Mundarija: kirish i-bob. Xalqaro savdoning nazariy-uslubiy asoslari


Download 0.87 Mb.
bet1/12
Sana19.06.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1611412
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
33 Дилбарой




MUNDARIJA:


KIRISH ……………………………………………………………………………3
I-BOB. XALQARO SAVDONING NAZARIY-USLUBIY ASOSLARI

    1. Xalqaro savdo va uning o‘zgarish xususiyatlari………………………...…..5

    2. Xalqaro savdoda rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarning tutgan o‘rni………………………………………………………………………………..9

    3. Xalqaro savdo rivojlanishida xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning o‘rni….13

II-BOB. O’ZBEKISTONDA XALQARO SAVDO SIYOSATINING HOLATI TAHLILI VA UNI RIVOJLANTIRISH YO’LLARI
2.1. O’zbekistonning xalqaro savdo siyosatining holati tahlili va prognozi…...21
2.2. O’zbekiston Respublikasining tashqi savdo siyosatining rivojlantirish yo’llari…………………………………………………………………………….27
XULOSA VA TAKLIFLAR…………………………………………………….34
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI……………………….....36
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Hozirgi kunda davlatlar o‘rtasidagi xalqaro savdoning rivojlanishi, ishlab chiqarish integratsiyalashuvining kengayishi va takomillashuvi tashqi iqtisodiy faoliyatning yanada erkinlashuviga sabab bo‘lmoqda. Aynan samarali tashqi iqtisodiy siyosatni ishlab chiqib uni hayotga tadbiq qilish mamlakatimiz oldida turgan, hal qilinishi lozim bo’lgan eng ustuvor vazifalar hisoblanadi. Mavjud savdo siyosatini har tomonlama tahlil qilish, uning iqtisodiyotimiz uchun qay darajada mosligini tekshirish, tashqi faoliyatimizga to’siq bo’layotgan muammo va kamchiliklarni topish hamda ularni bartaraf qilish usullarini o’ylab topish zaruratidir. Bugungi bozor islohotlari munosabatlarining yangi strategiyasi asosiy yo‘nalishlaridan biri — tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solishni muvofiqlashtirish hisoblanadi. Bu munosabatlar bozor munosabatlari shakllanishi sharoitida siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar samarasi, mamlakat ichki va tashqi iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan jihatlarni, shu jumladan, tashqi iqtisodiy muvozanatni ta’minlash, eksport va import munosabatlarda ilg‘or siljishlarni rag‘batlantirish, xorijiy kapital oqimini kuchaytirishga yo‘naltirilgan vakolatli davlat tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan qonunchilik, ijroiya va nazorat qilish yo‘nalishidagi chora-tadbirlar tizimini yaratishni o‘z ichiga oladi. Tashqi iqtisodiy faoliyatni oqilona tartibga solish davlat iqtisodiy rivojlanish strategiyasining muhim tarkibiy qismi sanaladi. Bu esa o’z navbatida, mamlakatning o’ziga xos ichki va tashqi sharoitlarini inobatga olgan holda, jahon bozorining salbiy o’zgarishlaridan himoya qiluvchi, unda egallangan mavqeni saqlab qolish va kengaytirishni ta’minlovchi maqbul darajadagi protektsionizm va erkin savdo siyosati qo’llanilishini taqozo etadi. O’tish davri iqtisodiyotini boshidan kechirayotgan mamlakat tashqi iqtisodiy aloqalarini kengaytirish uchun o’zini erkin bozor girdobiga tashlab qo’ya olmaydi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida, bozor munosabatlarining asosiy tamoyillari amalda bo’lishi davlat tomonidan, mamlakat iqtisodiy havfsizligini ta’minlash va umummilliy manfaatlami himoya qilish, tashqi iqtisodiy faoliyat (TIF)ni tartibga solish maqsadida amalga oshiriladi. TIFni tartibga solish bo’yicha davlat organlarining faoliyati deyarli barcha mamlakatlarda amalga oshiriladi. Lekin bu faoliyatning ko’lami, shakllari va usullari, aniq maqsad va vazifalari har bir mamlakatning hududiy jihatdan katta-kichikligidan, jahon xo’jaligida tutgan o’rni, tashqi va ichki siyosatidan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling