Mundarija kirish I bob. Tilshunoslik fani taraqqiyotini hozirgi bosqichida tillarni qiyosiytipologik jihatdan o’rganishning dolzarb muammolari
Ko‟zlangan maqsadga binoan tadqiqotning asosiy vazifalari quyidagilardan
Download 66.95 Kb.
|
kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqot ob’ekti
- Tadqiqot quyidagi tahlil metodlaridan foydalaniladi
Ko‟zlangan maqsadga binoan tadqiqotning asosiy vazifalari quyidagilardan
iborat: - sinonimik sintaktik strukturalarning sintaktik tabiatini namoyon qiluvchi lisoniy va nolisoniy vosita-belgilar majmuasini aniqlash; - sinonimik sintaktik strukturalarning ingliz va o‟zbek tillari sintaksisi tizimidagi boshqa hodisalar, birliklar bilan munosabatini belgilash; - Sinonimik sintaktik strukturalar tarkibiy qismlari o‟rtasidagi munosabat asosida yuzaga keladigan ma‟no xususiyatlarini farqlash va shu asosda sinonimik sintaktik strukturalarning semantik guruhlarini ajratish; - Sinonimik sintaktik strukturalar qurilmalari vositasida ifoda qilinayotgan murakkab nutqiy harakatlar turlarini ajratish va shu yo‟sinda ushbu qurilmalarning pragmasemantik mazmunini o‟rganish; - Murakkab tarkibdagi nutqiy harakatlarning matn tuzilishidagi faollashuv darajasini o‟rganish hamda matn tarkibining pragmalingvistik tadqiqida tutgan o‟rnini belgilash. Bunday tadqiqot vazifalarining uzviy ravishda amalga oshirilishi, sinonimik sintaktik strukturalarning o‟ziga xos xususiyatlarini to‟liq va ob‟ektiv tarzda bayon qilishga, ularning shakliy va ma‟no xususiyatlarining uyg‟unlashuvi zaminida faollashuvchi kommunikativ mazmun va mohiyatini o‟rganishga imkon beradi. Tadqiqot ob’ekti hozirgi ingliz va o‟zbek tillari tizimi va nutqiy faoliyatda keng ko‟lamda uchraydigan sintaktik sinonimik qurilmalar tashkil qiladi. Tadqiqot predmeti ingliz va o‟zbek tillari sintaktik tizimiga oid turli sinonimik qurilmalar –til elementlari, gap va konstruksiyalarning semantik kommunikativ talqinini tashkil qiladi. Ushbu tadqiqotga sintaktik sinonimik strukturalarning lisoniy tabiati, semantik tarkib va kommunikativ maqsadni ifodalovchi p ragmatik mazmun asosida shakllanadi degan ilmiy faraz asos bo‟ladi. Tadqiqot quyidagi tahlil metodlaridan foydalaniladi: - Transformatsiya –o‟rin almashtirish metodi (turli sintaktik sinonimlar strukturaviy qismlarining o‟zaro munosabatini hamda ularni biriktiruvchi sintaktik aloqa turini aniqlash maqsadida) ; - Qiyoslash metodi (sinonimik sintaktik strukturalar semantik guruhlarini ajratish maqsadida); - Matn tahlili metodi (sinonimik sintaktik strukturalarlarning pragmasemantik xususiyatlarini aniqlash va ularning matn tarkibidagi vazifasini o‟rganish maqsadida). Tadqiqotning ilmiy yangiligi shundaki, ingliz va o‟zbek tillarida sinonimik sintaktik strukturalarining semantik va pragmatik mohiyati va mundarijasi ilk bor yagona bir butunlikda, til birliklarining nutqiy muloqot jarayonida faollashadigan lisoniy hodisa sifatida talqin qilinishida namoyon bo‟ladi. Sinonimik sintaktik strukturalarni pragmaligvistika va matn tilshunosligi nuqtai nazaridan tadqiq qilinishiga alohida ahamiyat berib, murakkab nutqiy harakatlarning kommunikativ maqsad va mazmun ifodalashda bajaradigan vazifalari aniqlangan. Tadqiqot natijalarining ishonchliligi. Mustahkam metodologik asosga, ishonchli ilmiy konsepsiyaga suyanadigan tahlil uslublaridan foydalanish sinonimik sintaktik strukturalar tizimi birliklarining umumiy va xususiy belgilari haqida yangi xulosalar, fikr-mulohazalar bildirish imkonini beradi. Ob‟ektiv metodlarga asoslanib, boshqa olimlarning ishlariga tayaniladi. Tadqiqot materiali vazifasini ingliz va o‟zbek tillarida yozilgan badiiy asarlar matni o‟tadi: 14 dan ortiq asarlardan 100 dan ortiq misol yig‟ildi va ular turli guruhlarga taqsimlangan holda tahlil qilindi. Download 66.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling