Mundarija kirish I. Bob. Yangi o‘zbekiston strategiyasida xalqparvar davlat tushunchasini amalga oshirishning fenomeni
Download 149.33 Kb.
|
2 5197710013631574010
- Bu sahifa navigatsiya:
- II.BOB. YANGI O‘ZBEKISTON UCHINCHI RENESSANSNI RIVOJLANTIRISH YANGILANISH VA TARAQQIYOT OMILI 42
- Xulosa 62 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 63 KIRISH Mavzuning dolzarbligi
MUNDARIJA KIRISH…………………………………………………………………………….3 I .BOB. YANGI O‘ZBEKISTON STRATEGIYASIDA XALQPARVAR DAVLAT TUSHUNCHASINI AMALGA OSHIRISHNING FENOMENI. 1.1 Yangi O‘zbekiston strategiyasida xalqparvar milliy g‘oya yetakchisi...........11 1.2. Adolatli davlat tushunchasining o‘ziga xos fenomening milliy asoslari......211 1.3 Uchinchi renessans Yangilanayotgan o‘zbekiston taraqqiyotini rivojlanishi omili 28 II.BOB. YANGI O‘ZBEKISTON UCHINCHI RENESSANSNI RIVOJLANTIRISH YANGILANISH VA TARAQQIYOT OMILI 42 2.1 Yangilanayotgan O‘zbekistonda fan va ta’lim rivoji taraqqiyot strategiyasida …………………………………………………………………………………...42 2.2. Insonparvar adolatli davlatda kuchli ijtimoiy siyosat: mohiyat va imkoniyatlar 50 2.3. Inson ma’naviy kamolotida milliy g‘oya va mafkuraning o‘rni 57 Xulosa 62 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 63 KIRISHMavzuning dolzarbligi: Hozirgi kunda, jahon hamjamiyatida bo‘layotgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy jarayonlariga nazar soladigan bo‘lsak, dunyoning qaysidir mintaqasida ilm-fan taraqqiy etishi natijasida ushbu mintaqadagi mamlakatlarni rivojlanib borayotganligini ko‘radigan bo‘lsak, qaysidir mintaqasida esa qurg‘oqchilik natijasida og‘ir ocharchilik holatlarini ko‘rishimiz mumkin, qaysidir mintaqasida esa milliy, diniy, irqiy, etnik ziddiyatlar natijasida insoniyat qo‘liga qurol olib, bir-birlarini qirishayotganligini ko‘rish mumkin. Manashunday taxlika va ziddiyatli bir davirda dunyo davlatlari bilan tinch va osuda yashab ular bilan axil va inoqlikda hayot kechirishning o‘zi ham O‘zbekiston davlati va jamiyati oldida turgan dolzarb vazifaga aylanib qolmoqda. “Dunyoda hech qachon bir xil tong otgan emas”. Mazkur ibora paydo bo‘lganidan buyon ming yillar o‘tdi. Bu-butun koinot, tabiat va bashariyat doimiy o‘zgarishda, yangilanishda, deganidir. Darhaqiqat, insoniyat ham ana shu azaliy qonuniyat asosida yashaydi va hayot kechiradi. Har qanday yangilanishning mazmun-mohiyati, namoyon bo‘lish xususiyati shunday. Davrlar o‘taveradi, zamonlar almashaveradi. Bu yorug‘ olamga kelgan har bir odamzod avlodi turli o‘zgarish va yangilanishlar sari boraveradi. Butun insoniyat kabi jahondagi har bir xalq va millat ham o‘zining taraqqiyot tongiga qarab intiladi. Tabiatning buyuk hodisasi bo‘lgan quyoshning har erta saharda olamga yuz ko‘rsatishi qanchalik go‘zal va jozibali bo‘lsa, dunyodagi xalqlar va davlatlar rivojida yangi tonglarning boshlanishi ham shu qadar fayzli va tarovatlidir. Ayni shu nuqtayi nazardan qaraganda, xalqlar tarixida o‘ziga xos tub yangilanish davrlari borki, bunday zamonlarda muayyan millat daxosi, uning o‘z salohiyatini namoyon etishga intilishi, yaratuvchanlik faoliyati eng yuksak cho‘qqilarga ko‘tariladi. Nisbatan qisqa davrda erishilgan ulug‘ marralar jahon ahlini lol qoldiradi. “Ayni bir xalq salohiyatining ulkan natijasi bo‘lgan olamshumul yutuqlar esa, insoniyat tarixining yorqin sahifalariga aylanadi, dunyo sivilizatsiyasi taraqqiyotiga katta kuch va shiddat beradi”1. Yer yuzidagi ba’zi xalqlargagina nasib etadigan bunday yuksak ko‘tarilish va taraqqiyot zamonlarining o‘ziga xos Uyg‘onish, ya’ni Renessans davri, deb atalishining sababi ana shunda. Bu davrlarning odamlarni bir maqsad yo‘lida birlashtiradigan va safarbar etadigan qudratli g‘oyasi, taraqqiyot tamoyillari borligi ham ayni haqiqat. Bugun ham xuddi shunday, dunyo maydonida va o‘z azmu qarorida qoyim turmoq, maqsadga erishmoq uchun mutassil oldinga intilish, hayot va tafakkur tarzini isloh qilish, yangilanish tamon sobitqadamlik bilan borish lozim. Hozirgi kunda bizning xalqimiz hayotida ham yangi tong otmoqda. Bu yangi taraqqiyot, yuksalish tongidir. El-yurtimiz dunyodagi eng rivojlangan davlatlarga xos hayot darajasiga erishish, yangi jamiyat qurishdek ulug‘vor maqsadlar bilan yashamoqda. Mamlakatimizning zamonaviy va jozibador qiyofasini yaratish, “Yangi O‘zbekiston”ni barpo etish vatandoshlarimizning asosiy maqsad-muddaosiga aylandi. Bu borada bir fikrni alohida aytib o‘tishimiz kerakki, keying yillarda hayotimizning barcha sohalarida keng qamrovli islohot va tub o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda va muhim ijobiy natijalarga erishilmoqda. Ayni paytda doimo harakatdagi va uzoq manzillarni ko‘zlab yashaydigan xalq sifatida biz erishilgan yutuqlar bilan kifoyalanib qol masligimiz, xotirjamlikka berilmasligimiz lozim. Bu yo‘lda ko‘zlagan marralarimizga yetish va yangi jamiyatning mustahkam poydevorini yaratish, O‘zbekiston shuhratini olamga yoyish bilan bog‘liq dolzarb vazifalarimiz borligini yaxshi anglaymiz. Vatanimizning taraqqiyot ufqida bo‘y ko‘rsatayotgan yangi tong, yangi kun barchamizni belimizni mahkam bog‘lab, tarixning o‘zi yaratayotgan bu buyuk imkoniyatni qadrlab, yanada dadil olg‘a borishga undamoqda. O‘zining uch ming yildan ziyod qadimiy va boy tarixi davomida doimo marrani baland olib, turli qiyinchilik va sinovlarni mardona yengib yashashga o‘rgangan, katta hayot va kurash tajribasiga, siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy hamda ma'naviy-ma'rifiy salohiyatga ega bo‘lgan xalq sifatida bugun oldimizda qanday ulug‘ maqsadlar turganini biz albatta yaxshi anglaymiz. Ularga yetish oson emasligi, bu borada fidokorona mehnat, ilm va yana bir bor ilmga, o‘z ota-bobolarimiz hamda jahon tajribasiga tayanish, serqirra faoliyatimizni tizimli va puxta tashkil etib, samaradorlikka erishish faqat ana shunday yo‘l islohotlarimizning pirovard natijasini belgilab berishini ham aniq tasavvur etamiz. Shu ma'noda, bugun jonajon O‘zbekistonimiz ulkan o‘zgarishlar chorrahasida turgan hal qiluvchi pallada oldimizda dolzarb vazifalar bilan birga, o‘z javobini kutayotgan o‘tkir savollar tug‘ilganligi ham tabiiydir: Ya'na yaqin va o‘rta istiqbolda “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi” qanday hayotga tadbiq etiladi? Ushbu strategiyaning bugungi zamon talablariga javob beradigan ijtimoiy shakl-shamoyili qanday? U o‘ziga qanday taktik vazifalar, yondashuv va harakat usullarini qamrab olgan? Unda nazariya va amaliyot, shakl va mazmun birligi, imkoniyat va amaliy natijalar uyg‘unligi qay tarzda o‘z ifodasini topgan? Kelgusidagi faoliyatimizni belgilaydigan aynan qaysi taraqqiyot tamoyillari va vazifalar eng ustuvor va dolzarb hisoblanadi? Taraqqiyot strategiyasida jamiyat hayotining barcha jabha va yo‘nalishlarini to‘la-to‘kis aks ettirish uchun asosiy e'tiborni nimalarga qaratishimiz darkor? Keyingi yillarda qabul qilingan konsepsiya va harakat dasturlarida belgilangan ma'naviy-ma'rifiy sohadagi islohotlarning samarasini kuchaytirish uchun qanday chora-tadbirlarni amalga oshirish talab etiladi? Ko‘p millatli xalqimizning tinch, erkin va farovon hayotini ta'minlash bilan bog‘liq bunday murakkab va muhim savollar meni ko‘pdan buyon o‘ylantirib keladi. Negaki, ushbu vazifalar bizning nafaqat bugungi kunimiz, balki kelajagimizni ham belgilaydi, olib borayotgan islohot va yangilanish jarayonlariga ijtimoiy ma'nomazmun bag‘ishlaydi. Albatta, kun tartibiga qo‘yilayotgan bu savollarning javoblari oddiy va jo‘n emas. Ularda bugungi kunimizning mohiyati va maqsad-muddaolarini belgilaydigan, keskin va shafqatsiz muammolarini hal etish yo‘lida butun kuch-g‘ayratimiz, aql-zakovatimizni safarbar etishga undaydigan jarayon va o‘zgarishlar, biz yashayotgan davrning murakkab muammo va tahdidlari o‘z ifodasini topgani shubhasiz. O‘zbekiston taraqqiyotining hozirgi yangi bosqichi ana shu jihatlarning barchasini chuqur idrok etib, bu boradagi yondashuv va sa'y-harakatlarni tubdan o‘zgartirishni talab qilmoqda. Xalqimiz hayotining barcha sohalari qatori fuqarolarimizning ongi va dunyoqarashida jiddiy o‘zgarishlar bo‘lishini taqozo etmoqda. Biz milliy taraqqiyotimizni yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlarni boshlagan dastlabki davr - 2017-yil 19-sentabrda Birlash gan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida “Mamlakatimiz va xalqimiz hayotini tubdan yangilash, jamiyatimizning yangi, demokratik qiyofasini yaratishga qaratilgan islohotlarimiz xususida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ma’ruzasidan so‘ng xalqimizda bu haqda ko‘plab savollar tug‘ila boshladi. Ularning orasida "Yangi O‘zbekiston" tushunchasi nimani anglatadi?, Taraqqiyotning yangi bosqichi qanday xususiyatlarga ega?, "Jamiyatning yangi qiyofasi" deganda nimalar nazarda tutilmoqda?, kabi savollar alohida e'tiborni jalb qiladi. Bugungi kunga kelib esa, "Uchinchi Renessans poydevorini yaratish g‘oyasi qanday maqsad-muddaolarni ifoda etadi?" degan savol ham ko‘pchilikni qiziqtirmoqda. Mamlakatimizda kechayotgan keng ko‘lamli yangilanish jarayonlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan bunday dolzarb masalalar va ularning yechimiga doir vazifalarni to‘g‘ri anglash nihoyatda muhim ahamiyatga ega. Yangi, demokratik jamiyatni barpo etish, kelajak poydevorini qurish, hech shubhasiz, har birimizdan qat'iyatli va omilkor bo‘lishni, yangicha fikr yuritish, yangicha ishlashni talab etmoqda. Qadimgi yunon faylasufi Suqrotning "O‘zgalarni o‘zgartirmoqchi bo‘lgan inson, avvalo, o‘zini o‘zgartirishi lozim. Buning uchun esa, aniq maqsad, tolmas iroda va doimiy izlanish kerak", degan hikmatli iborasi bu borada hammamiz uchun asosiy mezon bo‘lishi zarur. Download 149.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling