Mundarija: kirish I bob turizm va rekreatsiya geografiyasining ahamiyati
II BOB O’ZBEKISTONNING TURISTIK VA REKREATSIYA IMKONIYATLARI VA ULARDAN FOYDALANISH ISTIQBOLLARI
Download 0.82 Mb.
|
Mavzu O’zbekistonning turizm va rekreatsiya geografiyasi mundar
II BOB O’ZBEKISTONNING TURISTIK VA REKREATSIYA IMKONIYATLARI VA ULARDAN FOYDALANISH ISTIQBOLLARI
2.1 O’zbekistonning turizm va rekreatsiya resurslari Zamonaviy turizm sanoati – iqtisodiyotning eng eng rivojlanayotgan va serdaromad tarmoqlaridan biridir. Uning hissasiga dunyodagi yalpi daromadning qariyb 10 foizi to`g`ri keladi. Dunyo miqyosida turizmning o`sish tempi yiliga 4-5 foizga ortmoqda. O`zbekistonning tarixi va madaniyati nihoyatda boy va turizm tarmog`ining rivojlanishi uchun yuqori salohiyatga ega. Hudud “Buyuk Ipak yo`li”da joylashganligi bois, tarixda savdo va madaniy aloqalar markazi sifatida dunyo mamlakatlari ichida shuhrat qozongan. Respublika hududida 4000 ga yaqin arxitektura yodgorliklari bo`lib, ularning ba`zilari 2500 yillik uzoq tarixdan guvohlik beradi. Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz kabi shaharlardagi tarixiy obidalar dunyo tarixchilari va sayyohlarining doimo diqqat markazida bo`lib kelgan. Bu shaharlar nafaqat, o`zlarining yodgorliklari, masjidlari, madrasalari, maqbaralari bilan, balki, bu hududlarda Al Xorazmiy, Al Beruniy, Ibn Sino, At Termiziy, Amir Temur, Ulug`bek, Navoiy, Bobur kabi buyuk o`zbek olimlari yashab ijod qilganligi bois ham mashhurdir. O`tgan mustaqillik davri mobaynida O`zbekiston turizm sanoatida sezilarli o`zgarishlar yuz berdi, ya`ni mamlakatda turizmning rivojlanishi bilan bog`liq siyosiy qarashlar o`zgardi, turizmni rivojalantirish me`yoriy hujjatlari ishlab chiqildi va qabul qilindi. Turizmning barcha turlarini 37 rivojlantirishning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslari ishlab chiqildi va hozirda takomillashmoqda. Shuningdek, kichik turistik majmualarga xorijiy investitsiyalar jalb etilmoqda, yangi turistik yo`nalishlar ochilmoqda, tarmoqni rivojlantirish uchun malakali kadrlar tayyorlanmoqda va xizmat ko`rsatishni jahon andozalariga tenglashtirishga intilmoqda. Respublika aholisi dam olish maqsadida erta bahordan toki kech kuzga qadar, tog` yonbag`ridagi suv omborlari bo`ylariga oshiqishadi. Lekin, har bir rekreantning tabiat va uning qayta tiklanmas ne`matlariga munosabatlarini bir xilda ijobiy baholab bo`lmaydi. Shu o`rinda ekologik madaniyatni rivojlantirish muhim o`rin tutadi. Ekologik madaniyatni rivojlantirishda boshqaruvning o`rni faqatgina davlat xizmati bilangina emas, balki jamoatchilik rolini oshirish bugungi “Demokratik huquqiy davlat qurish” yo`lidagi ekologik bilimlarni targ`ibot qilish, aholining ekologik saviyasini ko`tarish borasida bir muncha ishlar amalga oshirilmoqda. Lekin, shunga qaramay, bu sohada bir qator kamchiliklar mavjud. Shu bois, yuqorida ta`kidlaganimizdek, rekreatsion manzilgohlarlarda insonning dam olishi tabiat bilan muloqotini rivojlantirish uchun qulay shart sharoitlar yaratilishi lozim va bu manzilgohlarda tarkib topgan rekreatsion majmualar iqtisodiy daromad keltirishi, aholining sog`ligi va mehnat qobiliyatini tiklashga, tabiatni muhofaza qiilishga salmoqli hissa qo`shishi kerak bo`ladi. Biz yuqorida rekreatsion rayonlarni ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya ekanligini e`tirof etdik. Chunki, rekreatsion rayon shakllangan hududda xizmat ko`rsatish bilan bog`liq bir necha tarmoqlar: aloqa, tibbiyot, mehmonxona va oziq-ovqat muassasalari tashkil topadi. Yangi ish o`rinlari shakllanadi, shu yerlik aholining bandligi ortadi. Zero, rekreatsion rayonlarning shakllanishi tabiat yoki joyning geografik o`rni bilan bog`liq ekan, o`z navbatida joyning iqtisodiy-geografik o`rnining ahamiyati ortadi. Shu o`rinda, rekreatsion rayonni iqtisodiy-geografik jihatdan ta`minlovchi shart-sharoitlarni 5 ta turga ajratish mumkin: 1. Rekreatsion rayonning rekreantlar oqimini hisobga olish (rekreantlarni qabul qilish salohiyati, rekreantlarning ijtimoiy va yosh tarkibi, mahalliy yoki xorijiy turistlar ekanligi); 2. Rekreatsion rayonning transport-geografik shart-sharoiti, rekreantlarning yashash joyi va dam olish joylari oralig`idagi transport xizmatining qulayligi; 3. Rekreatsion rayonga tashqi ta`minot bazalarining mahsulot etkazib berishdagi qulayliklari, asosan tez buziluvchi qishloq xo`jaligi mahsulotlarini etkazib berish va ularning iste`mol uchun yaroqliligini ta`minlash; 4. Rekreatsion rayonning qo`shimcha ishchi kuchlari bilan ta`minlovchi hududlarga yaqinligi. Asosan rekreantlar eng ko`p bo`ladigan vaziyatlarda; 5. Rekreatsion rayonning boshqa rekreatsion rayonlarga nisbatan tutgan o`rni; Rekreatsion rayonning ichki ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarini quyidagi omillar belgilaydi: 1. Turizm va dam olish maskanlarining xom ashyo texnik bazasining rivojlanganlik darajasi va hududiy tarkibi. Shuningdek, rekreantlarga xizmat qiluvchi sohalar faoliyati 2. Hududning iqtisodiy salohiyati, ishlab chiqarish infrastrukturasining rivojlanganlik darajasi. 3. Mehnat resurslari. 1 – diagramma: O’zbekistonga tashrif buyuruvchilar soni( 2017 yil) O`zbekiston sivilizatsiyalar to`qnashgan mintaqalardan birida joylashgan mamlakatdir. Uning tarixi nihoyatda boy va betakrordir. Tarixda xalqimiz tabiatdagi har bir o`zgarishni (bahorning kelishi, hosil yig`imini) bayram sifatida to`kin-sochinlikdan, yaxshilikdan nishona sifatida qabul qilgan. Bayramlar va an`analar ijtmioiy va shaxsiy hayotning barcha tomonlarini qamrab oluvchi va kishilar o`zaro munosabatlarining turli jihatlari va shakllarida namoyon bo`luvchi muuayyan urf-odatlar va an`analar, ahloqiy printsiplar va huquqiy tartibotlarning tarixan shakllangan yig`indisidir. O`zbek xalqining asrlar davomidagi ijtimoiy ma`naviy qarashlari xalq og`zaki ijodi orqali ajdodlardan avlodlarga etkazib kelingan. Bugungi kunga kelib, o`lka tarixi, etnografiyasi, madaniyati va ma`naviy merosi jahon jamoatchiligining diqqatini o`ziga tortmoqda. Respublikada “Sharq taronalari”, “Boysun bahori” festivallarining “Navro`z” bayram sayllarining o`tkazilishi xorijlik sayyohlarning, sharqshunos, etnograf olimlarining o`lka tarixi, madaniyatiga bo`lgan qiziqishini orttirmoqda. O`z urf odatlari marosimlari mazmuniga ko`ra, dehqonchilik va chorvachilik uchun baraka so`rovchi xalq hech qachon o`zganing eriga ko`z tikmasligini, xalqining bag`rikeng, dilkash ekanligini O`zbekistonga tashrif buyurgan har bir sayyoh anglab etmoqda. Shuningdek, O`zbekiston milliy guruhlari xorij mamlakatlarida o`z milliy an`analari, qarashlarini ifoda etuvchi chiqishlari bilan xorijliklar e`tiborini tortmoqda. 46 Respublika mustaqilligining dastlabki yillaridanoq, mamlakatda sportni rivojlantirish sport sohasida zafarli yutuqlarni qo`lga kiritgan sportchilarni ma`naviy, moddiy rag`batlantirish to`g`risida me`yoriy hujjatlar qabul qilindi. O`tgan qisqa muddat ichida jahon sport sahnasida O`zbekistonning mavqei yuksaldi. Bugungi kunga kelib, maktablar o`quvchilari o`rtasida “Umid nihollari”, talabalarning “Universiada” uchrashuvlari va turli yoshdagi sportchilarning xalqaro sport musobaqalari muntazam o`tkazilib borilmoqda. Umuman, rekreatsiyaning rivojlanishida festivallar, ko`rgazmalar xalq bayramlari va sportning ahamiyati yuqoridir. Turizm inson hayotiy faoliyatining ko`pgina tarmoqlarini o`z ichiga oladi. Shuning uchun turizmni o`rganish madaniyatshunoslik, tarix, antropologiya, psixologiya, sotsiologiya iqtisodiyot kabi fan tarmoqlarini o`rganish bilan uzviy bog`liq. O`zbekiston dunyo tarixchilari va keng jamoatchiligiga hali targ`ib etib ulgurmagan boy tarixga ega. Respublika mustaqillikka erishgunga qadar, Kushonlar davri Sulton Saodat, Qirqqiz arxitektura yodgorliklari to`g`risida g`ishtdan qurilgan. “Qirqqiz” xarobalari hozirga qadar saqlanib kelingan. Ma`lum bo`lishicha, tarixda “Qirqqiz” ga dunyoning turli mamlakatlaridan, jumladan, Frantsiya kelib tahsil olgan. Ular Sharq madaniyatini o`rganishgan. “Qirqqiz”da saroy ayollari tarbiyalangan. Sulton Saodat, Hakim At Termiziy, Iso Termiziy maqbaralari esa, mustaqillikka qadar o`ta ayanchli ko`rinishga ega bo`lib qolgan edi. Bu allomalar o`z davrining yirik olimlari, ma`rifatparvar va hadisshunos bo`lishgan. O‘zbekistonda turizm raqamlarda Ko‘plab xalqaro nashrlarning fikriga ko‘ra, mamlakatimiz 2020-yilda eng jozibador sayyohlik joylaridan biriga aylangan. Kuni kecha Buyuk Britaniyaning The Telegraph gazetasi bu yil tashrif buyurish lozim bo‘lgan shaharlar ro‘yxatini e’lon qildi. Shular qatorida bizning Toshkent ham bor.Yildan-yilga mamlakatimizga sayyohlar soni tobora ko‘payib borayotganini hisobga olsak, bu juda munosib e’tirofdir. Endi esa bir nechta raqamlarni keltirsak.O‘tgan yilning yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 6,748 million kishi tashrif buyurgan bo‘lib, bu 2018-yil statistikasidan 125 foizga (5,346 million kishi) ko‘pdir.O‘zbekistonga tashrif buyurgan turistlarning umumiy sonidan 6,260 million kishi MDH mamlakatlaridan, 488,4 ming sayyoh esa olis xorij mamlakatlaridan kelgan.Shu bilan birga, 2019-yilda turizm xizmatlarining eksporti 1,313 milliard dollarni tashkil etgan, 2018-yilda u 1,041 milliard dollariga teng bo‘lgan (o'sish 126 foiz).Ushbu qiymatning yarmidan ko‘prog‘ini MDH mamlakatlaridan kelgan sayyohlar (966,559 mln. AQSH dollari) sarflagan, 346,472 mln. dollar esa boshqa mamlakatlarning sayohatchilariga to‘g‘ri keladi.Ko‘rib turganingizdek, O‘zbekistonda turizm jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda va bu juda yaxshi yutuq hisoblanadi, chunki bizda dunyoga namoyish etadigan jihatlarimiz bor. Chet el tajribasini o'rganish asosida "Qarshi" aeroportida "Ochiq osmon" rejimi joriy qilinib, sayyohlarga keng erkinlik yaratilmoqda. Kelgusida shunday tizim Andijon, Nukus va Navoiy aeroportlarida ham qo'llanadi. Yig'ilishda qayd etilganidek, 30 kungacha viza olish bekor qilinganidan keyin ikki kun ichida Isroildan O'zbekistonga kelish uchun iyun oyigacha bo'lgan aviachiptalar sotib bo'lingan. Shu bois viza rejimi bekor bo'lgan davlatlardan qatnovlar soni oshiriladi, Toshkent shahridan tashqari Buxoro, Samarqand, Urganch, Navoiy va Qarshi shaharlariga ham to'g'ridan-to'g'ri reyslar ochiladi. Prezident sayyohlarning kayfiyatiga ta'sir qiladigan eng kichik jihatlargacha e'tibor qaratdi. Aeroportlar zallaridagi chiroqlar xiraligi, pasport nazorati kabinalari to'liq ishlamasligi, uzundan-uzoq sun'iy navbatlar, taksi xizmati ko'rsatuvchi xususiy avtomobil egalarining tartibsizligi kabi holatlarni yaxshilash bo'yicha ham topshiriqlar berildi. Turizmda mavsumiy davrni uzaytirish, ko'rsatiladigan xizmat turlarini ko'paytirish va turizm infratuzilmasini yaxshilash masalalari muhokama qilinar ekan, mehmonxonalarning asosiy qismi Toshkent, Buxoro va Samarqand shaharlarida ekani, turistlar oqimi oshgan davrda ularda ham joy yetishmasligi qayd etildi. Mehmonxonalarni ko'paytirish, shu bilan birga, bu yo'nalishda xususiy joylashtirish obyektlari va mehmon uylari tashkil etish, tadbirkorlarga yer ajratish bo'yicha ko'rsatmalar berildi. Sayyohlar tashrif buyuradigan maskanlar va avtomagistral yo'llar bo'yida sanitariya-gigiyena shoxobchalarini ko'paytirish zarurligi ta'kidlab o'tildi. Madaniy meros obyektlariga kirish tizimini takomillashtirish, turniketlar, videokameralar va yo'l ko'rsatkichlari o'rnatish, axborot markazlari tashkil etib, ularda turistlarni qiziqtiruvchi barcha xizmatlarni yo'lga qo'yish bo'yicha ko'rsatmalar berildi. Yig'ilishda yangi xizmat va savdolar tashkil etish orqali valyuta tushumini ko'paytirish masalasiga alohida ahamiyat qaratildi. Xususan, suvenirlar ishlab chiqarish va ularni maxsus kiosklarda sotish, aeroportlarda faoliyat yuritadigan "Duty Free", "Tax Free" tizimidagi savdo shoxobchalarini turistik shaharlarda ham ochish, tadbirkorlik subyektlarini jalb qilgan holda avtomobil ijarasi markazlari va Wi-Fi zonalar tashkil etish zarurligi ta'kidlandi. Qadimiy shaharlarda tunu kun ishlaydigan sayyohlik hududlari, "Qadimiy Buxoro" va "Samarqand siti" turistik zonalari tashkil etish bo'yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan mutasaddilarning hisoboti tinglandi. Videoselektor yig'ilishida ichki turizmni rivojlantirish masalalari ham muhokama qilindi. Xalqimiz, ayniqsa, mahalla faollari, nuroniylar, yoshlar va kam ta'minlangan oilalar vakillarining mamlakatimiz hududlariga sayohatlarini an'anaga aylantirish, tashkilotlar kasaba uyushmalari mablag'larida sayohat uchun xarajatlar ulushini ko'paytirish yuzasidan tavsiyalar berildi. Ziyorat turizmi bo'yicha mamlakatimizning salohiyati juda yuqori. Bu yo'nalishda zarur qulayliklar yaratish maqsadida Din ishlari bo'yicha qo'mita tarkibida Ziyorat turizmini qo'llab-quvvatlash bo'limi tashkil etildi, Malayziya, Turkiya, Indoneziya kabi davlatlar uchun vizasiz rejim joriy qilindi. Yig'ilishda bu boradagi imkoniyatlardan to'la foydalanilmayotgani, bir qator ziyoratgohlar qarovsiz ahvolda ekani qayd etildi. Yurtimizda islom dunyosida tan olingan allomalarning maqbaralari, tabarruk qadamjolar ko'p, dedi Shavkat Mirziyoyev. Masalan, turli viloyatlarda Naqshbandiya tariqatini targ'ib qilgan 12 ulamoning qabri bor. Biz hozir ularning 8 tasi, ya'ni Buxorodagi "Etti pir" va Samarqanddagi "Xo'ja Ahror Valiy" ziyoratgohlarini obod qilyapmiz. Lekin Surxondaryodagi Muhammad Zohid Buxoriy, Alovuddin Attor va Qashqadaryodagi Muhammad Darvesh, Muhammad Imganakiy maqbaralari ta'mirga muhtoj. Shundan kelib chiqib, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari hokimlariga ushbu qadamjolarni obodonlashtirish, ularga olib boruvchi yo'llar holatini yaxshilash, ziyoratchilar uchun barcha sharoitlar yaratish bo'yicha topshiriqlar berildi. O'zbekiston turizm brendini xorijda targ'ib qilish masalasi ham tahlil qilindi. Mamlakatimiz investitsiya, savdo va turizm salohiyatini o'zaro muvofiqlashtirib, yagona brend ostida reklama qilish zarurligi ta'kidlandi. Milliy teleradiokompaniya hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi zimmasiga O'zbekistonning turizm salohiyatini kecha-kunduz targ'ib qiluvchi, sayohatga oid turli qiziqarli ko'rsatuvlar namoyish etib boruvchi xalqaro telekanal tashkil etish vazifasi yuklandi.Tarixiy obidalarga boy yurtimizning sayyohlik biznesi salohiyati juda katta. Ayni paytda turistik agentliklarimiz sobiq ittifoqdan meros bo‘lib qolgan, sayyohlarni guruh tarzida qabul qilish kabi xizmatlarni ko‘rsatishadi. Biroq dunyoda bir talay yangi va zamonaviy turizm turlari ham paydo bo‘lganki, ularning ayrimlarini O‘zbekistonda tatbiq etish ayni muddao bo‘lar edi. Bu joylarda qo‘shimcha daromad va ish o‘rinlari yaratilishiga olib kelishi shubhasiz. So‘nggi yillarda jahon bo‘ylab turizmning unutilgan, yangi, innovatsion ko‘rinishlari paydo bo‘lmoqda. Keling, ushbu multimediali maxsus loyihada (Loyihaning Tilda’da yasalgan versiyasiga o‘tish uchun mana bu yerni bosing) ana shunday yangi yo‘nalishlarning o‘zbekona mentalitetimizga mos keladigani hamda yurtimizda rivojlantirsa bo‘ladiganlarini ajratib olib, o‘rganib chiqamiz. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling