Mundarija: Kirish I. Bob. Turizm ekskursiya xizmatlarini tashkil etish
II.BOB. O`ZBEKISTONDA EKSKURSIYA XIZMATLARI TASHKIL ETILISHINI RIVOJLANTIRISH VA TAKOMILLASHTIRISH YO’LLARI
Download 74.71 Kb.
|
Turizmda ekskursiya xizmatlarining ahamiyati va o’rni.
II.BOB. O`ZBEKISTONDA EKSKURSIYA XIZMATLARI TASHKIL ETILISHINI RIVOJLANTIRISH VA TAKOMILLASHTIRISH YO’LLARI.
2.1. O`zbekistonda ekskursiya xizmatlari tashkil etilishini rivojlantirish chora tadbirlari. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida mamlakatimiz sayyohlik imkoniyatlaridan unumli foydalanishga qaratilgan chora-tadbirlar sohani sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qilayotganini ta’kidladi. Prezidentimizning 2016-yil 2-dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni hamda 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar muhim dasturilamal bo‘lmoqda. Rеspublika iqtisоdiyotini barqarоrlashtirish jarayonida хizmat ko`rsatish sоhasiga (turizmga) bo`lgan qiziqish оrtib bоrmоqda. Insоnning dunyoni, o`lkani bilish, sоg‘liqni tiklash, bo`sh vaqtini samarali o`tkazish, dam оlish, zavqlanish kabi eng muhim eхtiyojlarini qоndirishga zaruriyat sеzilmоqda. Kishilarning ma’naviy dunyosini bоyitishda o`zining madaniyati, urf-оdati va turmush tarzini bilish bilan birga bоshqa хalqlar, millatlarning ham ana shu ulug‘ qadriyatlarini bilishga bo`lgan talab yildan-yilga kuchayib bоrmоqda. Tashqi va ichki turizm ayrim mamlakatlarda juda ham tеz, barqarоr rivоjlanib bоrmоqda. Albatta, bular tarmоqning qanchalik darajada mamlakat iqtisоdiyotida hal qiluvchi ahamiyatga aylanib bоrayotganidan dalоlat bеradi. Хalqarо turizmda bugungi kunda ekskursiyaning ahamiyati оrtib bоrayotgan bo`lib, ayniqsa, bizning rеspublikamizga tashrif buyurgan aksariyat turistlarning e’tibоri qadimiy tariхiy aritеkturaga va o`zbеk хalqining bоy mеrоsi hisоblangan urf-оdatlarga qaratilgan. Хоrijlik turistlarga ekskursiya хizmati ko`rsatishda, albatta, bu jihatlarni nazardan chеtdan qоldirmaslik lоzim. Hozirgi davrda ekskursiya xizmatlarini samarali tashkil etish borasida hukumat qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Dastlabki boshlangan ishlar bu albatta muzeylarning tubdan ta’minlanishi, texnologik jihozlanishi va bir qancha qo’shimcha muzeylarning qurilishi tahsinga sazovordir. Bundan tashqari, muzey omborlarida saqlanayotgan minglab eksponatlar ham yaqin orada turistlat va ekskursantlar e’tiboriga havola etiladi. Muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari bilan Buxoroda qurilishi rejalashtirilgan Buxoro tarixi muzeyi ham o’ziga xos bir loyiha bo’lib, turizm sohasi uchun juda zarur ob’ekt sifatida qabul qilinadi. Mamlakat turizm sanoatini rivojlantirish, iqtisodiyotning tez o‘sishini ta’minlashda uning rolini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, dunyo bozorida milliy turistik mahsulot salohiyatini yuksaltirishga xizmat qiluvchi barcha sharoitlar yaratilmoqda. Mazkur faoliyat milliy turizm sohasini axborot bilan ta’minlash, turistik operatorlar uchun zamonaviy axborot texnologiyalari yechimlari va komputer dasturlarini ishlab chiqish, axborot bozori subyektlariga uyg‘unlashgan holda ishlash, xalqaro miqyosda mamlakatimiz nufuzini oshirish bo‘yicha ommaviy axborot vositalarida keng targ‘ibot ishlarini olib borishni taqozo etadi. O‘zbekistonda 1 ming 282 sayyohlik tashkiloti, jumladan, 660 dan ortiq mehmonxona, sayyohlik bazasi va kempinglar, 600 dan ziyod sayyohlik kompaniyalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Yurtimizga kelayotgan sayyohlar soni ham yildan-yilga ko‘paymoqda. 2022-yilda O‘zbekistonga 5,2 milliondan ziyod sayyoh kelgan. Mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan mehmonxonalar vakillari turizmni rivojlantirishning yaxlit konsepsiyasini ishlab chiqish va izchil amalga oshirish, sohaning huquqiy va tashkiliy asoslarini takomillashtirish, hududlarda yangi turizm mahsulotlari yaratish va ularni jahon bozorida targ‘ib qilishga oid masalalar muhokama qilinmoqda. Bunda xalqaro tajribadan keng foydalanish, hududlarda yangi turizm yo‘nalishlarini tashkil etish va ularni pasportlashtirish, ichki va tashqi turizm bo‘yicha milliy va hududiy dasturlarni ishlab chiqish kabi masalalar yuzasidan tavsiyalar berildi. Turizmni rivojlantirish, sayyohlar oqimini ko‘paytirishda mehmonxona biznesi muhim o‘rin tutadi. Bugun mamlakatimizda qariyb olti yuzta mehmonxona bor. Poytaxtimiz va viloyatlarda “Radisson”, ”Hilton”, “Lotte”, “Wyndham”, “Ramada” kabi dunyoga mashhur hotellar bilan birga, kichik guruhlarda va oilaviy sayohat qiluvchilar uchun ko‘plab xususiy mehmonxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda. Keyingi paytlarda mamlakatimizda tadbirkorlikni, jumladan, turizm sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan muhim hujjatlarning qabul qilinayotgani sohamiz vakillarining samarali faoliyat yuritishi uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Download 74.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling