Mundarija kirish i–bob. Akademik litseylarda ta`lim jarayonida interfaol usullardan foydalanish


Oltita shlyapa – fikrlashningoltita turi


Download 203.5 Kb.
bet9/14
Sana30.04.2023
Hajmi203.5 Kb.
#1410956
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
зухра курс иши 222

Oltita shlyapa – fikrlashningoltita turi
Edvard de Bono “Fikrlashning olti shlyapasi” degan kattalar va bolalarni
fikrlashga undaydigan samarali metodni ishlab chiqdi. Oltita shlyapa (bosh

kiyim) - fikrlashning 6 turlari.
Oq shlyapa - oq rang ob’ektivlik va xolislik, haqqoniyat. Oq shlyapada aralash fikrlar ishlab chiqiladi. Aynan oq shlyapadagi fikrlar insonni voqelik,
bo‘lgan narsaga aniq tushunchalarni farqlash, ajratishni belgilaydi, bu esa
voqelikning tushunchasidir.

Qizil shlyapa - ichki his-tuyg‘ularni kuchliligi va his-hayajonlarning yuqori
ekanligi timsolidir. Qizil shlyapada xis-tuyg‘ular boshqaradi. His-tuyg‘u,
borliqqa sub’ektiv tomondan yondashuv, bu esa nazardan chetda qolmasligi
kerak. Inson qizil shlyapani kiysa unda fikrini mustaqil bayon etishga imkon
yaratiladi.
Qora shlyapa - qora rang yomonlik, yovuzlik timsolidir. Qora shlyapa bu
tanqid, salbiy hislar va hayotda hech qachon hamma narsa ko‘ngildagidek bo‘lmaydi, degan fikrni o‘zida aks ettiradi. Qora shlyapaning obrazi muammolarni
yechimini topish emas, balki ularning mavjudligini ko‘rsatadi. Qora shlyapani
kiygan inson undagi xatoliklarni izlaydi, uni yana to‘ldirish kerakmi yoki bu
faqatgina xato ekanligini aniqlaydi.

Sariq shlyapa - quyosh nuri hayotni davomiyligini anglatadi. Sariq shlyapa
kelajakka ishonchga (optimizmga) to‘la, u ijobiy fikrlar va umid timsolidir.
Quyosh rangidagi fikrlar bu ma’lum vaziyatda ijobiy xulosalarni chiqarish, o‘z
optimizmiga asos, hamma imkoniyatdan foydalanish, bu fikrlar obrazi oldindan
ko‘ra olishga bevosita bog‘liqdir.

Yashil shlyapa - yangilik, pishiqchilik va to‘kinlik belgisidir. Yashil
shlyapa ijodning boshlang‘ich bosqichi va yangi g‘oyalarning vujudga kelishining timsolidir. Eng asosiy tushunib olish kerak bo‘lgan narsa yashil shlyapadagi
fikrlar bizning fikrlarimizni boshqarishni faollashtirishga qaratilgandir. Bu

ko‘rib chiqilayotgan g‘oyaga hukm chiqarishni anglatmaydi.
Ko‘k shlyapa – sovuq rang bo‘lib osmonning timsolidir. Fikrlash jarayonini
tashkil qilish va uni boshqarishga bog‘liqdir, shu bilan birga boshqa rangdagi
shlyapalar qo‘llaniladi. O‘z diqqatimizni nimaga qaratishimiz kerak? Bu savol
ko‘k shlyapadagi fikrlashning asosini tashkil qiladi. Ko‘k shlyapadagi
“fikrlar”ning vazifalari hozirgi kunda erishgan natijalarimizni umumlashtirish,
bu shlyapani kiyayotgan insonga suratchi rolini ijro etishga imkoniyat beriladi,
u butun faoliyati natijalarini, mevalarini hisobga olib belgilab qo‘yish ko‘k
shlyapadagi insonning asosiy vazifalaridan biri, bu bahs jarayonini kelib
chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik.




Download 203.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling