Mundarija kirish I bob. Zamonaviy axborot texnologiyalari va tizimlari. Axborot-kommunikastiya texnologiyalarni rivojlanish istiqbollari
Download 137.29 Kb.
|
KL-MUNDARIJA
Axborot tizimi tushunchasi
Axborot texnologiyalarining yo’nalishlaridan biri axborot tizimlarini ishlab chiqish va loyihalash bo’lib, insonga tegishli bo’lgan masalalarini yechishga yo’naltirilgan. Axborot kommunikastiya texnologiyalarining keskin rivojlanishi natijasida ularni turli sohalarda ishlatish imkoniyatlari paydo bo’lmoqda. Ilgari axborot tizimlarining qo’llanilish sohasi faqatgina buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish bo’lgan bo’lsa, hozirgi kunda turli sohalarda keng qo’llanilmoqda. Axborot tizimlari inson faoliyatining barcha sohalariga kirib bormoqda. Axborot tizimlari va texnologiyalari ishlab chiqarishda, boshqaruvda va moliyaviy faoliyatda keng ko’lamda ishlatilishi barcha sohalar bo’yicha tayyorlanayotgan kadrlarning bu borada chuqur bilimga ega bo’lishini davrning o’zi talab etmoqda. «Tizim» deganda bir vaqtning o’zida ham yagona yaxlit deb qaraladigan har qanday ob’ekt, ham qo’yilgan maqsadlarga erishish manfaatlarida birlashtirilgan turli elementlar majmui tushuniladi. Ma’lumki, bugungi kunda ko’plab turli xil tizimlar yaratilgan bo’lib, ular o’z tarkibi va bosh maqsadlari bo’yicha bir-biridan farqlanadi. Masalan, quyidagi jadvalda bir necha tizimlarga namunalar keltirilgan. «Tizim» tushunchasi keng tarqalgan va juda ko’plab ma’nolarda qo’llaniladi. Axborot tizimlariga nisbatan qo’llanilganda aksariyat hollarda texnik vositalar va dasturlar to’plami nazarda tutiladi. Kompyuterning faqat apparat qismini tizim deb atash mumkin. Muayyan amaliy vazifalarni bajarish uchun hujjatlarni yuritish va hisob-kitoblarni boshqarish jarayonlari bilan to’ldirilgan ko’plab dasturlarni ham tizim deb hisoblash mumkin. 1.1-jadval. Tizimlarga misollar
Download 137.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling