Ishbilarmonlik yoki rolli (vaziyatli) o`yini. Ishbilarmonlik yoki rolli
vaziyatli o`yinlar - muammoli vazifaning bir turidir. Faqat bu o`rinda, matnli
material o`rniga ta`lim oluvchilar tomonidan rollar o`ynaladigan hayotiy vaziyat
sahnalashtiriladi.
Ishbilarmonlik va rolli vaziyatli o`yinlar o`quv usuli sifatida quyidagi
vazifalarni bajaradi:
• o`rgatuvchi: umumta`lim mahoratni shakllantirish; ijodiy qobiliyatni
o`stirish; shu jumladan: yangi vaziyatlarni tushuntirish, aniqlash va tahlil qilish;
• rivojlantiruvchi: mantiqiy tafakkurni, nutqni, atrof-muhit sharoitiga
o`rganish qobiliyatini o`stirish;
• motivatsion: o`quv faoliyatiga undamoq, mustaqil xulosaga kelishga
rag`batlantirmoq;
• tarbiyaviy: mas`uliyatni, kommunikativlikni shakllantirish.
Ajurli arra usuli Ushbu usul tuzilish jihatidan o‘zida quyidagi bosqichlarni qamrab oladi:
1. Topshiriqni bo‘lish: topshiriq va matnli materiallar bir nechta asosiy
qismlarga (yoki mavzularga) qirqiladi.
Birlamchi gurudlar: har bir guruh a’zolari qirqilgan mavzuni oladilar va
ekspertga aylanadilar.
Ekspert guruhlari: qo‘lida bir mavzuga oid o‘quv topshiriqlari mavjud
bo‘lgan ta’lim oluvchilar mavzuni muhokama qilish, boshqalarga o‘rgatish
rejasini egallash uchun ekspert guruhga birlashadilar.
4.Birlamchi guruhlar: ta’lim oluvchilar o‘zlarining birlamchi guruhlariga
qaytadilar va ekspert guruhlarda o‘rganganlarini o‘qitishadi. Ularga quyidagicha
topshiriqlar beriladi: -paketdagi materiallarni qunt bilan o‘rganing va muhokama qiling; -bir-biringizdan so‘rang va o‘quv materiallarini har biringiz tushunib
olganingizga ishonch hosil qiling; -materialning muhim o‘quv elementlariga e’tiborni qarating.
Do'stlaringiz bilan baham: |