2.4 Dasturlash tillari: C++ va Java
DASTURLASH TILLARI Ma’lumki EHM berilgan algoritmlarni formal bajaruvchi avtomat hisoblanadi. Shuning uchun, biror masalani EHM da yechish uchun unga mos algoritmni berish zarur. Algoritmni EHM ga uzatishda esa uni maxsus «mashina tili»ga o’girib, mashina kodida yozilgan dasturga aylantiriladi. Shu bilan bir qatorda, turli xil EHM lar uchun turli tillar yaratilgan bo’lib, biror EHM uchun yozilgan dastur boshqa EHM uchun tushunarsiz bo’lishi mumkin. Shunday qilib, har bir EHM faqat o’zining «mashina tili»da yozilgan dasturlarnigina tushunishi va bajarishi mumkin. Mashina kodida yozilgan dasturlarning ko’rinishi juda sodda, chunki bu dasturlar faqat 0 va 1 raqamlarining maxsus ketma-ketligidan tashkil topadi. Bu yozuv mutaxassis bo’lmagan odamga tushunarsiz bo’lib, dastur tuzishda noqulayliklar keltirib chiqaradi. Demak, mashina tilidan foydalanish odam uchun uni qiziqtirgan, ya’ni yechishi kerak bo’lgan masalaning algoritmini ishlab chiqishda va yozishda juda katta qiyinchiliklar va muammolar tug’diradi. Yuqorida aytib o’tilgan qiyinchiliklarni bartaraf qilish, dasturchining ishini osonlashtirish va yaratilgan dasturlarning ishonch-lilik darajasini oshirish maqsadida, yuqori darajadagi dasturlash tillari yoki algoritmik tillar yaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |