Mundarija: kirish i-bob. Xalqaro savdoning nazariy-uslubiy asoslari


-BOB. O’ZBEKISTONNING XALQARO SAVDO SIYOSATINING HOLATI TAHLILI VA RIVOJLANTIRISH YO’LLARI


Download 0.87 Mb.
bet7/12
Sana19.06.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1611412
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
33 Дилбарой

2-BOB. O’ZBEKISTONNING XALQARO SAVDO SIYOSATINING HOLATI TAHLILI VA RIVOJLANTIRISH YO’LLARI.
2.1. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro savdo siyosatining holati tahlili

Eksportni rag’batlantirish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar va


mahalliylashtirish dasturining izchil amalga oshirilishi natijasida respublikamiz toʻlov balansining, xususan, tashqi savdo balansining barqarorligi saqlab qolindi.
2019 yil yanvar-dekabr oylari yakunlariga ko`ra, respublikada tashqi savdo
aylanmasi 33 815,3 mln.AQSH dollarini tashkil etib, o`tgan yilning shu davriga
nisbatan 27,3 %ga o`sdi. shu jumladan, eksport hajmi 14 257,9 mln. AQSH dollarga (o`sish sur`ati 13,6 %) va import hajmi 19 557,4 mln. AQSH dollariga (o`sish sur`ati 39,6 %) yetdi. Tashqi savdo saldosi minus 5 299,5 mln. AQSH dollarini tashkil qildi.
Mazkur jarayonda mamlakatimiz eksport salohiyatini oshirishga, yuqori sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar bilan jahon bozorlarida mustahkam oʻrin egallashga
qaratilgan chora-tadbirlarni faollashtirish lozim. Chunki tashqi savdo saldosining
manfiy koʻrsatkichga ega boʻlishi milliy iqtisodiyotdan xorijga valyuta oqimining
chiqib ketishiga sabab boʻladi. Bu esa, milliy iqtisodiyot rivoji uchun istiqbolda
salbiy ta’sir koʻrsatishi mumkin.
1-rasm.
2019 yilda O`zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi
(mln.AQSH dollari)2

So`nggi yillarda hukumatimiz tomonidan sanoat tuzilmasini diversifikatsiya
qilishni, eksportni qo`llab-quvvatlash, import o`rnini bosuvchi tovar va mahsulotlarni ishlab chiqarishni yanada oshirilishi natijasida eksport tarkibida sezilarli o`zgarishga erishildi.
2-rasm.
2019 yil yanvar-dekabrida tovar va xizmatlarning oylik eksportimport ko`rsatkichlari dinamikasi3 (mln.AQSH.dollari)

Shu bilan birga ta`kidlab o`tish kerakki, 2019 yilning dekabr oyida eksport


qilingan tovar va xizmatlar, noyabr oyiga nisbatan 1 930,0 mln. AQSH dollarga
ko`proq eksport qilindi, tovar va xizmatlar importi hajmi esa noyabr oyiga nisbatan
392,5 mln. AQSH dollariga ko`proqdir.
2019 yil yanvar-dekabr oylarida respublika tashqi savdo aylanmasida yuqori
ulushga ega davlatlar ketma-ketligi joriy yilning yanvar oyidan buyon deyarli
o`zgarishsiz qolmoqda.
O`zbekistonning tashqi savdo aloqalarini rivojlanishi bozor islohotlarini
amalga oshirish jarayonida mavjud bo`lgan milliy iqtisodiyotning real ehtiyojlari
asosida amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, O`zbekiston jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashtirish, mamlakatni dunyoning bir qator rivojlangan davlatlaridan biri sifatida o`rin egallashga qaratilgan.
2019 yilning yanvar-dekabri yakuni bo`yicha tovarlar eksporti bilan
shug`ullanuvchi korhonalar o`tgan yilning mos davriga nisbatan 446 taga ko`paygan b`lib ular soni 3509 taga yetqazildi.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling