsimlangan holda tahlil qilindi.

Download 66.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling