Mundarija: kirish i-bob. Xalqaro savdoning nazariy-uslubiy asoslari


Janubiy Amerika umumiy bozori (MERKOSUR)


Download 0.87 Mb.
bet6/12
Sana19.06.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1611412
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
33 Дилбарой

Janubiy Amerika umumiy bozori (MERKOSUR) - Braziliya, Argentina, Paragvay, Urugvay.

  • Janubiy Afrika Taraqqiyot qo‘mitasi (SADS) – Angola, Botsvana, Lesoto, Malavi, Mozambik, Mavrikiy, Namibiya, JAR, Svazilend, Tanzaniya, Zimbabve.

  • G‘arbiy Afrika iqtisodiy va valyuta Ittifoqi – Kot d`Ivuar, Burkina-Faso, Nigeriya, Togo, Senegal, Benin, Mali.

  • Janubiy Osiyo hududiy hamkorlik assotsiatsiyasi – Hindiston, Pokiston, Shri-Lanka, Bangladesh, Maldiv orollari, Butan, Nepal.

  • And pakti davlatlari – Venesuyela, Kolumbiya, Ekvador, Peru, Boliviya.

    Bunday bloklarning tuzilishiga siyosiy, iqtisodiy va tarixiy xarakterga ega bo‘lgan ob’ektiv jaryonlar sabab bo‘lgan edi. Bir tomondan, bunday jarayonlarning kuchayishi xalqaro savdoni kuchaytirsa (iqtisodiy zona, blok va iqtisodiy hududlar miqyosida), boshqa tarafdan esa har qanday yopiq tuzilma ba’zi bir to‘siqlarni vujudga keltiradi. Savdo-iqtisodiy guruhlarning o‘zaro aloqalari natijasida global savdo bozori yo‘lida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan ko‘plab to‘siq va qarama- qarshiliklar mavjud.
    Xalqaro savdoni boshqarish, uning taraqqiyotiga bo‘lgan to‘siqlarni bartaraf qilish va erkinlashtirishda xalqaro iqtisodiy tashkilotlar muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday tashkilotlar orasida Tariflar va savdo bosh bitimi (GATT) markaziy o‘rinni egallaydi. 1947 yilda 23 mamlakat tarafidan GATT tashkilotini tuzish haqida kelishuv imzolandi va u 1948 yilda kuchga kirdi. 1995 yilning 31 dekabrida GATT o‘z faoliyatini tugatdi va uning o‘rniga Jahon savdo tashkiloti (JST) barpo qilindi.
    GATT – bu ko‘p tomonlama xalqaro kelishuv bo‘lib, u a’zo mamlakatlarning o‘zaro savdosiga aloqador ko‘pgina tamoyillar va huquqiy me’yorlarni, shuningdek, savdo va davlat boshqaruviga oid qoidalarni o‘z ichiga oladi. Jahon iqtisodiyotida GATT eng yirik xalqaro iqtisodiy tashkilotlardan biri bo‘lgan va uning faoliyat doirasi dunyo savdosining 94-95 % ini qamrab olgan.
    GATTning huquqiy mexanizmi bir qator qonun-qoidalarga asoslangan:

    • savdoda huquqiy buzilishni oldini olish uchun, birinchidan, eksport, import va tranzit operatsiyalarni, ular bilan bog‘liq bo‘lgan boj va to‘lovlar borasida eng qulay shart-sharoit yaratish, ikkinchidan, import va milliy tovarlar uchun ichki soliq va to‘lovlar borasida, shuningdek, ichki savdoni boshqaruvchi qonun- qoidalar borasida teng huquqlilikni ta’minlaydigan milliy tartiblarni yaratish;

    • eng qulay rejim (EQR), ya’ni kelishuvga kirishayotgan taraflar orasida ular tarafidan uchinchi davlatlarga berilayotgan (yoki beriladigan) barcha imtiyoz va ustunliklardan foydalanish huquqini yaratish. Bu qoida tovarlarning olib kirilishi va olib chiqilishi, boj to‘lovlari, ishlab chiqarish, dengizchilik, yuridik va jismoniy shaxslarning huquqiy holatiga tegishlidir;

    • milliy bozorni himoya qilishda ko‘proq tarifli vositalardan foydalanish, import va boshqa notarif cheklashlardan voz kechish;

    • ko‘p tomonlama muzokaralar olib borish yo‘li bilan boj tariflarini pasaytirish;

    • rivojlanayotgan mamlakatlar bilan savdoda preferensial (imtiyoz berish) tizimni o‘rnatish;

    • savdo borasida paydo bo‘lgan kelishmovchiliklarni muzokaralar yo‘li bilan hal qilish;

    • bir-biriga savdo-siyosiy yon bosishda hamkorlik qilish.

    GATTning faoliyati raundlarga birlashgan ko‘p tomonlama muzokaralar yo‘li bilan olib borilgan. GATT o‘z faoliyatini boshlaganidan beri 8 raund o‘tkazilgan bo‘lib, buning natijasida o‘rtacha boj miqdori o‘n barobar kamaygan.
    1996 yilning yanvarida GATTning o‘rnini Jahon savdo tashkiloti (JST) egalladi. Uni 81 ta mamlakat ta’sis etdi. JSTni tashkil topishiga 7 yillik “Urugvay raundi” muzokaralari sabab bo‘ldi.
    JSTning GATTdan farqi nafaqat a’zo mamlakatlar sonida (1994 yil yakunida GATTda – 128ta, JSTda esa 2003 yilda – 154 ta), balki JST nizomida qo‘llanilishi ko‘rsatilgan tijorat faoliyati va savdo siyosatini keng qamrab olganligida ko‘rinadi. GATT faqat tovarlar savdosi masalalari bilan shug‘ullangan bo‘lsa, JST xizmatlar savdosi hamda intellektual mulk huquqi savdosini ham qamrab oladi.
    Savdoning eng yirik sohasi bo‘lgan tovar va xizmatlar savdosini qamrab oluvchi bitimlar uch qismdan iborat. Ular umumiy rejaga asoslangan, lekin tafsilotlar bo‘yicha farqlanadilar:

    • ular uchta keng ko‘lamli asosdan boshlanadi: Savdo va tariflar bo‘yicha bosh bitim (GATT), Xizmatlar savdosi bo‘yicha bosh bitim (GATS) va Intellektual mulk savdosi bo‘yicha bosh bitim (TRIPS);

    • ma’lum sohalar yoki masalalar bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha bitimlar va ilovalar;

    • yakuniy qismda mamlakatlarning o‘z bozorlariga ma’lum xorijiy mahsulotlarni yoki xizmatlarni kira olishini ta’minlovchi majburiyatlar jadvali berilgan. GATTga nisbatan ular tovarlar tarifi bo‘yicha chegaralangan majburiyatlar shaklini va ba’zi bir qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga nisbatan turli kombinatsiyadagi tariflar va kvotalar shaklini oladi. GATS doirasida majburiyatlar xorijiy xizmat ko‘rsatuvchilarga bozorga qay darajada kira olishlariga ijozat berilishi ko‘rsatilgan.

    Xizmatlar savdosi bo‘yicha bosh bitim (GATS) xalqaro xizmatlar savdosini qamrab oluvchi ko‘p tomonlama qoidalar paketidir. Bu soha bo‘yicha muzokaralar Urugvay raundida bo‘lib o‘tdi. GATT kabi GATS ham uch qismdan iborat: umumiy tamoyillar va majburiyatlarni o‘z ichiga olgan asosiy matn; ayrim sohalar bilan bog‘liq ilova; ayrim mamlakatlarning o‘z bozorlariga kira olishni ta’minlashlari borasidagi maxsus majburiyatlari.
    Intellektual mulk huquqlari savdosi bo‘yicha JST bitimi – TRIPS bu huquqlarni butun jahon bo‘ylab himoya qilish va ularni yagona xalqaro qoidalarga birlashtirishga urinish hisoblanadi. Bahslar tug‘ilganda JSTning bahslarni hal qilish tizimidan foydalanish mumkin.
    Hozirgi vaqtda ushbu tashkilotga 150 dan ortiq mamlakat, shu jumladan, MDH mamlakatlari – Qirg‘iziston, Armaniston, Ozarbayjon, Gruziya va Moldova davlatlari a’zo bo‘lib kirgan. O‘zbekiston Respublikasi 1994 yildan beri JSTda kuzatuvchi sifatida ishtirok etib kelmoqda. Hozirgi kunda JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralar jarayoni davom etmoqda.
    Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida liberallashuv jarayonlari mutloq ko‘pchilik davlatlar uchun savdo samaradorligini kengaytirish va oshirishning eng muhim sharti bo‘lib hisoblanadi. Xususan, XVF baholashiga ko‘ra, agar rivojlangan mamlakatlar savdo to‘siqlarini minimal darajagacha pasaytirishsa, ular bilan rivojlanayotgan mamlakatlar o‘rtasidagi savdo 14 %ga oshadi. Barcha davlatlarda savdo va kapital harakatining to‘liq erkinlashtirilishi rivojlangan mamlakatlar o‘rtasidagi savdoning 40 %ga, rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar o‘rtasidagi savdoning 63 %ga, rivojlanayotgan mamlakatlar o‘rtasidagi savdoning 94 %ga kengayishiga olib kelgan bo‘lar edi105.
    Tahlillarning ko‘rsatishicha, savdoning erkinlashtirilishi eksportyor va importyorlar uchun hatto an’anaviy eng sezgir tarmoqlarda ham foydalidir. Kembrij universitetida o‘tkazilgan tadqiqotlarda qishloq xo‘jalik mahsulotlariga tariflar va subsidiyalarning bir daqiqalik bekor qilinishi rivojlangan mamlakatlar uchun YaIMning 0,43 %i (taxminan 100 mlrd.doll.) va rivojlanayotgan mamlakatlar uchun YaIMning 0,51 %i (30 mlrd. dollardan ortiq) darajasida iqtisodiy samara keltirishi aniqlangan.
    Xalqaro savdoning ko‘p tomonlama erkinlashtirilishining jahon xo‘jaligi tizimida resurslardan yanada to‘g‘ri va samarali foydalanish evaziga keltiradigan iqtisodiy samara bilan birga, ayrim mamlakatlar uchun, ayniqsa, o‘zgargan raqobat sharoitlariga moslashuvning ilk bosqichida vaqtinchalik zarar keltirishi ham mumkin. Har qanday vaziyatda savdo erkinlashtirilishidan olinadigan samaralar ishtirokchi mamlakatlar uchun bir xil bo‘lmaydi, chunki ba’zi davlatlar raqobatbardosh milliy ishlab chiqarishga va jahon bozorlarida mustahkam o‘rinlarga egaligi sababli ko‘proq foyda oladi.
    So‘nggi yillarda ko‘pgina davlatlarning ixtisoslashuvi mintaqaviy integratsiyalashuv va o‘zaro savdoning erkinlashtirilishi jarayonlarining kuchli va ba’zan hal qiluvchi ta’siri natijasida shakllandi. Mintaqaviy savdo kelishuvlari a’zo mamlakatlar bozoriga imtiyozli kirish, JSTdagi kamsitishlarsiz kirishni ta’minlovchi a’zolikdan farqli ravishda, nafaqat boshqa mamlakatlardan mol yetkazib beruvchilar bilan teng raqobat sharoitlarini, balki eng asosiysi, jiddiy afzalliklarga (bojlarni kamaytirilishi yoki bekor qilinishi, notarif va boshqa to‘siqlarning cheklanishi yoki olib tashlanishi kabi) ega bo‘lishini bildiradi. Bundan tashqari, eng ilg‘or iqtisodiy birlashmalarda integratsion jarayonlar tovar ayirboshlash bilan cheklanmasdan, xizmatlar savdosi, kapital va fuqarolar harakatlanishini ham qamrab oladi. Bu esa qo‘shimcha samara keltiradi. Umuman hozirgi kunda xalqaro savdoning yarmidan ortig‘i imtiyozli asosda amalga oshirilmoqda.
    Integratsion jarayonlar hozirgi vaqtda keng qamrovli, universal xarakter kasb etdi. JSTning 152 ta a’zosidan faqat Yaponiya va Mongoliya hech bir mintaqaviy savdo kelishuvida ishtirok etmaydi. Barcha mintaqaviy savdo kelishuvlarining deyarli 90 % erkin savdo hududi (ESH), qolgan qismi yagona tashqi savdo siyosati o‘tkazuvchi bojxona ittifoqi shaklida qayd etilgan.

    1. asr boshida jahonda quyidagi eng asosiy mintaqaviy savdo kelishuvlari va integratsion tashabbuslar namoyon bo‘lmoqda:

    • Kanada Chili va Kosta-Rika bilan erkin savdo hududi haqida shartnomalar tuzgan;

    • Janubiy Amerika Umumiy bozori (MERKOSUR), Salvador, Gvatemala, Gonduras, Nikaragua, Singapur bilan muzokaralar olib bormoqda. Karib umumiy bozori (KARISOM, 15 mamlakat) bilan erkin savdo hududi tashkil qilish masalasi o‘rganilmoqda;

    • AQSh Iordaniya bilan erkin savdo hududi haqida shartnoma tuzgan, Chili, Koreya Respublikasi, Singapur va Turkiya bilan muzokaralar olib bormoqda. Avstraliya bilan kelishuvni imzolash imkoniyati o‘rganilmoqda;

    • Meksika Chili, Salvador, Gonduras, Gvatemala, EAST va Isroil bilan erkin savdo hududi haqida shartnomalar tuzgan. MERKOSUR, Ekvador, Peru, Urugvay, Singapur, Yaponiya, Koreya Respublikasi bilan erkin savdo hududi tuzish haqida muzokaralar olib bormoqda;

    • Karib hamjamiyati va Karib umumiy bozori (KARISOM) Dominik Respublikasi va Kuba bilan erkin savdo hududini tashkil etish haqida shartnoma tuzgan;

    • Markaziy Amerika umumiy bozori (MAUB, 5 mamlakat) Chili bilan erkin savdo hududi haqida, And hamjamiyati (5 mamlakat) – Braziliya bilan, MERKOSUR - Panama bilan erkin savdo hududi tashkil etish haqida muzokaralar olib bormoqda;

    • Yevropa Ittifoqi (27 mamlakat) JAR, Chili va Meksika bilan erkin savdo hududi haqida shartnoma imzolagan. YeI – MERKOSUR, YeI – Fors ko‘rfazi mamlakatlari hamkorlik kengashi doirasida bloklararo erkin savdo hududi haqida muzokaralar olib borilmoqda;

    • Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari assotsiatsiyasiga (ASEAN) a’zo- mamlakatlar 2005 yilda tariflar erkinlashtirilishini tugatish va erkin savdo hududi tuzish haqida qaror qabul qildilar;

    • Koreya Respublikasi Chili, Meksika, Tailand, Yangi Zelandiya bilan erkin savdo hududini tashkil etish haqida muzokaralar olib bormoqda. Singapur Yangi Zelandiya bilan erkin savdo hududi haqida shartnoma tuzgan, Avstraliya va EAST mamlakatlari bilan muzokaralar olib bormoqda. Tailand Avstraliya, Xorvatiya,

    Chexiya bilan erkin savdo hududi tuzish imkoniyatlarini o‘rganmoqda. Xitoy ASEAN bilan erkin savdo hududi haqida muzokaralar olib bormoqda;

    • Afrika qit’asida 5 yetakchi iqtisodiy birlashma erkin savdo hududi va bojxona ittifoqini shakllantirishni yakunlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda;

    • Fors ko‘rfazi mamlakatlarining hamkorlik kengashi (6 mamlakat) 1999 yil noyabrda 2005 yilda yagona tashqi tariflarni o‘rnatish haqida qaror qabul qildi. Arab mamlakatlari ligasi (14 mamlakat) 2007 yilda umumiy bozorni shakllantirish maqsadini o‘z oldiga qo‘ydi.

    Quyidagi asosiy belgili va tendensiyalar zamonaviy integratsion jarayonlar uchun xos:

    • ikki tomonlama mintaqaviy savdo kelishuvlar sonining tez ko‘payishi va geografik tarkibining kengayishi;

    • ilg‘or mintaqaviy savdo kelishuvlari integratsiyaning yanada yuqori darajalar tomon rivojlanishi;

    • mamlakatlarning bir vaqtning o‘zida turli darajali integratsiya modellarida ishtirok etishi;

    • mintaqaviy integratsion mamlakatlarni shakllantirish va ular atrofida keng doiradagi mamlakatlarning birlashishi;

    • bloklararo mintaqaviy savdo kelishuvlarining paydo bo‘lishi.

    Bularning barchasi mintaqaviy savdo kelishuvlarining xalqaro mehnat taqsimotini rivojlantirishning asosiy iqtisodiy-huquqiy vositasi sifatidagi ahamiyatini oshiradi.

    Download 0.87 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling