Mundarija Kirish tog‘ jinslarini qazib olishga tayyorlash


III. KON MASSASINI TAShISh


Download 0.92 Mb.
bet10/14
Sana15.06.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1486550
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
ruslan2

III. KON MASSASINI TAShISh.

Karer yuklarini tashish karerlarda eng ko‘p energiya sarf bo‘ladigan jarayon hisoblanadi. Ochiq kon ishlaridagi umumiy xarajatlar ichidan transport xarajatlari 60-70% ni tashkil qiladi. Ochiq kon ishlarida kon ishlari olib borishda tog‘ jinslari, foydali qazilmalar, foydali komponentlar miqdori kam bo‘lgan foydali qazilmalar va materiallar tashilishi kerak. Tashiladigan yuk turiga va yo‘nalishiga qarab ochuvchi va foydali qazilma yuk oqimlari tarkib topadi. Yuk oqimlari zaboylardan boshlanib, noruda tog‘jinslar ag‘darmalarida yoki foydali komponentlar miqdori kam rudalar ag‘darmalarida yoki foydali qazilma zaxiralarida tugaydi.


Karer yuklarini tashishchun deyarli barcha transport turlari qo‘llaniladi, ular ish prinsipiga qarab quyidagilarga bo‘linadi:

  • uzluksiz (konveyerli, truboprovodli, osma po‘lat arqon yo‘lli);

  • siklli (temir yo‘l, avtomobil, skipli, yuk ko‘taruvchiqurilmalar, konveyer poezdlari).

Uzluksiz transport turi unumlirok trnansport turi bo‘lib,kon ishlarini uzluksiz olib borilishini, boshqarishni avtomatlashtirishni va yuqori ish unumdorligini ta’minlaydi. Uning qazuvchi-yuklovchi va ag‘darma hosil qiluvchi texnikalar bilan birgalikda ishi butunlay avtomatlashtirilgan yuqori unumdorlikka ega bo‘lgan komplekslarni tashkil qilib, tog‘ jinslarini qazib olishga xizmat qiladi. Masalan, rotorli ko‘p cho‘michli ekskavatorlar, konveyer transporti, transport-ag‘darma ko‘prigi yoki ag‘darma hosil qiluvchi komplekslari. Karerlarda tog‘ jinslarini qazib olishda uzluksiz ishlaydigan komplekslarni qo‘llaganda yuk oqimini soddalashtiradi, karerlarda uskunalarni ishlatish darajasi ortadi.
Foydali qazilma konlarini ochiq usulda qazib olishda kon massasi karer transportlari yordamida tashiladi. Karer transportining vazifasi – foydali qazilmani zaboydan yuklovchi bunkergacha yoki boyituvchi fabrikalargacha, qoplovchi tog‘ jinslarini esa ag‘darmalargacha tashishdan iborat.
Karerlarda kon massasini tashish uchun turli ko‘rinishdagi karer transportlaridan foydalaniladi. Asosiy transport vositalari:
-temir yo‘l transporti;
-avtomobil transporti;
-konveyer transporti.



Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling