Mundarija Kirish Ishlab chiqarish omillarining mohiyati Asosiy ishlab chiqarish omillarining xususiyatlari


Download 1.78 Mb.
bet3/9
Sana05.01.2022
Hajmi1.78 Mb.
#217111
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Nazariya Kurs ishi NORM 2

Tadbirkorlik qobiliyati ishlab chiqarishning o`ziga xos omili bo`lib, insonning ishlab chiqarishning boshqa omillarini muayyan kombinatsiyalarda va usullarda birlashtira olish qobiliyatini bildiradi. Bu qobiliyat tadbirkorda mujassamlashadi hamda inson kapitalining alohida turidir. Tadbirkorlik qobiliyati insonda o`z-o`zidan paydo bo`la olmaydi, u insonga tadbirkorlik uchun zarur bilimlar va ko`nikmalarni singdirish yo`li bilan hosil qilinadi. Tadbirkorlik faoliyati insonning shaxsiy fazilatlariga ham bog`liq, chunki ishlab chiqarishni tashkil etishda tadbirkorlik, topqirlik va oqilona tavvakkalchilik talab etiladi. O`z mazmuniga ko`ra tadbirkorlik faoliyati inson mehnatining o`ta yuqori malaka talab etuvchi turidir. Tadbirkorlik faoliyatining ishlab chiqarish omili sifatidagi ahamiyati, ayniqsa, bozor munosabatlari sharoitida ortadi. Chunki bozor sharoitida ishlab chiqarish kuchli raqobat mavjud bo`lgan vaziyatda olib boriladi, tijorat tavakkalchiligi asosida mahsulot yangi turlarini ishlab chiqarishga, yangi texnologiyalardan foydalanishga, resurslarni raqobat orqali qo`lga kiritishga to`g`ri keladi.

Ishlab chiqarish omillarining ushbu tasnifiga muvofiq, iqtisodchilar to'rt xil aspekt turlarini ajratib ko'rsatadilar:



Ishlab chiqarish omillari bozori ushbu omillarning xizmatlari bozori bo'lganligi sababli, ushbu xizmatlar uchun to'lov - omil bahosi yoki uning daromadi deb ataladi. Demak, ish haqi mehnatga haq to'lash, foizlar - kapital "xizmatlari" uchun to'lov, ijara haqi - yerning "xizmatlari" uchun, tadbirkorlik daromadi (foyda) - tadbirkorlik xizmatlari uchun to'lovlar sifatida belgilanadi.

Ilmiy-texnikaviy inqilob yutuqlaridan foydalanish va iqtisodiy aloqalarni o'zgartirish jarayonida zamonaviy ishlab chiqarishning yangi omillari sifatida bevosita ishlab chiqarish kuchi va uning salohiyatiga sezilarli darajada ta’sir kuchiga ega bo’lgan fan, hamda ishlab chiqarishni va sanoatni axborotlashtish va uni ekologik jihatdan zararini kamaytirish ishlab chiqarishni rag’batlantirishi yoki uning o’sishini sekinlashtirish kuchiga ega.

Ishlab chiqarish va iqtisodiy o'sishga bevosita ta'sir etuvchi omillardan tashqari, ularga bilvosita ta'sir qiluvchi omillar ham mavjud. Bunga quyidagilar kiradi: birinchidan, ishlab chiqarish vositalari bozoridagi talab, taklif va narx; ikkinchidan, ishlab chiqarish, mahsulot va xizmatlarning omillarini taqsimlash.




Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling