Mundarija kirish. I bob


Download 1.87 Mb.
bet2/6
Sana18.03.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1283446
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MUNDARIJA

O’rganish tarixi
Miloddan avvalgi III asr o'rtalarida Baqgriya satrapligining salavkiylar markaziy hokimiyatiga nisbatan muxolifati kuchayadi. Miloddan avvalgi 250 yilda Baqtriya satrapi Diodot Baqgriya yerlarini Salavkiylar davlatidan ajratib, Yunon-Baqtriya davlatiga asos soladi. Bu davrda Yunon-Baqtriya davlatiga nafaqat Baqtriya yerlari, balki So'g'diyona va Marg'iyona yerlari ham bo'ysuna boshlagan edi. Baqtriya yerlarining Salavkiylar davlatidan ajralib chiqishi aholiga bir qadar yengillik beradi. Bu davrda Baqtriya satraplari, bir tomondan, salavkiylar markaziy hokimiyati xurujlariga qarshi kurashgan bo'lsa, ikkinchi tomondan, Parfiya podsholari tajovuziga qarshi kurash olib boradi. Mustaqillikka erishgan Baqtriya Diodot I davrida qudratli davlatga aylanadi. Yunon-Baqtriya podshosi Yevtidem davrida mamlakatning chegara hududlarini mustahkamlashga alohida e'tibor beriladi. Miloddan avvalgi 206 yildan boshlab Baqgriya yerlariga Salavkiylar davlatining solib turgan xavfi yo'qotiladi. Bu davrda vohada sun'iy sug'orishga asoslangan ziroatchilik va hunarmandchilikning qator tarmoqlari ancha yuksaladi. Pirovard natijada ko'plab shaharlar qad rostlaydi, xususan, Mirshodi vohasida yashagan aholi Dalvarzintepa o'rnidagi shaharga, Sherobod vohasida yashagan aholining bir qismi Jondavlattepa o'rnidagi shaharga, yana bir qismi esa Tallashqon II nomi bilan atalgan manzilgohga, Sho'rchi qishlog'i o'rnida esa Kofirqal'a (Kampirtepa) singari shaharlarga asos solinadi. Bu davrda Termiz (Tarmita) shahrining maydoni bir necha gektarga kengayadi. Shuning uchun ham yunon muarrixlari o'z asarlarida Baqtriya xususida to'xtalib: «Baqtriya - ming shaharli mamlakatdir» deb ta'kidlab o'tishlari bejiz emas edi, albatta.
Mavzu dolzarbligi.


Iskandar vafotidan so`ng u tuzgan saltanat bir necha katta-kichik davlatlarga bo`linib ketgan. Ularning biri Salavkiylar davlati edi. Bu davlatning hukmdori Salavka I Nikator bo`lgan. O`rtayer dengizining sharqiy sohilidan O`rta Osiyo va Hindiston chega-ralarigachabo`lganyerlar Salavka davlatitarkibidaedi.Salavka vafot etgach, uning vorislari davrida sharqiy viloyatlarda qo`zg`olonlar boshlanadi. Bundan salavkiylarning Baqtriyadagi noibi Diodot ham foydalanadi. U mahalliy zodagonlarning xayrixohligiga tayanib  miloddan avvalgi 250-yilda o`zini Baqtriyapodshosidebe`lonqiladi.Davlat ishlariga yunonlar va mahalliy baqtriyalik zodagonlar jalb qilinganligi uchun bu davlat Yunon-Baqtriya podsholigi deb ataldi. Bu davlatning asosi dastlabki Baqtriya bo`lgan, uning poytaxti Zariasp edi. Keyinchalik bu shahar Baqtr nomi bilan mashhur bo`lib ketdi.Diodot I va Diodot II lar davrida Yunon-Baqtriya So`g`diyona, Marg`iyona, Choch, Davon, Sharqiy Eron hisobiga kengayadi. Miloddan avvalgi 230-yili So`g`diyona noibi Evtidem I qo`shinlari Diodot II qo`shinlariniyengibBaqtriyataxtiniegallaydi. Miloddan avvalgi 208–206-yillarda Salavka podshosi Antiox III bilan Evtidem I o`rtasidagi ikki yilga cho`zilgan urush, sulh bilan tugaydi. Antiox III Evtidemning shohligini tan olishga majbur boladi. Chunki shu davrda shimoldan ko`chmanchi qabilalar xavf solib turgan edi. Evtidem I va uning o`g`li Demetriy davrida Yunon-Baqtriya kuchayib Seyistondan Hind daryosigacha bo`lgan yerlar Yunon-Baqtriya podsholigiga qo`shib olinadi.


Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling