Mundarija: kirish


Pedagogik aloqa qilish madaniyati


Download 122.52 Kb.
bet4/20
Sana26.07.2023
Hajmi122.52 Kb.
#1662586
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Mundarija kirish-fayllar.org

Pedagogik aloqa qilish madaniyati suhbatdoshni eshitish va eshita olishda, savollar bera olishda, aloqani amalga oshirib boshqani tushuna olishda, muloqotning qiyin holatlarini ko’ra olish va odamlardagi ta’sir holatini to’g’ri taxlil qila bilishda, muloqotga tayyorlanish va muloqotga bo’lgan xohishlarda ko’rinadi.

Pedagog uchun eng zaruri nutq madaniyatini egallashdir. O’qituvchining nutqi kundankunga o’quvchilar uchun ibratli bo’lib borib, ularning nutq madaniyatini shakllantirishga yordam berishi kerak. Nutqning grammatik to’g’riligi, uning leksik boyligi, yaxshi ifodalanganligi, obrazliligi, nutq texnikasini egallaganligi o’qituvchining turli xil kasbiy masalalarni sifatli yechishiga imkon beradi. O’quvchilarning yangi materialni tushunib va o’zlashtirib olishlari uchun o’qituvchi nutqining takomillashganlik darajasi muhim ahamiyatga egadir. Bolalar pedagogning nutqiy ma’lumotlariga sezgir bo’ladilar. Biror bir tovushlarni noto’g’ri talaffuz qilinishi bolalarda kulguni chaqiradi. Nutq insonning ongida paydo bo’lgan fikrning nutq tovushlariga til yordamida ko’chishidir. Nutq ta’sirli yoki ta’sirsiz, to’g’ri yoki noto’g’ri bo’lishi mumkin. Nutq orqali kishi holatini tushunish – kishilar o’z nutqlarida o’zlarida kechayotgan jarayonni namoyon qiladilar. SHu holatni tushunishdir. Monoton nutq bolani zeriktiradi, noaniq intonatsiya esa yaxshi o’zaro yaqin suhbatning uyushtirilgandan baland ton bolalarda ishonchsizligini keltirib chiqaradi. Tovush odamlarda tabiatan beriladi, ammo bu esa juda ham ko’p uchraydi. Hamda yaxshi tovush maxsus mashqlarsiz yillar o’tgan sari buziladi, o’zgaradi.
Pedagogik nutq quyidagilarni ta’minlab berishi mumkin:
A) pedagog va o’quvchilar orasida o’zaro ta’sir etish va muloqotning natijaliligini;
B) faoliyat motivlarini, tushunchalarni to’g’rilash va shakllantirish maqsadida o’quvchi, bolalar tafakkuriga, his–tuyg’ulariga ijobiy ta’sir etish kerak;
V) ta’lim berish jarayonida bilimlarni to’liq tushuntirish va mustahkamlash, o’zlashtirib olish;
G) o’quvchilarning amaliy va o’quv faoliyatini samarali tashkil etish;
O’qituvchi nutqining o’ziga xosligi - o’quvchilarga yo’nalganligi bilan bog’liqdir. Kuzatuvchan o’qituvchi mavzuni tushuntirishda o’quvchilarga qanday ta’sir etishni hisobga olgan holda ish yuritadi.


Download 122.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling