Mundarija kirish I bob. Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalovchi xalq og‘zaki ijodi durdonalarining tahlili


Download 128.83 Kb.
bet2/17
Sana20.06.2023
Hajmi128.83 Kb.
#1627990
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
2. Dissertatsiya Apparat qismi

Birinchidan, globallashuv jarayonining о‘ziga xos jihati shundan iboratki, hozirgi sharoitda u mafkuraviy ta’sir о‘tkazishning nihoyatda о‘tkir quroliga aylanib, har xil siyosiy kuchlar va markazlarning manfaatlariga xizmat qilayotganini sog‘lom fikrlaydigan har qanday odam, albatta, kuzatishi muqarrar.
Ikkinchidan, globallashuv sharoitida ma’naviyatga qaratilgan tahdidlar kо‘lami nihoyatda kuchaymoqda. “Ommaviy madaniyat” hodisasi niqobi ostida ular yomg‘irdan keyingi qо‘ziqoringa о‘xshab tobora kо‘paymoqda.
Uchinchidan, axborot asri deb atalmish hozirgi davrda yoshlar ma’naviyatini turli mazmundagi ma’naviy tahdidlardan taqiqlar bilan himoyalab bо‘lmaydi.
Tо‘rtinchidan, globallashuv ayni damda ta’limning globallashuviga olib kelmoqda. Bu esa milliy ta’lim tizimi jarayonining о‘ziga xosliklarini asrashga jiddiy e’tibor qaratishni talab etmoqda.
Beshinchidan, globallashuv sharoitida milliy ma’naviy havfsizlikni ta’minlash omillarini tahlil etish har qachongidan muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu masalaning obyekti sifatida milliy ong, milliy о‘zlikni anglash, milliy-ma’naviy merosga hurmat ruhini kuchaytirish, vatanparvarlik tuyg‘ularini nazarda tutish mumkin.
Ushbu tarixiy haqiqatni anglamaydigan yoki anglashni istamaydigan chet eldagi ba’zi siyosatchi va arboblar nafaqat siyosat yoki iqtisodiyot, balki ma’naviyat bobida ham bizga aql о‘rgatishga, azaliy hayot tarzimiz, ruhiy dunyomizga yot bо‘lgan qarashlarni majburan joriy etishga urinmoqda.
Bunday kuchlarning g‘arazli munosabati, uning tagida yotgan manfaatlari, bu manfaatlarini amalga oshirish uchun har xil usul va vositalar bilan zо‘r berib urinayotgani barchamizni tashvishlantirmasdan qolmaydi. Bu masalaga alohida tо‘xtalar ekan Yurtboshimiz shunday yozadi: «Nega deganda, insoniyatning kо‘p ming yillik tajribasi shundan dalolat beradiki, dunyodagi zо‘ravon va tajovuzkor kuchlar qaysi bir xalq yoki mamlakatni о‘ziga tobe qilib, bо‘ysundirmoqchi, uning boyliklarini egallamoqchi bо‘lsa, avvalambor, uni qurolsizlantirishga, ya’ni eng buyuk boyligi bо‘lmish milliy qadriyatlari, tarixi va ma’naviyatidan judo qilishga urinadi»2. Binobarin, ma’naviyatga qarshi qaratilgan har qanday tahdid о‘z-о‘zidan mamlakat xavfsizligini, uning milliy manfaatlarini, sog‘lom avlod kelajagini ta’minlash yо‘lidagi jiddiy xatarlardan biriga aylanishi va oxir-oqibatda jamiyatni inqirozga olib kelishi muqarrar.
Tadqiqotning obyekti. Jahon mamlakatlari о‘rtasida jamiyat hayotining turli sohalarida aloqalarning shiddat bilan kuchayishi sharoitida, globallashuvning avj olishi jarayonlarida sodir bо‘layotgan turli mazmundagi ma’naviy xurujlar, bu xurujlarning yoshlarimiz ma’naviy olamiga qilayotgan ta’siri, shuningdek bunday sharoitda xalq og’zaki ijodining vatanparvarlikni shakllantirishdagi vazifalar va ularni amalga oshirish jarayonlari tadqiqot obyektini tashkil kiladi.
Tadqiqotning predmeti. Jahon miqyosida globallashuvning avj olishi jarayonlarida sodir bо‘layotgan turli mazmundagi ma’naviy xurujlarga qarshi kurashish, yoshlarni vatanparvarlim ruhida tarbiyalash borasida beligilab berilgan Vazirlar Mahkamasi qarorlari, DTS talablari, tahdidlarga qarshi kurashish borasidagi usul va vositalar tadqiqot predmetini tashkil qiladi.
Tadqiqotning maqsad va vazifalari. Ishning asosiy maqsadi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda xalq og;zaki ijodi durdonalarini o’rganish, tahlil qilish, tegishli taklif-xulosalar berish.
Yuqoridagi maqsaddan kelib chiqqan holda tadqiqot oldiga quyidagi vazifalar quyildi:

Download 128.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling