Mundarija ma'ruza matеriallari


O‘zbekiston dorivor o‘simliklarini madaniylashtirish


Download 1.01 Mb.
bet36/98
Sana27.01.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1129547
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   98
Bog'liq
Мажмуа ресурс

O‘zbekiston dorivor o‘simliklarini madaniylashtirish. Kimyoviy sintez yo‘li bilan olingan kimyoviy birikmalar o‘simliklardan olinadigan dorivor moddalarni batamom o‘rnini bosaolmaydi, ularning terapevtik faolliklari ko‘pincha toza bitta kimyoviy moddaga bog‘liq bo‘lmay, biologik faol moddalarni (BFM) kompleks ta’siri bilan belgilanadi. Uning ustiga ayrim BFM ni masalan xanuzgacha sintez yo‘li bilan yurak glikozidlari va boshqalarni sintez qilishni iloji bo‘lgani yo‘q.
Ko‘pincha DO‘larni (dorivor o‘simliklar) chuqur o‘rganish, ular tarkibidagi yangi, fanga no’malum bo‘lgan qimmatli moddalarni, yoki ushbu ishlatilib kelinayotgan DO‘M (dorivor o‘simlik mahsuloti)ni yangi xossalari (farmakologik ta’siri) borligi aniqlanmoqda.
Masalan, strofantin K (yurak-qon tomir xastaliklarida qo‘llaniladi) Afrikada o‘sadigan strofant kombe o‘simligi urug‘idan olinadi. MDXlarida esa ushbu o‘simlikni introduksiya qilishni iloji bo‘lmadi, shuning uchun strofantin K ni olish uchun urug‘ini chet ellardan keltirilmoqda.
Hozirgi vaqtda strofantin K introduksiya qilingan kendir o‘simligini ildiz va ildizpoyasidan olinmoqda. Quyidagi 9 jadvalda O‘zR FAga qarashli Toshkent shahrida joylashgan Botanika bog‘i hududida introduksiya qilinib o‘stirilayotgan ayrim DO‘lar to‘g‘risidagi ma’lumotlar keltirilgan. Botanika bog‘i olimlari O‘zbekistonda Dorixonalar Bosh Boshqarmasi buyurtmasiga muvofiq qizil angishvonagul, dorivor marmarak, dorivor valeriana, qalampir yalpiz va boshqa dorivor o‘simliklarni introduksiya qilish mumkinligini aniqladilar.
1946 yili Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya kafedrasi ishtirokida Botanika bog‘ida dorivor o‘simliklarni introduksiya qilish, madaniylashtirish maqsadida dorivor o‘simliklar maydoni (uchastkasi) tashkil qilindi va tadqiqot ishlari boshlab yuborildi.
1953 yilga kelib Botanika bog‘ini dorivor o‘simliklar bo‘limidagi dorivor o‘simliklar kolleksiyasi soni 170 turdan ortib ketdi.
Introduksiya qilish bo‘yicha olib borilgan tajribalar natijasida Toshkentda katta maydonlarda kendir, bo‘lakli ituzum, parpi, sekurinega, marmarak, moychechak va boshqa qimmatli dorivor o‘simliklarni O‘zbekistonni iqlim sharoitida ekib hosil olish mumkinligi aniqlandi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling