Mundarija kirish i–bob. Akademik litseylarda ta`lim jarayonida interfaol usullardan foydalanish
Oltita shlyapa – fikrlashningoltita turi
Download 203.5 Kb.
|
зухра курс иши 222
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qizil shlyapa
- Qora shlyapa
- Sariq shlyapa
- Yashil shlyapa
- Ko‘k shlyapa
Oltita shlyapa – fikrlashningoltita turi
Edvard de Bono “Fikrlashning olti shlyapasi” degan kattalar va bolalarni fikrlashga undaydigan samarali metodni ishlab chiqdi. Oltita shlyapa (bosh kiyim) - fikrlashning 6 turlari. Oq shlyapa - oq rang ob’ektivlik va xolislik, haqqoniyat. Oq shlyapada aralash fikrlar ishlab chiqiladi. Aynan oq shlyapadagi fikrlar insonni voqelik, bo‘lgan narsaga aniq tushunchalarni farqlash, ajratishni belgilaydi, bu esa voqelikning tushunchasidir. Qizil shlyapa - ichki his-tuyg‘ularni kuchliligi va his-hayajonlarning yuqori ekanligi timsolidir. Qizil shlyapada xis-tuyg‘ular boshqaradi. His-tuyg‘u, borliqqa sub’ektiv tomondan yondashuv, bu esa nazardan chetda qolmasligi kerak. Inson qizil shlyapani kiysa unda fikrini mustaqil bayon etishga imkon yaratiladi. Qora shlyapa - qora rang yomonlik, yovuzlik timsolidir. Qora shlyapa bu tanqid, salbiy hislar va hayotda hech qachon hamma narsa ko‘ngildagidek bo‘lmaydi, degan fikrni o‘zida aks ettiradi. Qora shlyapaning obrazi muammolarni yechimini topish emas, balki ularning mavjudligini ko‘rsatadi. Qora shlyapani kiygan inson undagi xatoliklarni izlaydi, uni yana to‘ldirish kerakmi yoki bu faqatgina xato ekanligini aniqlaydi. Sariq shlyapa - quyosh nuri hayotni davomiyligini anglatadi. Sariq shlyapa kelajakka ishonchga (optimizmga) to‘la, u ijobiy fikrlar va umid timsolidir. Quyosh rangidagi fikrlar bu ma’lum vaziyatda ijobiy xulosalarni chiqarish, o‘z optimizmiga asos, hamma imkoniyatdan foydalanish, bu fikrlar obrazi oldindan ko‘ra olishga bevosita bog‘liqdir. Yashil shlyapa - yangilik, pishiqchilik va to‘kinlik belgisidir. Yashil shlyapa ijodning boshlang‘ich bosqichi va yangi g‘oyalarning vujudga kelishining timsolidir. Eng asosiy tushunib olish kerak bo‘lgan narsa yashil shlyapadagi fikrlar bizning fikrlarimizni boshqarishni faollashtirishga qaratilgandir. Bu ko‘rib chiqilayotgan g‘oyaga hukm chiqarishni anglatmaydi. Ko‘k shlyapa – sovuq rang bo‘lib osmonning timsolidir. Fikrlash jarayonini tashkil qilish va uni boshqarishga bog‘liqdir, shu bilan birga boshqa rangdagi shlyapalar qo‘llaniladi. O‘z diqqatimizni nimaga qaratishimiz kerak? Bu savol ko‘k shlyapadagi fikrlashning asosini tashkil qiladi. Ko‘k shlyapadagi “fikrlar”ning vazifalari hozirgi kunda erishgan natijalarimizni umumlashtirish, bu shlyapani kiyayotgan insonga suratchi rolini ijro etishga imkoniyat beriladi, u butun faoliyati natijalarini, mevalarini hisobga olib belgilab qo‘yish ko‘k shlyapadagi insonning asosiy vazifalaridan biri, bu bahs jarayonini kelib chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik. Download 203.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling