Mundarija kirish i–bob. Akademik litseylarda ta`lim jarayonida interfaol usullardan foydalanish
Xitoy tilida ayrim a`nanaviy va no`ananaviy metodlar
Download 203.5 Kb.
|
зухра курс иши 222
2.2. Xitoy tilida ayrim a`nanaviy va no`ananaviy metodlar
Yangi so`zlarni tushuntirish darsning muhim bosqichi ekan, darsda yangi so`zlarni tushuntirishda quyidagi metodlarni ko`rib chiqsak: 1. 真接对译法. Tarjima qilish orqali yangi so`zlarni tushuntirish metodi. Bu eng keng tarqalgan, qariyb har bir o`qituvchi qo`llaydigan metod bo`lib, o`qituvchi va o`quvchi uchun juda qulay. Yangi so`z oson o`zlashtiriladi. Qo`shimcha kuchni, ya`ni xotirani oshiqcha ishlatishni, mulohaza qilishni talab qilmaydi. Bu metodda so`z va uning ona tilidagi tarjimasi beriladi. Mazkur metodni har qaysi so`z turkumiga oid so`zlarni tushuntirishda qo`llash mumkin. Masalan: 苹 果 pingguo- olma, apple, yabloko. Misolda bergan so`zning tarjimasini bir necha tillarda yoki ona tili (o`zbek) va ingliz tilida ham berilishi ayni maqsadga muvofiq bo`ladi. 2. 比较联系法. Taqqoslash orqali tushuntirish metodi. Bu metod asosan fe`l, ravish, olmosh so`z turkumlariga xos yangi so`zlarni tushuntirishda juda qulay. Taqqoslash orqali tushuntirilsa mazkur so`z turkumiga oid yangi so`zlarni o`rni haqida o`quvchida yaxshi tushuncha va tasavvur hosil bo`ladi. Shu bilan birga o`quvchiga ham qiziq, ham oson bo`ladi. Deylik “是shi” fe`lini ingliz tilidagi “to be” bilan taqqoslash orqali tushuntiriladi. Hozirda ingliz tilini o`rganishga alohida e`ribor berilayotganini inobatga oladigan bo`lsak, bu metod juda dolzarb va ahamiyatli hisoblanadi. ”笔画” va ”笔顺” qoidalarini o‘rgatish qanchalik muhim bo‘lmasin, iyerogliflarning paydo bo‘lishi va kelib chiqishi haqida ham ma’lumot berib o‘tish yanada muhimroq omil sanaladi. [ 7 , 88 ] Masalan, “是”fe`lining xitoy tilida qo`llanilishi birmuncha osonligi, ingliz tilidagi “to be” ning “is, was, are” shakllari xitoy tilida birgina ” 是 ” bilan berilishi o`quvchilarga ta`kidlanadi. Shunda o`quvchilardagi “xitoy tilini o`rganish qiyin ekan” degan asossiz havotirni oldini olgan bo`lamiz. Yoki “能” va “会” fe`llarini ingliz tilidagi “can” fe`li bilan taqqoslash orqali misollar keltirish ham aynan maqsadga muvofiqdir. 3. 语素教学法. So`zdagi har bir morfemani alohida tushuntirish metodi. Bu metod yangi so`zlarni xotirada yanada mustahkam muhrlanib qolishiga yordam beradi. Har qanday so`z turkumiga xos so`zlarni bu metodni qo`llab tushuntirish mumkin.Bunga ko`plab misollar keltirish mumkin. Soddasidan boshlaymiz. Masalan, o`quvchilarimizga ilk o`rgatiladigan so`zlardan biri bu “汉语” so`zidir. Bu so`z “汉语课堂教学技巧” kitobida quyidagicha tushuntirilgan: “汉 han, 汉语的汉, 点, 点, 提, 横撇, 捺, 这个字念 汉… “语, 左边一个言字旁,右边上边的是三、四、五的五, 下边是一个口,这语语言的语…” 4. 图 片 展 示 法. Kartochkalar yordamida tushuntirish metodi. Bunday metodni asosan ot so`z turkumiga oid so`zlarni tushuntirishda, boshlang`ich guruhlarda qo`llasak birmuncha qiziqarliroq va maqsadga muvofiq bo`ladi. Albatta o`quvchi endigina xitoy tilini o`rganishni boshlagan payt, unda ozgina qo`rquv va hayajon bo`lishi tabiiy. Bunday paytda uni qiziqtirish o`qituvchining zimmasidagi majburiyatdir. Hozirda rangli rasmlar bilan tayyorlangan kartochkalar xitoy tilini o`rgatayotgan har bir o`quv dargohida ko`plab topiladi. Shunday ekan nima uchun ulardan unumli foydalanmaslik kerak? Masalan, kartochkadagi “苹 果 olma” rasmini ko`rsatsak, birinchidan o`qituvchiga ortiqcha gapirib o`tirishning hojati ham qolmaydi. Ikkinchidan, darsda ona tilini qo`shmasdan ko`proq xitoy tilida gapirish imkoniyati bo`ladi. Uchinchidan,苹 Download 203.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling