Mundarija kirish I. Kon to‘G‘risida umumiy ma’lumot. Kon tumanini geologik va ekologik ta’rifi


VIII. XAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI


Download 0.76 Mb.
bet10/13
Sana27.03.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1299197
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
MAVZU

VIII. XAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI

  1. Konchilik ishlarida umumiy qoidalar

1. Transheyalar o‘tkazish, pog`onalarni qazish, uyumlarni to‘kish va shu kabi konchilik ishlari, shuningdek yuklash punktlaridagi ishlar, korxona (karer) bosh muxandisi tomonidan tasdiqlangan, jixozlar joylashishini, ishlarni bajarish tartibini, xavfsizlik choralarini, ish maydonchalari, pog`ona va uyumning ruxsat etilgan o‘lchamlarini, shuningdek pog`ona va uyumning yuqori xamda pastki chetiga nisbatan jixozning masofasini belgilaydigan pasportga muvofiq ravishda olib borilishi kerak.
2. Pasport bilan ko‘zda tutilmagan vaziyatlar paydo bo‘lganda, ish to‘xtalishi kerak va ishlar raxbari tomonidan ishni xavfsiz bajarish tartibi va choralari to‘g`risidagi qaror qabul qilinganidan keyin ishlarni boshlash mumkin. Vaziyat yana takrorlangan taqdirda pasportga qo‘shimcha va o‘zgatirishlar kiritilishi kerak.
3. Pog`ona va uyumdagi qulash prizmasining o‘lchami karerni marksheyderlik xizmati xodimlari tomonidan belgilanadi va konchilik ishlari uchun pasport va loyixalar ishlab chiqish bilan band bo‘lgan mutaxassislar, xamda karerdagi konchilik ishlari raxbarlariga e’tiboriga doimo etkazilishi kerak.
5. Saqlagich supachalar gorizontal yoki karer borti tomoniga qarab qiya xolatda bo‘lishi va jins bo‘laklari, xamda begona predmetlardan doimo tozalanishi kerak. Konchilik ishlari rejasiga ko‘ra supachalar bo‘ylab ishchilar xarakatlansa, ularda to‘siqlar bo‘lishi kerak.
6. Saqlagich supachalarning eni, ularni mexanizatsiyaviy tozalash imkonini ta’minlashi kerak. Loyixaga muvofiq ravishda bo‘ylama nishabli qiya supachalar, shu jumladan transport supachalari bilan qo‘shilganlarini qo‘llashga ruxsat etiladi.
7. Vaqtincha ishlatilmaydigan karer bortlarni shakllantirish va ularda konchilik ishlarini qaytadan boshlash tartibi loyixada ko‘zda tutilgan bo‘lishi kerak.
2. Burg`ilash ishlari
1. Burg`ilash ishlari texnik xujjatlarga, quduqlarni burg`ilash esa xar bir burg`ilash usuli uchun namunaviy yo‘riqnomalar asosida korxona tomonidan ishlab chiqilgan yo‘riqnomalarga muvofiq ravishda bajarilishi kerak.
2. Burg`ilash stanogi pog`onaning qulash prizmasidan tashqari rejalashtirilgan maydonchaga o‘rnatilishi, quduqlarni birinchi qatorini burg`ilashda esa uning zanjiri pog`onani yuqori chetidan kami bilan ikki metr uzoqda va chetga perpendikulyar xolga keltirilib joylashtirilishi kerak.
3. Machtasini ko‘targan xolda burg`ilash stanogini pog`ona bo‘ylab xarakatlantirishni tayyorlovchi zavodning foydalanishga oid yo‘riqnomasiga muvofiq ravishda qiyalatish bilan amalga oshirishga ruxsat etiladi.
4. Burg`ilangan quduqlar uchastkalarining odamlar o‘tadigan va avtotransport yuradigan tomoniga ogoxlantirish belgilarini qo‘yish kerak. Bunday uchastkalarni to‘siqlar bilan o‘rash tartibi karer bosh muxandisi tomonidan belgilanadi.
5. Kon massasining nogabarit bo‘laklari qo‘l yoki mexanik usul (butoboy), yuza yoki shpur zaryadlar bilan parchalanishi kerak.
Bunday xollarda shruplarni bo‘rg`ilash pasportga muvofiq ravishda bajarilishi kerak.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling