Xar bir tizim to’rt asosiy qismdan iborat:
kiritish;
ishlov berish;
chiqarish;
teskari aloqa.
1.1-rasm. Tizimning to’rtta asosiy qismi
Axborot tizimining maqsadi – muayyan professional faoliyat bilan bog’liq bo’lgan professional axborot ishlab chiqarish. Axborot tizimlari har qanday sohadagi vazifalarni hal qilish jarayonida zarur bo’ladigan axborotni to’plash, saqlash, ishlov berish, chiqarib berishni ta’minlaydi.
Axborot tizimi – qo’yilgan maqsadlarga erishish yo’lida axborotni to’plash, saqlash, ishlov berish va chiqarishda foydalaniladigan vositalar,
usullar va xodimlarning o’zaro bog’liq majmui.
Axborot tizimlari va uning tarkibiga kiruvchi kichik tizimlarning qisqacha tavsiflari bilan batafsil tanishib chiqilgandan so’ng ular rivojlanishining qisqacha tarixini ko’rib chiqish o’rinli bo’ladi. Turli davrlarda axborot tizimlarining rivojlanish tarixi va ulardan foydalanish maqsadlari 1.2-jadvalda keltirilgan.
1.2 – jadval
Axborot tizimlarining rivojlanish tarixi va ulardan foydalanish maqsadlari
Tizim
|
Elementlar
|
Maqsad
|
Kirish
|
Ishlov berish
|
Chiqish
|
Universitet
|
Talabalar, o’qituvchilar, ishchilar, kitoblar
|
O’qitish, izlanish, xizmat ko’rsatish
|
Tayyor mutaxassislar, tadqiqot, jamiyatga, davlatga va
millatga xizmat ko’rsatish
|
Ilm orttirish
|
Kino
|
Aktyorlar, rejissyorlar, uskunalar
|
Kinoga olish, nashr qilish, taqsimlash
|
Kinoteatrga olib kelingan kinofilmlar
|
Qiziqarli kino, daromad
|
Choyxona
|
Guruch, go’sht, sabzi, piyoz, yog’ va boshqa masalliqlar, mehnat, boshqaruv
|
Osh pishiriq, choy damlash, xizmat ko’rsatish
|
Osh, choy, salatlar
|
Xordiq uchun sharoit yaratish, daromad
|
1.3 - jadval
Axborot tizimlaridan foydalanishga yondashuvning o’zgarishi
Do'stlaringiz bilan baham: |