Mundarija: Kirish I. Nazariy qism


Kislorod furmalarining purkovchi rejimi va konstruktsiyasi


Download 312.5 Kb.
bet3/9
Sana11.11.2023
Hajmi312.5 Kb.
#1765621
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Konvertor jarayonining asoslari va maqsadlari

1.2. Kislorod furmalarining purkovchi rejimi va konstruktsiyasi.
Ko‘p soploli furmalar reaksion zonadan bir maromda gaz ajralishini amalga oshirishga metal aylanishini yaxshilab borishiga issiqlik va massa almashinuvi, metal yo‘qotilishini kamaytirish, shlak hosil bo‘lishini tezlashtirishga yordamn beradi.
Furmaning uch qismida 3-9 ta gacha loval saplosi joylashtiriladi. Ularning o‘qi konvertrning vertikal o‘qiga qarab og‘gan bo‘ladi. Kislorod oqimi yelpig‘ichsimon ko‘rinishda furma nakanechliklardan tarqaladi. Oqim o‘zgarib ketmaslik uchun soplolarning og‘ish burchagi boshqarilib turadi. Og‘ish burchagining kattaligi soplolar soni va konvertorning sig‘imiga bog‘liq bo‘ladi, soplolar soni 3 ta bo‘lsa, og‘ish burchagi 8-100, 4 bo‘lsa, og‘ish burchagi 12-140, 5 ta bo‘lsa, og‘ish burchagi 16-180 , 6 ta bo‘lsa, og‘ish burchagi 20-220 gacha og‘gan bo‘ladi.
Furmaning soplolar sonini ko‘paytirib metal yuzasiga yaqinlashtirilganda, zudlik bilan sovutishni talab qiladi. Yuqoridan purkash uchun mo‘ljallangan kislorod furmalari bir-biriga kiydirilgan 3 ta furmadan iborat. Markazdagi quvurdan kislorod yuboriladi, ichki quvurdan sovutuvchi suv o‘tkazilib tashqi va o‘rta quvurlar oraqali chiqib ketadi. Berilayotgan sovutuvchi suv 0,6-1 mPa bosim ostida yuborilib turiladi. Odatda har minutda haydalayotgan suv miqdori 5000 l ga yetadi. Furmaning sovutuvchi chiqib ketayotgan suvning harorati 450 dan oshmasligi kerak. Furmani yasash uchun yahlit tortilgan po‘lat quvurlar ishlatiladi. Furma nakanechliklari misdan yasalgan. Ular 50-200 marta gacha po‘lat eritishga chidamli bo‘lishi kerak. Furmalarning vannaga nisbatan joylashishi jarayonlarning texnalogik davrlarga bog‘liq bo‘ladi.
Konvertor bo‘yinchasidan furma nakonechliklari o‘tkazilgandan so‘ng, purkash boshlanadi. Furma oxistalik bilanb tushirish bilan berilgan shixtagacha qancha kislorod sarflanishining hisobi olinadi. Purkash vaqtining 15-20% qismida ya’ni 1-2 min davomida nominal darajada Yuqoriroq joylashtiriladi. Bu vaqtda konvertor bo‘yinchasi ustida yorqin alanga hosil bo‘lishi uglerodning zudlik bilan oksidlanayotganligini bildiradi. Demak, eritish mustahkam boshlagan bo‘ladi. Ana shu vaqtda kislorod furmalari kerakli darajagacha tushiriladi. Metallni kislorod bilan purkash davrida tutun hosil bo‘lishi yaroqli metal chiqishini 1-1,5% ga kamaytiradi. Gazdan tozalovchi qurilmalarni talab qiladi.
Eritishning purkash davri davomiyligi uglerod oltingugurt fosforning metal tarkibida bo‘lish bilan belgilanadi. Uglerodning oksidlanish tezligi purkashning tezligi orqali aniqlanadi.
Fosr va oltingugurtning yo‘qotilishi tezligi esa shlak hosil bo‘lish tezligi bilan aniqlanadi. Shlak tarkibining o‘zgartirilishini futerovkaning ishlash muddatini kamaytirishi, metal oksidlari bilan shlakdagi temir zarrachalari bilan yo‘qotilishiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi.



Download 312.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling