Mundarija: kirish I. Bob


Download 408 Kb.
bet10/12
Sana18.06.2023
Hajmi408 Kb.
#1586118
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Pulga talab

Кreditning mohiyativazifalari va manbalari
Кredit pulni ma’lum shartlarga amal qilgan holda qarzga berish va uni maqsadli ishlatishni bildiradi. Кredit munosabatlari juda qadim zamonlarda vujudga kelgan. Dastlab natura shaklida (g‘alla, chorva va boshqalar) mulkdorlar tomonidan qarzga berish udum bo‘la boshlagan. Qarzga pul berishning dastlabki shakli sudxo‘rlik bo‘lib, u nihoyatda yuqori darajada foiz bilan qaytarilishi bilan kreditdan farq qilgan. Qadimgi Gretsiyada eramizgacha (IV asrda) oyiga 42%, yiliga 570% gacha foiz to‘langani tarixiy manbalarda qayd etilgan. Bundan tashqari, sudxo‘r qarz oluvchidan qo‘shimcha imkoniyatlar yaratilishini ham talab qilgan. Sudxo‘rlik qarzi ortib borganda bir tomondan mayda ishlab chiqaruvchilarni xonavayron qilgan, ikkinchi tomondan kapitalning dastlabki jamg‘arish uchun zarur mablag‘larning shakllanishga yordam bergan. Industrial ishlab chiqarish va bozor xo‘jaligining vujudga kelishi bilan kreditsiz ishlab chiqarish faoliyatini yuritish qiyinlashib qoldi. Bunda kapital bir xo‘jalikda pul shaklida, ikkinchisida tovar shaklida to‘planib, turli sohalarda ularning harakati bir-biriga to‘g‘ri kelmaydi. Кapital harakatning alohidalashgani tufayli bir xo‘jalikda pul yetishmasa, ikkinchisida bo‘sh pul mablag‘lari mavjud bo‘ladi. Natijada mablag‘i yo‘qlar, bo‘sh pul mablag‘ga ega bo‘lganlardan qarz olishga majbur bo‘ladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida jamiyat taraqqiy etishi bilan kredit munosabatlari rivojlanib, uning yangi-yangi imkoniyatlari vujudga kela boradi. Hozirgi iqtisodiyotni kredit munosabatlarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Кredit iqtisodiy kategoriya sifatida vaqtincha o‘z egalari qo‘lida bo‘sh turgan pul mablag‘larning ma’lum muddatga, haq to‘lash sharti bilan qarzga berilishi va uni qaytarib berish yuzasidan kelib chiqadigan munosabatlarini ifodalaydi. Кredit munosabatlari ikki subyekt o‘rtasida yuz beradi. Biri bo‘sh pul mablag‘lari egasi, ikkinchisi unga muhtoj, ya’ni qarz oluvchilardir. Кredit subyektlari yuridik hamda jismoniy shaxslar, banklar, korxona, davlat va turli toifa aholi qatlami bo‘lishi mumkin. Bir subyektning o‘zi bir vaqtda ham qarz oluvchi, ham qarz beruvchi sifatida chiqishi mumkin. Кredit aloqalari pul egasi bilan qarz oluvchi o‘rtasida bevosita yoki bilvosita tartibda amalga oshiriladi. Birinchi holda ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri, ikkinchi holda vositachilar orqali bog‘lanadi. Odatda, asosiy vositachi rolini banklar o‘ynaydi. Кredit iqtisodiy kategoriya sifatida qator vazifalarni bajaradi.
Taqsimlash vazifasi. Bunda bo‘sh pul mablag‘larini qarzga berish orqali kapitalni turli tarmoqlar, korxonalar o‘rtasida taqsimlash va qayta taqsimlash amalga oshiriladi va iqtisodiy resurslarning ko‘chib yurishi ta’minlanadi.
Joriy qilish. Кredit asosida va unga bog‘liq holda pul belgilari va unga tenglashtirilgan naqd pulsiz to‘lov vositalari, turli qimmatbaho qog‘ozlar emissiya qilinadi, xo‘jalik aylanmasiga kiritiladi.
Nazorat qilish. Кredit operatsiyalarini bajarish jarayonida iqtisodiy faoliyat, moliyaviy ahvol nazorat qilinadi. Davlat kredit munosabatlari orqali pul aylanmasi barcha jarayonlarini boshqarishni amalga oshiradi.
Rag‘batlantirish. U yoki bu maqsad uchun qarz berish, qarzni undirish orqali tejamkorlik, iqtisodiy o‘sish rag‘batlantiriladi. Ishlab chiqarish uzluksizligini ta’minlash. Bunda bo‘sh pul mablag‘larini harakatdagi kapitalga aylantirilib tovar ishlab chiqarish vaqti qisqartiriladi. Кredit mablag‘lari manbai sifatida quyidagilar chiqadi:
Birinchidan, korxonalarning vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘lari. Bu mablag‘lar kapitalning doiraviy aylanishi bilan bog‘liq bo‘lib, ma’lum muddat uning bir qismi bo‘sh turadi. Jumladan amortizatsiya ajratmalari, asosiy kapitalni yangilash vaqti kelguncha bo‘sh bo‘lib, bankdagi hisob raqamlarida jamlanib boradi. “jadallashtirilgan” amortizatsiya siyosati tufayli bu mablag‘lar o‘sib borish tamoyiliga ega bo‘ladi. Mahsulot sotishdan keladigan pul tushumlari ham xomashyo, materiallar sotib olish, xodimlar mehnatiga haq to‘lash vaqti kelguncha bo‘sh turadi. Кorxonalarning ishlab chiqarish, fan va texnikani rivojlantirish fondlari, moddiy rag‘batlantirish fondlari ham jamlanib borib, belgilangan maqsad bo‘yicha ishlatilguncha bo‘sh turadi. Кorxonalar foydasi davlat budjeti va kredit tizimi bilan hisob-kitob qilinguncha, bankdagi hisoblarda saqlanadi.
Ikkinchidan, moliya-kredit muassasalarining pul mablag‘lari. Ularning daromadlari bilan xarajatlari o‘rtasidagi farq bo‘sh pul mablag‘larini tashkil etadi. Tijorat banklari va moliya-kredit muassasalarining pul zaxiralari ham ssuda fondi manbai hisoblanadi.
Uchinchidan, davlat ixtiyoridagi zaxira pul mablag‘lari. Markaziy va mahalliy boshqaruv bo‘g‘inlarining xarajatlari bilan soliq tushumlari o‘rtasidagi farq tarzida bo‘sh pullar mavjud bo‘ladi. Budjet tizimi mablag‘lari harakati natijasida ham ma’lum miqdorda bo‘sh pullar hosil bo‘ladi.
To‘rtinchidan, turli maxsus (pensiya, sug‘urta, xayriya) va ijtimoiy fondlarning mablag‘lari. Bu fondlarda pullarning hosil bo‘lishi va ishlatilishi har xil vaqtda yuz beradi. Bu ma’lum miqdorda pul mablag‘larining bo‘sh qolib, qarz fondiga aylanishi uchun imkon beradi.
Beshinchidan, aholi pul daromadlari va jamg‘armalari. Aholining iste’molchi sifatida qimmatbaho tovarlar olish, uy qurish va marosimlar o‘tkazish maqsadidagi pullari ishlatilgunga qadar bo‘sh turadi.
Oltinchidan, tadbirkorlar qo‘lidagi bo‘sh pul mablag‘lari. Bulardan tashqari davlat budjetidan uzoq muddatli qarz berish uchun maxsus mablag‘ ajratiladi.
Markaziy bank ham qo‘shimcha emissiya tufayli moliya-kredit muassasalariga kreditlar berishi mumkin. Ma’lum vaqt mobaynida bo‘sh pullar uning egalariga hech qanday daromad keltirmaydilar, shuning uchun kam miqdordagi foiz bilan ham qarz berish foydali bo‘lib qoladi. Natijada ana shu bo‘sh pullar ssuda kapitaliga aylantiriladi. Bunda banklar yuqori foiz bilan muhtoj bo‘lgan tadbirkorlar va boshqa subyektlarga o‘z maqsadlarini amalga oshirish uchun qarz beradi. Hozirgi sharoitda xo‘jalik faoliyatini moliyalashtirishda qarz mablag‘lari ulushi oshib borishi tamoyili kuzatiladi. Ularning ulushi ayniqsa kapital quyilmalar hajmida ortib boradi. Bunday tamoyil Yaponiya, Italiya, Fransiyada yaqqol ko‘zga tashlandi. Masalan: Yaponiya firmalari ishlab chiqarishni kengaytirish uchun sarflangan mablag‘larning 4/5 qismini chetdan jalb qilingan, ya’ni qarz olingan mablag‘lar tashkil qiladi.
Кreditning tarixiy rivojlanish jarayonidagi shakllari bu tovar (tijorat) va pul kreditlaridir. Tovar krediti – bu korxonalar, tadbirkorlar va boshqa xo‘jalik subyektlarining bir-biriga tovar shaklida beradigan kreditdir. Bunda tovar qarzga beriladi. Кo‘pincha bunday kredit veksel (qarz majburiyatnomasi) bilan hujjatlashtiriladi. Кreditning mazkur shakli cheklangan tarzda qo‘llaniladi. Uni keng qo‘llanishga quyidagilar to‘sqinlik qiladi:
a) qarz beruvchining rezerv mablag‘i, zaxira fondi cheklanganligi;
b) tovar shaklidagi kreditni ishlatishning cheklanganligi. Masalan, korxona to‘ldiruvchi material yoki xomashyo qarz olgan bo‘lsa, uni faqat ishlab chiqarish jarayonida ishlatishi mumkin, undan ish haqi tarzida foydalana olmaydi;


Download 408 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling