Oziq –ovqat mahsulotlariga infraqizil nurlar 6 – 12 mm gacha kirib boradi. Bu chuqurlikka nurlanish energiyasining bir qismigina ta‘sir etadi, ammo 6 – 7 mm qatlamdagi mahsulotning harorati konvektiv isitish usuliga qaraganda juda tez ortadi. Qisqa to’lqin infraqizil nurlar mahsulotning molekulyar strukturasiga ta‘siri va nurning chuqurroq kirishi hisobiga kuchliroq ta‘sir qiladi. Oziq –ovqatlarni infraqizil quritish texnologiyasi, ma‘lum uzunlikdagi infraqizil to’lqinlarni mahsulot tarkibidagi suv yutishi bilan va nisbatan past temperaturalarda (40 – 600 C) namlikdan xalos bo’lishga olib keladi. Bu biologik faol moddalar, vitaminlar, mahsulotning tabiiy ta‘mi va hidini saqlab qolinishini ta‘minlaydi. Mahsulotlarni bu usul bilan quritish ular tarkibidagi biologik faol moddalar va vitaminlarning 80 – 90 % saqlab qolish imkonini beradi. Quritilgan mahsulotni 10 - 20 minut davomida suvda ushab tursak, u o’zining dastlabki tabiiy organoleptik, fizikaviy va kimiyoviy xususiyatlarini tiklaydi. Va istemol qilishga yoki chuqur qayta ishlashga tayyor bo’ladi.
Quritishning bu usulida olingan meva kukunlari antioksidant, shamollash va zaharlanishga qarshi xususitga ega bo’ladi. Oziq –ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda bu usuldan foydalanish kimiyoviy konservantlardan foydalanmaslik imkonini beradi. Infraqizil nurlanish atrof muhitga va undan foydalanayotgan insonlar uchun ham bezarardir. Bunday mahsulotlar 1 yildan ortiq mudat ichida maxsus sharoitlarsiz ham yaxshi saqlanadi. Germetik idishlarda esa saqlash muddati 2 yil.
Quritilgan mahsulotlarning hajmi 3 –4 marta, massasi esa dastlabki xom – ashyoga nisbatan 4–8 marta kamayadi. Infraqizil quritish texnologiyasi sarflanayotgan energiyaning 100% ni to’liq foydali ishga sarflaydi.
Infraqizil nurlanish 40 – 600 C da mahsulot yuzasidagi mikroflorani zararsizlantiradi.
Usulning asosiy afzalliklari
1 kg namlikni bug’latish uchun eng kam energiya sarfi (1kVt∙soat/kg)
Quritish jarayoni 50 – 600C xaroratida olib boriladi – Jarayon tezligi 30 – 200 minutni tashkil qiladi.
|