Mundarija: Kirish I. Nazariy qism


Konvertorli po’latning legirlanishi


Download 312.5 Kb.
bet6/9
Sana11.11.2023
Hajmi312.5 Kb.
#1765621
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Konvertor jarayonining asoslari va maqsadlari

1.6. Konvertorli po’latning legirlanishi
Konvertorli jarayonning ikki asosiy xossasi bo‘lgan konvertorli po‘latni ko‘piklash va legirlash: 1) tinimsiz kislorod uzatish, ya‘ni butun bir erish jarayoni davomida gazli fazaning oksidlovchi xarakteri; 2) yuqori aktivlikka ega bo‘lgan temir oksidli shlakning massasi (metal masasining 13-15% i), ya‘ni shlakning erish so‘nggidagi yuqori oksidlanuvchanligi kabilar bilan aniqlanadi. Bunda shlak o‘zida yetarlicha fosfor ham saqlashi mumkin. Agar choralar ko‘rilmasa, oksidlanish vaqtida fosfor qisman qaytarilib, shlakdan metallga o‘tib ketishi ham mumkin. Shu bilan birga ko‘piklash va legirlash operatsiyalari bir qancha texnologik usullarni talab qiladi:
Eritmani chiqarishda so‘nggi shlakni metallar bilan birga kovshga tushushini oldini olish choralarini qo‘llash (bu usul ba‘zan shlakning ―kesilishi‖ deyiladi). Konvertorli shlakni kovshga tushurmaslikni oldini olishning bir necha usullari mavjud, masalan: eritmani chiqarishdan oldin asbest to‘siq bilan letkani yopish; shlakni quyultirish maqsadida konvertorga dolomit bo‘laklarini solish; shlakning letkaga kerakli vaqtda siqilgan havo uzatishda pnevmatik kesilishi va h.k. bu usullar shlakni kovshga tushmasligini butunlay ta‘minlamaydi, ammo shlakning kovshga tushish miqdorini kamaytiradi. Shunday ekan bu muammoni hal etildi deb hisoblash mumkin emas.
Kovshda ko‘piklantirish operatsiyasini olib borish. Ba‘zi korxonalarda metallni purkash 0,05-0,07 % C gacha bo‘lib, so‘ng kovshga berilgan markadagi po‘latni olish uchun uglerod qo‘shiladi.
Bu usulning kamchiligi kovshga kiritilgan ugar (is gazi) ning tebranishi, po‘latdagi uglerodning chiqarishga bog‘liq bo‘lgan o‘zgarishi, shlakning kovshga tushgan miqdori va tarkibi, metal harorati va h.k.lardir. Afzalligi esa shundaki, kovshga kiritilgan uglerodning metallda erigan kislorod bilan qisman ta‘sirlashuvi hisoblanadi.
Ma‘lumki, uglerod qancha kam bo‘lsa, po‘latdagi kislorod shuncha ko‘p bo‘ladi. Uglerodning miqdori oshirilganda, ortiqcha hisoblangan kislorod uglerodning oksidlanishi uchun sarflanadi. Buni misol orqali tushuntiramiz.
Agar muvozanat nisbati deb [C] • [O]ravn = 0,0025 olinsa, 0,05 % C olish uchun
[O]muvoz = 0,002510,05 = 0,05 %. 0,25% C saqlovchi po‘lat uchun [O]ravn = 0,002510,25 = = 0,01 %. Ortiqcha kislorod miqdori esa 0,05-0,01 = 0,04%.
Bu ortiqcha misdor kovshga kiritilgan uglerodning oksidlanishiga sarflanadi. Uglerod oksidlanganda vannani aralashtiruvchi, metalldan gaz va nometall qo‘shimchalarni chiqarish xususiyatiga ega CO ajraladi.

Download 312.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling