Mundarija kirish mavzu


Download 1.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/79
Sana13.11.2023
Hajmi1.38 Mb.
#1769615
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   79
Bog'liq
Ma\'lumotlar bazasi Zayniddinov

Nazorat savollari 
1. Relyatsion ma‟lumotlar bazasini rеjalashtirish tushunchalari. 
2. Ma‟lumotlar bazasini hayot siklini keltiring. 
3. Ma‟lumotga samarali murojaatni tashkil qilishga misollar 
keltiring. 
4. Ma‟lumotlar bazasini administratorlash usullari. 
5. Ma‟lumotlar bazasida aloqadorlik chеgaralari tarifini keltiring. 


43 
7-mavzu. Ma’lumotlar bazasini normallashtirish: 1NF, 2NF, 3NF va 
Kodd normal formalari 
Reja 
1. Ma`lumotlar bazasini normallashtirish. 
2. Funksional bog„lanishlar va ularning turlari. 
3. Birinchi normal forma va uning talablari. 
4. Ikkinchi normal forma va uning talablari. 
5. Uchinchi normal forma va uning talablari. 
6. Kodd normal formasi. 
7. Bеrilgan 
munosabatni bir nеcha marta oddiy va kichik 
munosabatlarga ajratish. 
 
Tayanch iboralar: funksional bog„lanish, tranzitiv bog„lanish, 
normal forma, normallashtirish, 1 NF, 2 NF, 3 NF. 
Ma`lumotlar bazasida axborotlarni ko`payishi hisobiga dinamik 
ravishda o„zgarib turadi. Unda yangi ma‟lumot elementlari qo„shiladi. 
Ular orasida yangi aloqalar yoki bog„lanishlar o„rnatiladi va ularni qayta 
ishlashni yangi usullari qo„llaniladi. Bu jarayonda imkoni boricha 
foydalanuvchi yaratgan MB bilan ishlash uchun yaratilgan dastur 
ilovasini kam o„zgartirishga harakat qiladi. Bu muammoni hal qilish 
uchun ma‟lumot elementlarini asosli ravishda guruhlarga birlashtirish 
va ular uchun kalitlarni aniqlash yo„li bilan hal qilinishi mumkin. 
Hozirgi kunda axborot tizimlari ishlab chiqaruvchilar ma‟lumotlarni 
uchinchi normal formada tasvirlab ishlatishni taklif etadilar. 
Funksional 
bog‘lanish 
tushunchasi. 
Relyasion 
MBda 
ma‟lumotlarni tuzilmasidan tashqari ularni sxematik axborotiga ham 
etibor beriladi. MBni tuzilmasi haqidagi axborot munosabat sxemasi
yordamida beriladi. Sxematik axborotlar esa atributlar orasidagi 
funksional bog„lanishlar orqali ifodalanadi. MB munosabatlarida 
atributlarni tarkibini quyidagi talablarga javob beradigan qilib guruhlash 
kerak: 

Atributlar orasidagi zaruriy bo„lmagan takrorlanishlar bo„lmasligi 
kerak. 

Atributlarni guruhlaganda ma‟lumotlar takrorlanishi minimal 
darajada qilib ta‟minlanishi kerak. Bu bevosita ma‟lumotlarni tez qayta 
ishlash imkonini beradi. Bunga normallashtirish jarayoni yordamida 
erishiladi. 


44 
Normallashtirish deganda berilgan munosabatni bir necha marta 
oddiy va kichik munosabatlarga ajratish tushuniladi. Bu jarayonda 
mumkin bo„lgan barcha funksional bog„lanishlar aniqlanadi. 
Masalan A va B atributlar berilgan bo„lsin. Agar ixtiyoriy vaqtda A 
atributni bittadan ortiq bo„lmagan qiymati mos kelsa, unda B atributda 
funksional bog„langan deyiladi va quyidagicha belgilanadi: 
A → B Shaxsiy raqam → Familiya 
Bog„lanishlar 
Mansabi → Maosh
7.1-jadval. Birinchi normal forma 

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling