Mundarija kirish I bob. Zamonaviy axborot texnologiyalari va tizimlari. Axborot-kommunikastiya texnologiyalarni rivojlanish istiqbollari


Vaqt davri Axborotdan foydalanish konstepstiyasi


Download 137.29 Kb.
bet4/7
Sana04.02.2023
Hajmi137.29 Kb.
#1160876
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
KL-MUNDARIJA

Vaqt davri

Axborotdan foydalanish konstepstiyasi

Axborot tizimlari turlari

Foydalanish maqsadi

1950- 1960 yy.

Hisob-kitob hujjatlarining qog’ozdagi oqimi

Elektromexanika- buxgalteriya mashinalarida hisob-kitob hujjatlariga ishlov berish axborot tizimlari



Hujjatlarga ishlov berish tezligini oshirish.
Hisoblarga ishlov berish va ish haqini hisoblash prosteduralarini soddalashtirish

1960-1970 yy.

Hisobotlarni tayyorlashda asosiy yordam

Ishlab chiqarish axboroti uchun boshqaruv axborot tizimlari

Hisobotlarni tayyorlash jarayonini tezlashtirish

1970-1980 yy.

Sotishning boshqaruv nazorati



Qarorlar qabul qilishni qo’llab-quvvatlash tizimi.
Yuqori boshqaruv bo’g’ini uchun tizimlar

Eng oqilona yechimni tanlab olish

1980-2005 yy.

Axborot – raqobatli ustunlikni ta’minlovchi strategik resurs

Strategik axborot tizimlari.
Avtomatlashtirilgan ofislar

Firmaning omon qolishi va gullab-yashnashi

2000 –2010 yy.

Axborot – bu jamiyat rivojlanishining asosiy resurslaridan biridir

Taqsimlangan axborot tizimlari.
Intellektual axborot tizimlari.

Jamiyatni axborotlashtirish

2010-x.v.

Foydalanuvchilar-ning davlat (interaktiv) xizmatlarini tez va qulay olishning sifatli yangi darajasi

Davlat axborot tizimlari (Elektron xukumat)

Davlat organlarining ochiqliligi

Dastlabki axborot tizimlari 50-yillarda paydo bo’ldi. Bu yillarda ular hisoblarga ishlov berish va ish haqini hisoblashga mo’ljallangan bo’lib, elektromexanik-buxgalterlik mashinalarida amalga oshirilar edi. Bu hujjatlarni qog’ozda tayyorlashga sarflanadigan vaqt va xarajatlarni birmuncha qisqartirishga olib keldi.


60-yillar axborot tizimlariga munosabat o’zgargan yillar bo’ldi. Ulardan olingan axborot ko’plab parametrlar bo’yicha davriy hisobotlar uchun qo’llanila boshlandi. Buning uchun tashkilotlarga ilgari bo’lganidek, faqat hisob raqamlariga xizmat ko’rsatadigan va ish haqini hisoblaydigan emas, balki keng maqsadlarga mo’ljallangan, ko’plab funkstiyalarga xizmat ko’rsata oladigan kompyuter uskunalari talab etilardi.

70-yillarning boshi 80-yillarda axborot tizimlaridan qarorlar qabul qilish jarayonini qo’llab-quvvatlash va tezlashtirish, boshqaruv nazorat vositasi sifatida keng foydalanila boshlandi.


80-yillarning oxiriga kelib axborot tizimlaridan foydalanish konstepstiyasi yana o’zgaradi. Ular axborotning strategik manbai bo’lib qoldi va istalgan yo’nalishdagi tashkilotning barcha darajadalarida foydalanildi. Bu davrning axborot tizimlari o’z vaqtida zarur axborotni taqdim etib, tashkilotga o’z faoliyatida muvaffaqiyatga erishish, yangi tovarlar yaratish va xizmatlar ko’rsatish, mahsulotni sotish uchun yangi bozorlar topish, o’ziga mos sheriklarni ta’minlash, past narxlarda mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etish va ko’plab boshqa sohalarda yordam beradi.



Download 137.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling