Mundarija: Kirish I. bob. Z. M. Boburning kelib chiqishi va san’at madaniyati rivojiga qo‘shgan hissasi


Download 53.76 Kb.
bet3/3
Sana23.04.2023
Hajmi53.76 Kb.
#1384534
1   2   3
Bog'liq
Boburnomada davr adabiy muhiti boʻyicha tanqidiy qarashlar 3

Qildi u sarv sahar noz ila hammomga xirom,
Sham’i ruxsori ila bo‘ldi munavvar hammom.
Hammom poetik detal yoxud poetik timsol sifatida u ko‘pgina buyuk zotlarning ijodida ham o‘z aksini topganki, bu holni kuzatib chiqamiz.
Hammom timsoli to‘g‘risida so‘z ketganda ko‘pchilikning xayoliga daf’atan Navoiyning ushbu ma’lum va mashhur qit’asi yodga keladi:
Kamol et kasbkim, olam uyidin
Senga farz o‘lmag‘ay g‘amnok chiqmoq.
Jahondin notamom o‘tmak biaynih 
Erur hammomdin nopok chiqmoq.
Navoiy mazkur qit’ada yorug‘ dunyoga kelgan har bir kishining komillik kasb etmog‘i ehtiyoj darajasidagi zarurat deb uqtirgan. Qit’ada qiyosiy tashbeh usulidan foydalangan. Hammom o‘zida foniy dunyo timsolini in’ikos etgan.
Hammomg‘a azm aylagach ul sho‘xi sitamgar,
Hammom yuzi aksi bila bo‘ldi munavvar.
Lutfiyning mana shu matla’ bilan boshlanuvchi g‘azali hammom haqida bo‘lib, olti baytli, tasvirga boy, voqeband. G‘azalni o‘qish davomida baytmabayt hammom manzarasi o‘quvchi ko‘z oldida namoyon bo‘lib boradi.
Guldek tanidin chunki araq bo‘ldi ravona,
Hammom gulob isi bila bo‘ldi muattar.
Alisher Navoiy “Majolis unnafois”da Lutfiyning mahoratiga tahsin aytib, “...zamon shuarosi borcha tatabbu’ qildilar (ergashdilar)”, deydi. Navoiyning ushbu e’tirofi bejiz emas. Bobur ijodidagi hammomga bag‘ishlangan she’rlar Lutfiyning mana shu birgina g‘azalida jamlangandek, ta’sirida yaratilgandek taassurot uyg‘otadi:
Suv g‘ayratidinkim tanig‘a tegdi damodam,
Jonim bori suv bo‘ldiyu holim dag‘i abtar.
Ey koshki, men bo‘lg‘ay edim olida xodim,
To vasl tuni bo‘lg‘ay edi bizga muyassar.
Kavsar suyi, jannat guli oltun, tarog‘ olg‘och,
Hurlar kelur erdilar anga bo‘lg‘oli chokar.
Lutfiyning ohiyu o‘ti, ko‘z yoshiga hammomdagi o‘tu suv bas kela olmaydi. Bu tasvir Bobur ruboiysida aynan takrorlanadi:
Bu Lutfining ohiyu o‘ti ko‘z yoshidandur,
Hammomning o‘tiyu suyi, tushmas anga bovar.
Bobur o‘zigagina xos bo‘lgan rostgo‘ylik bilan yozadi:
Hammomki, ark ichinda paydo qildim,
Sog‘inmaki, sudin tabarro qildim.
Sud ushbu emasmukim, tadbir bila
Pokiza badanlarni tamosho qildim.(182)
Arkda, ya’ni hukmdorlar oshiyonida hammom qurdirdim. Ammo meni bundan foyda topib boyimoqchi, deb o‘ylama. Pokdomon bokira vujudlarni bu tadbir bilan tamosho qilish foyda emasmi axir?! – deydi bu ruboiyda.
Hammomki, qildim ko‘rungizkim, ayyom,
O‘xshatti aning bori ishi manga tamom.
Ko‘z yoshiyu ko‘ngul o‘ti birla mendin,
Gulchehralar istabon yuriydur hammom.(182)
Boburning ushbu ruboiysida ham ma’nomazmun jihatidan Lutfiyning yuqoridagi g‘azalida ko‘rgan xolatimiz namoyon bo‘ladi. Bobur o‘zining holati bilan hammom o‘rtasida yaqinlik borligini shoirona lutf bilan sharhlaydi. Ruboiyda ma’shuqasiga intilgan oshiq iztiroblari juda ta’sirchan ifodalangan. Bobur o‘z davrimda hammom bunyod etdim: uning faoliyati mening xuddi ishu korimga o‘xshaydi. Mening qalbim yonadi-yu, ko‘zim suv to‘kadi. Gulchehralar shuning uchun ham hammomga kelishni istashadi deydi. Haqiqatan oshiqning qalbi o‘rtanib, ishq olovida kuysa, uning ko‘z yoshlanadi. Hammom ham o‘tu suv bilan ishlaydi. oshiqning holati bilan hammomning faoliyati orasida ichki nozik bog‘lanish bor.

Xulosa
Bobur ijodi serqirra va g‘oyat boy, shaxsiyati noaniq. Bobur o‘z davrining odami, o‘z sinfining ko‘zga ko‘ringan, tashabbuskor vakili edi. Binobarin, uning O‘rta Osiyo, Afg‘oniston va Shimoliy Hindistondagi davlat faoliyati, eng avvalo, feodal jamiyati asoslarini mustahkamlashga, hokimiyati xalqni shafqatsizlarcha ekspluatatsiya qilishga asoslangan yirik feodallarning hukmron mavqeini mustahkamlashga qaratilganligi mutlaqo tabiiydir. . Bobur xarakterining ana shunday murakkabligi, nomuvofiqligi uning “Bobur-noma” asarida ham o‘z ifodasini topgan. Lekin ayni paytda Bobur O‘rta Osiyo feodal madaniyatining eng yaxshi namoyandalaridan biri bo‘lib, Sharq xalqlari madaniyati rivojiga katta hissa qo‘shgan. J. Neru o‘zining “Hindistonning kashfiyoti” asarida shunday yozgan edi: “Bobur maftunkor shaxs, Uyg‘onish davrining tipik hukmdori, mard,


Ilmiy adabiyot


1. X. Yoqubov. Qunduz. - T.: 1941 yil;
2. V.Zohidov. Bobirning faoliati va ilmiy-adabiy merosi hakida. Kitobda: Bobir. Bobirnom. -T.: 1960;
3. Azimjonova S. Boburning hind divani. T.: Fan, 1966 yil.
4. Stebleva I.V. Bobur g‘azallarining semantikasi. - M.: 1983 yil.
5. Xayriddin Sulton. Boburiynom. - T.: 1996 yil.
6. G‘aybulla as-Salom, N. Otajon. Jahongasht “Boburnoma”. - T .: 1996 yil.
7. S. Xasanov. Bobberning "Risolayi aruz" asari. -T.:, 1986;
Download 53.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling