Kimyoviy texnologiyalaming jarayonlari - bu murakkab fizikaviy - kimyoviy tizimlar, ular ikki xil determmanli - stoxastik tabiatga hamda fa’zo va vaqtda o‘zgaruvchi qiymatlarga egadir. Ularda qatnashuvchi moddaning oqimlari quyidagidek: ko‘p fazali va ko‘p komponentlidir. Fazaning har bir nuqtasida va fazalar chegarasida jarayon o‘tish davrida impuls, energiya va massaning eltuvshi vazifasini bajaradi. Umuman butun jarayon konkret geometrik xarakteristikaga ega bo‘lgan apparatda bo‘lib o'tadi. 0 ‘z navbatida, bu xarakteristikalar jarayonning o‘tish xarakteriga ta’sir etadi. Kimyo-texnologik jarayonlaming muhim xossasi shundan iboratki, hodisalami tashkil etuvchi majmui determinanli-stoxastik tabiatga egadir. Buning tabiati apparatdagi modda - issiqlik o‘tkazish va kimyoviy o‘zgarishlarga gidrodinamik muhitning stoxastik xossalarini qoplashida ayon bo‘ladi. Bu fazalar komponentlarini tashkil etuvchilarining tasodifiy o‘zaro ta’sirlashishi (zarrachalar to'qnashishi, ulami maydalanishi, koalessensiyasi, apparat hajmi bo'yicha tasodifiy tarqalishi bilan) yoki apparatdagi geometriya xarakterini chegaraviy shartlari (tartibsiz yotqizilgan nasadka elementlarining tasodifiy joylashishi, katalizatoming donalari, siljuvchi muhitlar fazalararo chegarasining ishlab chiqaruvchi orientatsiyasi va sh.o‘.) bilan izohlanadi. Shunga o‘xshash turli tizimlar va komponentlaming tashkil etuvchilarini o‘ta murakkab o‘zaro ta’sirlashishi bilan xarakterlanadl, buning nattfasida ulami klassik determinanlangan moddani olib o‘tish va saqlash qonunlar pozitsiyasidan o‘rganish imkoni yo‘q. Kimyoviy-texnologik jarayonlami qanday o‘rganish mumkin? Bu muammoni yechish kalitini matematik modeilash usuli beradi. Bu usul tizimli tahlil strategiyasiga asoslanadi. Bu strategiyaning. mohiyati - jarayonni murakkab o'zaro ta’sirlanuvchi ierarxik tizim deb, uning strukturasini sifatli tahlillab, matematik ifodasini ishlab chiqish va noma’lum parametrlarini baholashdan iboratdir. Masalan, yaxlit suyuq muhitda zarralar, tomchilar yoki gaz pufakchalar ansamblini harakatlanish jarayonida paydo bo'layotgan hodisalar qaralganda, samaralar ierarxiyasining beshta sathi ajratiladi:
|