Mundarija kirish I bob


Download 97.47 Kb.
bet1/4
Sana05.01.2022
Hajmi97.47 Kb.
#229798
  1   2   3   4
Bog'liq
kurs ishi


Farg’ona davlat universiteti Fizika matematika fakulteti FAO’M yo’nalishi 18.12-guruh talabasi Abduboqiyeva Odinaning umumiy fizika kursidan tayyorlagan mustaqil ta’limi

Farg’ona-2020



MUNDARIJA

KIRISH…………………………………………………………………….3

I BOB. ………………....10

1.1. Ish va quvvat.Energiya…………………………………….......10

1.2. Kinetik energiya…………………………………………...…..13

II BOB. Fizika darslarida didaktik o’yinlar o’tkazish metodikasi….......25

2.1Potensial energiya…………………….…….......25

2.2. Potensial energiya va kuch orasidagi bog’lanish…………………………………………………....29

Xulosa…………

KIRISH


Moddiy olamda barcha narsalar harakatda bo’lganligi sababli ular doimiy ravishda o’zaro ta’sirlashadi. Natijada jismlarning mexanik harakati boshqa turdagi harakatga aylanadi.

Masalan, stol ustida turgan jismga kuch ta’sir etsa, jism harakatga keladi, kuch ta’siri to’xtashi bian jism ham mexanik harakatdan to’xtaydi. Biroq jismning harakati sezgir termometr bilan o’lchansa jism isib qolganini sezish mumkin. Bunda jism harakat qilganda jismni tashkil etgan molekulalarning harakat tezligi ortib, molekulalar o’rtasidagi to’qnashishlar soni ham ortadi, natijada jismning ichki energiyasi ortadi va jism harakatiga aylanadi.

Mexanik harakatning o’lchovi orqali aniqlanish bizga ma’lum lekin impuls boshqa turdagi harakatning o’lchovi bo’la olmaydi, chunki mexanik harakat boshqa turdagi harakatga o’tganda jism impulse kamayadi va nolga teng bo’ladi. Energiya ham jism impulse kabi ma’lum kattaliklarga bog’liq bo’ladi.

Bu kattaliklardan asosiysi mexanik ish yoki kuchning ishi hisoblanadi. Shuning uchun hameng avvalo ish tushunchasi bilan tanishamiz.

ISH VA QUVVAT. ENERGIYA

Jismlar bir-biri bilan ta’sirlashishi natijasida harakat bir jismdan ikkinchisiga uzatiladi. O’zaro ta’sir ma’lumki kuch vositasida ro’y beradi, ya;ni kuch ta’sirida jismning mexanikaviy harakati o’zgaradi ammo shuni ham nazarda tutish kerakki, agar jism tinch holatda bo’lsa u holda unga hech qanday kuch ta’sir qilmayapti degan xulosa kelib chiqmaydi: jismga ta’sir etayotgan kuchlar bir-birini muvozanatlaydi. Masalan, stol ustida tinch turgan jismni og’irlik kuchi stolning aks ta’sir kuchi bilan muvozanatda bo’ladi. Boshqa hollarda tashqi kuch ta’siri harakat bilan bog’liq bo’lib, mazkur harakat tufayli jism muayyan vaqt oralig’ida biror masofani bosib o’tadi- tashqi kuch ish bajaradi.

Kundalik hayotimizda qo’llaniladigan ish tushunchasi bilan mexanikaviy harakat bilan bog’liq ish tushunchalari bir-biridan tubdan farq qiladi, bu farq shundan iboratki, mexanikaviy ish harakat bilan bog’liq bo’lib jismlarning bir joydan ikkinchi joyga ko’chishida tashqi kuchning bajargan ishi bilan o’lchanadi. Tajribalar ko’rsatishicha, bajarilgan ish jism bosib o’tgan yo’lga va unga ta’sir etuvchi tashqi kuchga mutanosibdir. Doimiy F kuch ta’sirida jism to’g’ri chiziqli harakat qilib qandaydir s masofani bosib o’tsa, bu kuchning bajargan ishi

A=Fscosa


Bo’ladi; bu yerda a-ta’sir etuvchi kuch yo’nalishi bilan harakat yo’nalishi orasidagi burchak, Fcosa=F-jismga ta’sir etuvchi kuchning harakat yo’nalishiga proyeksiyasi ekanligini nazarda tutib, yuqoridagi formulani quyidagicha yozamiz;

A=Fs


Formuladagi F kuch jismga ta’sir etuvchi barcha tashqi kuchlarning teng ta’sir etuvchisidir. Jismga uning harakatiga qarshilik ko’rsatuvchi ishqalanish kuchi f ham ta’sir etadi va f ning yo’nalishi hamma vaqt F ning yo’nalishiga qarama-qarshidir.

Ish birligi qilib bir birlikka teng kuch ta’sirida jismni birlik masofaga ko’chirishda bajarilgan ish qabul qilingan. Xalqaro birliklar tizimi da ish birligi qilib bir nyuton kuch ta’siridagi yo’nalishda jismni 1 metr masofaga ko’chirishda bajarilgan ish qabul qilinganva bu birlik joul (J) deyiladi.

1J=1N*1m

Misol; massasi 75 kg bo’lgan jismni tik yo’nalishda 1 metr balandlikka ko’tarishda bajarilgan ish og’irlik kuchiga qarshi qo’yilgan kuchning 1 metr masofada bajargan ishidir. Mazkur kuch son jihatdan og’irlik kuchiga teng bo’lib, yo’nalishi bo’yicha unga qarama-qarshidir, ya’ni;

A=mgh=75kg*9.81m\s2*1m=736N*m=736J

SGS tizimida ishning o’lchov birligi – erg. SI va SGS tizimlaridagi ishning o’lchov birliklari orasida quyidagi munosabat mavjud:

1J=1N*1m=1*105dina*1*102sm=107erg.

Amaliy jihatdan bajarilgan ishning qiymatini bilishdan tashqari mazkur ish qancha vaqt oralig’ida bajarilganligini bilish ham muhim ahamiyatga ega.Vaqt birligi davomida bajarilgan ishga quvvat deyiladi. Agar dt vaqt davomida dA ish bajarilsa, quvvat

N=dA \dt

Tarzda ifodalanadi, ya’ni quvvat bajarilgan ishdan vaqt bo’yicha olingan birinchi tartibli hosilaga teng. 2-tenglikni 5-ifodaga qo’yib quyidagiga ega bo’lamiz:


N=dA \dt=d\dt(F,ds)=F*ds\dt=F*v,

ya’ni berilgan F kuch ta’sirida jism kata tezlik bilan harakat qilishi uchun mexanizmning quvvati ham kata bo’lishi kerak.

Quvvat birligi sifatida SI da vat(Vt) qabul qilingan:1vatt-1sekund davomida 1Joul ish bajaradigan qurilmaning yoki mexanizmning quvvatidir:

1Vt =1J\1s

Texnikada ba’zan tizimdan tashqari quvvat birligi – ot kuchi ham qo’llaniladi.Bir ot kuchi -1sekundda 736J ish bajaradigan qurilmaning (mexanizm) quvvatidir. Yuqorida keltirilgan sonli misolni nazarda tutsak,1 o.k.-massasi 75 kg bo’lgan jismni 1sekund davomida 1metr balandlikka ko’taradigan mexanizmning quvvatidir.

Mexanikaviy ish va energiya degan ikki tushuncha o’zaro uzviy bog’liq tushunchalardir.Quyidagi misollar orqali bu uzviy bog’lanish haqida tasavvur hosil qilish mumkin.Manbalardan uzatilayotgan elektr energiyasini iste’mol qilib uyimizdagi sovutgich kir yuvish mashinasi radio va oynaijahonlar ishlaydi. Ma’lumki yonilg’ining yonish jarayonida ajralib chiqqan issiqlik energiyasi hisobiga qishloq xo’jalikmashinalari nakliyot vositalari, kema va sayyoralar harakatga kelib ish bajaradi.. Soatning prujinasini burab muayyan ish bajaramiz, shu ish hisobiga soatda energiya to’planadi; to’plangan energiya esa mexanizmlarning ish bajarishi uchun sarf bo’ladi. Balandlikdan tushayotgan suvning energiyasi bilan GES larning turbinalari harakatga keladi, ya’ni ular ish bajaradi; bajarilgan ish hisobiga esa elektr energiyasi hosil bo’ladi; biz bu yerda suvning mexanikaviy energiyasi bajarilgan ish vositasida elektr energiyasiga aylanayotganini ko’ramiz.

Bajarilgan ish hisobiga energiya hosil qilinadi va aksincha, energiya sarflab ish bajariladi. Bundan ish bajarish qobiliyati energiya demakdir. Energiya yo’qdan bor bo’lmaydiva yo’qolmaydi, u faqat bir turdan boshqa turga o’tadi. Biz quyidagi mexanikaviy energiyaning faqat ikki turi – kinetik va potensial energiyalar bilan tanishamiz. Bajarilgan ish hisobiga energiya hosil bo’lishini va aksincha, energiya sarflab ish bajarilishini nazarda tutsak, ish va energiya bir xil o’lchovda Joullarda o’lchanadi.
KINETIK ENERGIYA

Harakatdagi jismning mexanikaviy energiyasi kinetik energiyadir. Umuman energiya jismning ish bajarish qobiliyati ekanligini nazarda tutsak, kinetic energiyaga quyidagicha ta’rif berish mumkin: kinetik energiya deb harakatlanayotgan jismning ish bajarish qobiliyatiga aytiladi.

Biroq ʋ tezlik bilan harakatlanayotgan jismning kinetik energiyasi qanday ifodalanadi?

Bu ifodani toppish uchun dastlab tinch turgan va massasi m bo’lgan jismga o’zgarmas tashqi F kuch ta’sir etayotgan holni ko’raylik. Mazkur kuch ta’sirida jism harakatga kelib, dt vaqt oralig’ida harakat yo’nalishida ds masofani bosib o’tadi: natijada uning tezligi O dan dʋga qadar oshadi va tashqi kuch jism ustida musbat ish bajaradi. Tashqi kuch dt vaqt davomida jism ustida dA ga teng ish bajarsa, shu vaqt oralig’ida uning kinetic energiyasi O dEk ga oshadi. Boshqacha aytganda tashqi kuchning bajargan ishi jismning kinetik energiyasining orttirmasiga teng:




Download 97.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling