Mundarija kirish. I bob


Baqtriya davlatida yunonlar va mahalliy madaniyat sintezi


Download 1.87 Mb.
bet4/6
Sana18.03.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1283446
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MUNDARIJA

1.2 Baqtriya davlatida yunonlar va mahalliy madaniyat sintezi. Yunon-Baqtriya yozuvi.
Miloddan avvalgi 323 yil 13 iyunda Aleksandr 33 yoshga to‘lmay Bobilda vafot etadi. Tabiiyki, Aleksandrning o‘limidan so‘ng uning qo‘l ostidagi hokimliklarda toj-u taxt uchun kurash, ichki kurashlar kuchayib ketadi. Aleksandr vafotidan so‘ng hokimiyat shohning eng yaqin lashkar boshlari qo‘liga o‘tadi. Ular diadoxlar, ya’ni vorislar yoki epigonlar – vorislar vorisi, deb ataladi. Shohdan keyinroq imperiyaga hokimlik qilish uchun diadoxlar o‘zaro kurash boshlaydilar, lekin birortasi ham yengib chiqa olmaydi. Uning ustiga Aleksandr vafoti haqidagi xabarni eshitgan xalqlar ozodlik uchun qo‘zg‘olon boshlaydilar.Miloddan avvalgi 312 yilda taxt uchun bo‘lgan to‘xtovsiz kurashlar natijasida, dastavval Aleksandrning tansoqchisi, keyinroq yirik sarkardasi bo‘lgan Salavka Bobilda o‘z hokimiyatini mustahkamladi va to‘qqiz yil davomida davlati chegarasini kengaytirib, Eron va O‘rta Osiyoni ham egallaydi. O‘rta Osiyo yerlarining Salavka tomonidan bosib olinishi mil. avv. 306-301 yillarga to‘g‘ri keladi. Shundan so‘ng Aleksandr davlatining sharqiy qismi (Kichik Osiyo, Suriya, Eron va O‘rta Osiyo) sarkarda Salavka hukmronligiga o‘tadi. Salavkiylar davlatining ikki poytaxti bo‘lgan: Salavkiya (Dajla daryosi bo‘yida) va Antioxiya (Oronto-Shimoliy Suriyada).Yunon tarixchisi Pompey Trogning qayd etishicha, «Salavka ba’zi bir o‘lkalarni muzokaralar yo‘li bilan egallagan bo‘lsada, Baqtriya, Parfiya, Sug‘d yerlarida u qattiq qarshilikka uchradi va og‘ir janglar olib borishiga to‘g‘ri keldi». Arrian ham quyidagilarni yozib qoldirgan: «Salavka I baqtriyaliklar, sug‘diylar, parfiyaliklar va girkaniyaliklar bilan ko‘p urushlar olib borgach, ularning hududlarini o‘z hukmronligi ostiga olgan». Salavka O‘rta Osiyoning erksevar xalqlarini osonlik bilan o‘ziga qaram etolmaydi, qo‘zg‘olonlar tinchimaydi. Mil. avv. 293 yili Spitamenning qizi Apamadan tug‘ilgan o‘g‘li Antioxni O‘rta Osiyoga o‘zining noibi etib tayinlaydi. Antiox I vayron etilgan qal’alarni tikladi, Quyi Murg‘ob vohasi atrofini ko‘chmanchilarning tinimsiz hujumidan himoya qilish maqsadida mudofaa devori (Marg‘iyona devori, 250 km.) bunyod etdi. U salavkiylar qudratini namoyish etish maqsadida atrofdagi o‘troq va ko‘chmanchi aholi ustiga harbiy yurishlar uyushtirdi. Antiox I tomonidan o‘tkazilgan bir qancha harbiy-siyosiy va diplomatik tadbirlar tufayli O‘rta Osiyodagi salavkiylarga qarshi qo‘zg‘olonlar birmuncha bostiriladi. Salavkiylar davrida islohotlar o 'tkazilib, avval mavjud bo'lgan satrapliklar mayda qismlarga ajratilib, bu qismlar eparxiya, uning bo'laklari giparxiya va nihoyat, giparxiya bo'laklari stasmoslariga ajratilib, har bir bo'limga boshliqlar - hokimlar belgilangan edi. Shunday eparxiya hokimi Diodot 1 Soter portreti Salavkiylar kurashi va ziddiyatlaridan foydalanib, u o'zini Baqtriya yerlarining podshohi deb e’lon qilgan. Miloddan awalgi taxminan 250-villardan boshlab bu davlat Yunon (Grek)-Baqtriya deb yuritila boshlangan. Uning hududi So'g'diyona, Marg'iyona, Farg'ona va Chochning bir qismini o'z ichiga olgan. Bu davlat deyarli 100 yildan ortiq vaqt mobaynida mavjud bo'lib, Markaziy Osiyo tarixi va madaniyatida sezilarli iz qoldirgan. Odatda miloddan awalgi IV - yangi eraning IV asrlarini antik davrga kiritiladi va bu davr awalgilaridan san’at va madaniyatda Sharq va G'arb san’atining o'ziga xos murakkab aralashuv, uchrashuv va taraqqiyoti bo'lganligi e ’tirof etiladi. Shu davrda Markaziy Osiyo san’ati va madaniyati rivojlanishning yangi bosqichini boshidan kechirdi. Salavkiylar davrida Markaziy Osiyo yerlariga yunon (ellin) madaniyati tezkorlik bilan kirib kela boshlaydi. Hukmdorlar shu yerda o'zlarining mavqelarini mustahkamlab olishga harakat qilib, ko'plab yunonistonlik san’atkorlarni ishga taklif qiladilar, turli yerlarda yangi shaharlar barpo etadilar, mahalliy din va urf-odatlariga tegmaganlari holda yunon madaniyatining tarqalishiga e’tibor beradilar. Tijorat, savdo-sotiq ishlari jonlandi, hunarmandchilik, dehqonchilik, qurilishda sezilarli ishlar amalga oshirildi.
Me’morlik san’atida avvalgidek asosan xom g'isht asosiy qurilish materiali sifatida ishlatilsa ham, shu bilan birga qumtosh, marmar va pishiq g'isht hayotga keng ko'lamda kirib kela boshladi, devor pardoziga maxsus qorishmalar, alebastrli qoplamalar ishlatila boshlandi. Shu davrda qurilgan saroylar, gimnaziya, ibodatxonalarda yunon me’morlik an’analari ta’sirini ko'rish mumkin. Salavkiylar va undan keyingi Grek — Baqtriya podsholigi davrida Markaziy Osiyoning janubiy hududlarida me’morlik komplekslari yuzaga keladi, shaharsozlik yangi davrni boshidan kechirdi. Me’morlikda yangi g‘oyalar rivojlandi, yangi-yangi shaharlar barpo etildi. Shulardan biri Demetriy asos solgan (II asr) Termiz (Demet-Termet o‘zgarishida) shahri rivojlandi. Bu davrda, ayniqsa, Ellin san’ati ta ’siri sezilarli darajada bo'ldi. Qurilishda ellin me’moriy uslublari ishlatilgan. Jumladan, ustun, kapitel ishlatilgan, pollarga mozaika yotqizilgan, ustunlar ko‘p hollarda kapitellar bilan tugallangan. Yunon-Baqtriya yerlarida mavjud shaharlar kengaytirildi, odamlar yashaydigan katta bo'lmagan aholi punktlari shaharga aylantirildi. Yangi shaharlar aniq to'rtburchak yoki kvadrat shaklida qurilib, atrofi qalin devor bilan o‘rab chiqildi, to'rtburchaksimon minoralar bunyod etildi. Qurilgan binolarda serjilo korinf orderi keng qo‘llanildi. Shimoliy Afg'oniston hududidagi ochilgan Oyxonum saroyi qoldiqlari shu jarayondan darak beradi. Bu saroy antik davr san’ati qurish uslubi an’analarida ishlangan, pollari mozaika bilan pardozlangan. Kapitel va ustunlar ham uning ko'rinishiga alohida fayz baxsh etgan. Tasviriy san’at o'z rivojini davom ettirdi, saroy va zodagonlarning uylari rassomlik va haykaltaroshlik asarlari bilan bezatildi, mahobatli haykaltaroshlik va mayda plastika san’atida asarlar yaratildi. Marmardan haykallar, fil suyagidan ritonlar ishlandi. Gretsiya san’ati ta’siri shu davrda zarb etilgan tangalarda va ularga ishlangan bo'rtma tasvirlarda ham seziladi. Bu davrda quyish san’ati rivojlandi. Bu san’at rivoji numizmatika — tangalar zarblash san’atida yaqqol bilinadi. Markaziy Osiyo yerlariga bo'rtma tasvirli tangalaming kirib kelishi Salavkiylar sulolasi nomi bilan bog'liq. Bunday uslubda tangalar chiqarish Yunon mamlakatida keng rivoj topgan bo'lib, uni O'rta Osiyo madaniy-iqtisodiy hayotiga kirib kelishi muhim voqea edi.O'rta Osiyoda pullar zarb etish maqsadida o'lkaga Yunon ustalarining keng ko'lamda jalb etilishi “O'rta Osiyocha” mo'jaz portret san’atining rivojlanishiga sabab bo'ladi. Bu yerda ishlangan shunday portretlar davr hukmronligining nafaqat tashqi ko'rinishiga, balki fe’l-atvorini ham o'z haqqoniy tasvirlanishi bilan Yunonistonda yaratilgan tanga yuzasiga ishlangan bo'rtma tasvirlardan o'tib ketdi.Tangalarning old tomonida hukmdor (podshoh) homiysi bo'lgan ma’buda tasviri va yozuv mavjud, tanganing orqa tomonida esa hukmdorning aylana ichidagi bo'rtma tasviri yon tomonidan ishlangan. Shuni ta’kidlash kerakki, bu tangalar yuzasidagi bo'rtma tasvirlar uslubi jihatidan yunon klassik san’ati an’analarida, eng awalo Fidiy, Praksitel, Lissip ijodiga xos uslubda bajarilgan, jumladan, Fidiyning O.limpdagi Zevs haykaliga taqlid qilishi sezilarli. Podshoh bo'rtma tasvirlari real va haykaltarosh tasvirlanuvchini faqat o'xshatib qolmasdan, balki uning xarakterini ham ochishga intilganligi bilinadi. M. Demetriy tasviri tushirilgan tangada Demetriy xarakteri va mavqeyi fil shakli bor bo'lgan bosh kiyimda tasvirlangan. Bu belgi podshoning Hindistonni zabt etganligi va uning hukmdorligiga ishora hisoblangan.
Demetriy portreti shu davr realistik portret san’atining nodir yodgorligi hisoblanadi. Haykaltarosh bu portretda tasvirlanuvchining o'ziga xos individual qiyofasi va xarakterini ifodali aks ettira olishi bilan kishini hayratlantiradi. Shu davrda ishlangan Yevkratid bo'rtma tasvirda kuchli, irodali shaxs qiyofasi gavdalanadi. Aksincha Geliokl portretida padarkushlik bilan taxtni egallagan hokimning majruh dunyosi yuz muskullari, dumaloq ko'z va ma’nosiz boqishida bilinadi. Amaliy san’atda ham Gretsiya san’atiga taqlid qilish yoki Gretsiya san’ati namunalaridan foydalanish keng avj oldi. Mahalliy ustalar grek kulolchilik shakllaridan o'z ijodlarida keng foydalandilar. Ellinistik davrda (makedoniyalik Aleksandr yurishidan yangi birinchi asrning boshlariga qadar bo'lgan davr nazarda tutiladi) O'zbekiston san’atida mahobatli haykallar ham ishlanganligi ma’lum. Bular haqida yozma manbalarda dalillar mavjud. Bu haykallarda mahalliy va yunon san’ati an’analari uyg'unlashib ketgan. Artemida bu yerda Anaxit siymosida mujassamlashdi. Uning oltindan ishlangan haykallarining boshida nur sochib turgan toji bo'lgan, bunday haykal Baqtriyaning bosh ibodatxonasida o'matilgan.
Yunon-Baqtriya davlatida nafaqat arxitektura, haykaltaroshlik va tasviriy san'at taraqqiy etgan. balki teatr va musiqa san’atlari ham ancha rivojlangan. Bunga misol tariqasida Baqtriya hududidagi Oyxonum shahri xarobalari tagidan topilgan bir nechta te a tr qoldiqlarini ko'rsatish mumkin. Bu teatrlarda yunonlar tragediyalari sahnalashtirilgan. Mahalliy aholiga tushunarli bo‘lisiii uchun tragediyalar namoyishida ko'proq “maskars” (niqob) va “mim” (so‘zsiz harakat) uslublaridan foydalanganlar. Raqs, ko’zbo’yamachilik, masxarabozlik, akrobatik harakatlar va musiqa spektakllaming muhim elementiari hisoblangan.
Amaliy bezak san’atida ko'proq afsonaviy ramzlardan foydalanilgan. Binoning muqamas qismiga sherlar, yirtqich qushlar, burgut yoki arslon boshli, arslon gavdali bahaybat qanotli maxluq — grifonlar, idishlar sirtiga esa turli hayvonlar tasviri tushirilgan.
Markaziy Osiyo me’morchilik tarixining noyob arxeologik obidasi – Qo‘yqirilgan qal’aning qanday vazifani bajarganligi xususidagi tortishuvlar hanuz davom etmoqda. Bir guruh olimlar uni ibodatxona desalar, ikkinchi guruh olimlar esa uning markaziy xonasi rasadxona bo‘lgan degan fikrdalar, uchinchi guruh olimlari esa bu saroy xarobalari degan fikrni ilgari suradilar. Shunisi e’tiborga sazovorki, bu inshoot qanday vazifani bajarganligidan qat’iy nazar, bu yerda umrguzaronlik qilgan ajdodlarimiz, hoh ular qohinlar bo‘lsinlar, hoh munajjimlar, hoh saroy ayonlari bo‘lsinlar, musiqaga oshno bo‘lganlar. Chunki bu yerdan topilgan osori atiqalar shundan dalolat beradi. Bu yodgorlikdan beshta musiqachining terrakota – haykalchasi topilgan. Ulardan biri tik holatda rubobsimon cholg‘u chalayotgan musiqachi haykalchasidir. Musiqa asbobi udga o‘xshamaydi, uzunchoq olti burchakli rezonator (qorin)li shaklga ega.
Musiqachining bo‘yiga qiyoslansa bu cholg‘uning uzunligi 1 metr atrofida bo‘lgan. Ikkinchi musiqachi esa udsimon, ikki torli cholg‘u chalayapti. Uchinchi musiqachi o‘tirgan holatda tasvirlangan. Uning qo‘lida ham udsimon asbob. To‘rtinchi va beshinchi musiqachilar ham ikki torli cholg‘u chalayaptilar. Bu topilmalar miloddan avvalgi IV-III asrlarga oid.
Bu yodgorlikdan topilgan boshqa bir topilma – sopol parchasidagi bo‘rtma rasmda arfa chalayotgan ayol tasvirlangan. Yana bir bo‘rtma suratda kifara (besh torli musiqa asbob bo‘lib u hozirgi zamon gitaralari va changlariga yaqin turgan) chalayotgan musiqachi tasvirlangan. Bu topilma ham miloddan avvalgi IV-III asrlarga oid.
Xorazm vohasining poytaxt shahri xarobalari bo‘lgan Tuproqqal’a yodgorligidagi saroy xonalaridan biridan musiqachilar ansambli tasvirlangan devoriy suratlar topilgan. Suratda baraban, ud va arfa chalayotgan musiqachilar guruhi tasvirlangan. Bu devoriy suratlar milodiy III - IV asrlarga oid.
O‘lkamizning yana bir musiqa markazlaridan biri – bu Farg‘ona vodiysi. Bu voha ham qadimdan o‘zining musiqa madaniyatiga, o‘ziga xos qadimiy musiqa an’analariga ega bo‘lgan va bu jarayon hanuz davom etmoqda. Bu yerda olib borilgan arxeologik tadqiqotlar davomida qo‘lga kiritilgan topilmalar ham buni isbotlaydilar. Namangan viloyati Pop tumani hududida joylashgan Munchoqtepada topilgan, milodning V-VI asrlariga oid dahmalarning biridan qamish tobutga solib dafn etilgan musiqachining jasadi topilgan. Uni musiqachi deb ta’riflashimizga sabab, tobut ichiga, jasadning yoniga maxsus yasalgan yog‘och g‘ilofga solingan qo‘shnayi va yana bitta surnaysimon musiqa asbobi ham qo‘yilganligidir. Qo‘shnayning puflovchi qismiga ikkita til o‘rnatilgan, cholg‘uning uzunligi 17-18 sm. Bu asbob o‘zining tashqi ko‘rinishi, yasalish texnikasi kabi xususiyatlariga ko‘ra hozirgi zamon qo‘shnaylaridan deyarli farq qilmaydi. Bu holat qo‘shnay yasash texnikasi bundan bir yarim ming yil avval ham mukammal darajada bo‘lganligini, hamisha yangilikka intiluvchi keyingi avlodlar ham uni o‘zgartirishga harakat qilmaganliklaridan bilish mumkin. Cholg‘u asboblaridagi bu o‘xshashlik yana bir oydin haqiqatni ochib beradiki, bizning olis bobolarimizning musiqaga, musiqa ohanglariga bo‘lgan moyilliklari, didlari bizning hozirgi avlodga juda yaqin bo‘lgan. Bu naylardan hozirgi biz tinglaydigan kuylarga hamohang ohanglar taralgan bo‘lsa ham ajab emas. Bu tobutdan topilgan surnaysimon asbobning uzunligi esa 35 sm. Bizningcha, tobutga dafn etilgan mashshoq o‘z zamonida har ikkala puflab chalinadigan cholg‘ularni chalishda juda mohir bo‘lgan.
Farg‘ona vodiysining SHo‘raboshot yodgorligidan ham nayning bir qismi topilgan bo‘lib u miloddan avvalgi IV-II asrlarga oid. O‘rta Osiyoning yana bir tarixiy viloyati Ustrushona hududida ham musiqa tarixiga oid topilmalar qo‘lga kiritilgan. Ustrushonaning markaziy shahri xarobalari bo‘lmish Shahriston yodgorligida ochilgan ilk o‘rta asrlarga oid saroy xonalaridan birining devorida musiqachilar tasvirlangan. Boshqa bir yodgorlik – ilk o‘rta asrlarga oid mahobatli qasr xarobalari bo‘lgan Chilhujradan qamishdan va yong‘oq yog‘ochidan yasalgan ikkita nayning parchalari topilgan.




Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling