Mundarija kirish i–bob. Akademik litseylarda ta`lim jarayonida interfaol usullardan foydalanish


Download 203.5 Kb.
bet7/14
Sana30.04.2023
Hajmi203.5 Kb.
#1410956
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
зухра курс иши 222

5.“Munozara” usuli Ta’lim oluvchilarga muayyan muammo bo‘yicha to‘liq axborotlar yetkaziladi, ular munozara uchun tanlangan mavzuni ayovsiz “hujum” qiladilar va pirovard natijada muammoga tegishli ma’lumotlarni atroflicha o‘rganadilar. O‘tkazish tartibi quyidagicha: -munozara olib boruvchi - boshlovchi mavzuni oldindan tanlaydi va ishtirokchilarni taklif etadi. Boshlovchi ishtirokchilarga “aqliy hujum” topshirig‘ini beradi va uning qoidalarini tushuntiradi: -boshlovchi kotibini tayinlaydi va u yuzaga kelgan barcha g‘oyalarni yozib boradi. Agar biror bir kishi tomonidan “aqliy hujum”ni o‘tkazish qoidalari
buzilsa, boshlovchi zudlik bilan muhokamaga aralashadi.
-boshlovchi ishtirokchilarning tanqidiy tafakkuri “charxlanishi” uchun qisqacha tanaffus e’lon qiladi. Keyin ikkinchi bosqich boshlanadi. “Aqliy hujum” ishtirokchilari guruhlanadi va birinchi bosqichda bildirgan g‘oyalarini mustahkamlaydilar. G‘oyalar guruh bo‘yicha birlashtirilib, mualliflar ularni tahlil qilishga kirishadilar va natijada o‘rtaga qo‘yilgan muammoning yechimiga tegishli bo‘lgan fikrlargina ajratib olinadi. Boshlovchi munozaraga yakun yasaydi.
O‘z o‘rningni top
Agar auditoriyada u yoki bu mavzu bo‘yicha tortishuvlar vujudga kelsa, bu
usul yordamida muammoning yechimini topish mumkin. Undan ko‘pincha darsning kirish qismida foydalaniladi va o‘tilayotgan mavzuni o‘rganishga turli xil
yondashuvlar mavjudligi namoyish etiladi. Ta’lim oluvchilarga o‘z fikrini bayon
qilishga, muloqot ko‘nikmalarini qaytadan tuzatishga imkoniyatlar mavjud
bo‘ladi. Dars so‘ngida ta’lim beruvchi tomonidan mavzuni o‘zlashtirish
darajasini baholash aniq amalga oshiriladi.
Auditoriyaning qarama-qarshi
burchaklariga ikkita plakat osiladi. Ularning biriga “roziman”, boshqasiga “rozi emasman” degan so‘zlar yozilishi kerak. Darsni tashkil etish qoidalari muhokama qilinadi. Qaralayotgan muammo yuzasidan o‘z fikrlariga mos keladigan namoyish
varag‘i yoniga borish zarurligi ta’lim oluvchilarga taklif etiladi.
- ulardan o‘z qarashlarini asoslash so‘raladi. Bu paytda bir guruhdan
ikkinchi guruhga o‘tish ruxsat etiladi va shu tariqa ularning hammasi jalb etiladi.
- muammo bo‘yicha fikrlar bildirgan ta’lim oluvchilar ichida munozara
davomida o‘z nuqtai nazarini o‘zgartirganlar va boshqa guruhga o‘tuvchilar
bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda ular o‘z o‘rnini o‘zgartirish sabablarini
asoslashi kerak bo‘ladi.
- ishtirokchilardan opponentlari ichida muammo yuzasidan eng ishonchli fikr aytganlarni aniqlash so‘raladi.

Download 203.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling