Menyu
Yakka tartibda yoki kichik guruhlar bilan ish olib borishni xohlagan ijodkor
ta’lim beruvchiga “Menyu” usulidan foydalanish tavsiya etiladi. Bunda kichik
guruhga aniq topshiriq beriladi. Ta’lim beruvchi har bir guruh uchun alohida
topshiriq tayyorlaydi. Har bir guruh topshiriq oladi va uch daqiqa davomida
muhokama qilishadi, so‘ngra guruhlardan bittadan vakil ta’lim beruvchi stoliga
kelishadi va tayyor “Menyu”ni olib qaytishadi. Bu uzun qirqilgan qog‘ozlar –
“Tillar” bo‘lib, ularda xilma-xil huquq normalari bayon qilingan bo‘ladi. Guruh
vakili tillarni tanlab oladi va o‘z guruhiga olib keladi, keyin boshqa ta’lim
oluvchi shu ishni bajaradi va zaruriy materiallar yig‘ilguncha bu holat davom
etadi. O‘n daqiqa davomida topshiriq muhokama qilinadi va rasmiylashtiriladi.
Bu jadval qo‘lda tayyorlanishi yoki javoblar og‘zaki bo‘lishi mumkin. Boshqa
guruh vakillari savollar berishadi, ta’lim oluvchi esa guruh ishlarini, sardor
faoliyatini baholab beradi.
Sinkveyn
Sinkveyn besh qatordan iborat o‘ziga xos, qofiyasiz she’r bo‘lib, unda
o‘rganilayotgan tushuncha (hodisa, voqea, mavzu) to‘g‘risidagi axborot
yig‘ilgan holda, ta’lim oluvchi so‘zi bilan turli variantlarda va turli nuqtai nazar
orqali ifodalanadi. Sinkveyn tuzish murakkab g‘oya, sezgi va hissiyotlarni bir
nechagina so‘zlar bilan ifodalash uchun muhim bo‘lgan malakadir. Sinkveyn
tuzish jarayoni mavzuni yaxshiroq anglashga yordam beradi.
Sinkveyn tuzish qoidasi
Birinchi qatorda mavzu (topshiriq) bir so‘z bilan ifodalanadi (odatda ot
bilan).
2. Ikkinchi qatorda mavzu doirasidagi sifatni ikkita so‘z bilan ifodalanadi.
3. Uchinchi qatorda mavzu doirasidagi xatti-harakatni uchta so‘z bilan
ifodalanadi.
4.To‘rtinchi qatorda mavzuga nisbatan munosabatni anglatuvchi va to‘rtta
so‘zdan iborat bo‘lgan fikr (sezgi) yoziladi.
Oxirgi qatorga mavzu mohiyatini takrorlaydigan, ma’nosi unga yaqin
bo‘lgan bitta so‘z yoziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |