Mundarija ma'ruza matеriallari


Amaliy mashg’ulotning tashkiliy tuzilishi va xronometraji


Download 1.01 Mb.
bet89/98
Sana27.01.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1129547
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   98
Bog'liq
Мажмуа ресурс

Amaliy mashg’ulotning tashkiliy tuzilishi va xronometraji:
-Talabalarning davomati va darsga tayorlanish darajasini aniqlash - 20 daqiqa
- O’qituvchi tomonidan mavzu bo’yicha bajariladigan ishlarni tushuntirish - 10 daqiqa
- Mashg’ulotda magistratura talabalairning mustaqil shug’ullanishi - 30 daqiqa
- natijalarni umumlash va ularni bayonnama daftariga to’gri rasmiylashtirish nazorati - dars davomida
- Mazkur mavzu bo’yicha talabalarning o’zlashtirish darajasini yakuniy nazoratdan o’tkazish - 5 daqiqa
- Keyingi amaliy mashg’uloti uchun uyga - 5 daqiqa


Mavzu14. DORIVOR ƠSIMLIKLARNI RESURSLARIDAN OQILONA FOYDALANISH.
Mavzuning maqsadi: Magistratura таlаbаlаrigа dorivor o`simliklar . resursshunoslik k izlanishlar amaliy asoslari atroflicha tavsif beriladi.
Kerakli jihozlar: mavzuga oid adabiyotlar (darslik, X va XI Davlat farmakopeyalari), kariografik atlaslar, dorivor o’simliklari turlarining gerbariy na'munalari. Optik qurollor.
Mavzuning qisqacha mazmuni: Dorivor o‘simlik mahsuloti sifatiga va uni hosildorligiga antropogen faktorlarni ta’siri biosferani tarkibi va rejimini o‘zgartirishga ta’sir qiladigan asosiy antropogenlarga quyidagilar kiradi:
havoga sanoat chiqindilarini chiqarib ifloslantirish, sanoat axlatlari va boshqa tashlab yuboradigan chiqindilar.
sug‘orish tizimi, sug‘orish, erlarni haydash va maydonlarni suvga bo‘ktirish, haddan tashqari chorvachilk hayvonlarini boqish, o‘tlarni yig‘ish, daraxtlarni kesish va olib ketish;

  • maydonlarda qurilish ishlarini olib borish, transport yo‘llarini qurilishi;

  • shovqin-suron, elektromagnit ta’siri, radiatsiya fonini ortishi;

  • ommaviy dam olishni tashkil qilinishi va bular ta’sirida erni tepkilab, zichlantirib va bulg‘otib, ayrim joylarda yong‘inlar uyushtirilishi;

  • ko‘plab o‘simliklarni terib ketish va hayvoylarni o‘ldirish, shu jumladan kommersiya maqsadida (brakonerstva).

  • bu ta’sir qiladigan faktorlarni shartli ravishda 2 ga bo‘lish mumkin, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiladigan (bevosita), bilvosita (kosvenno).

  • to‘g‘ridan-to‘g‘ri (bevosita) ta’sirga (yig‘ish, yo‘q qilish) uchastka biosferasi holatiga ta’sir qiladi (to‘g‘ridan-to‘g‘ri).

  • insonlarni biosferaga kosvenno ta’siri, ayrim hollarda kim va qachon ta’sir qilganini vaqt o‘tib ketgani tufayli aniqlash qiyin bo‘ladi va yomon oqibatlrga olib kelishi mumkin.

  • tabiiy muhitga eng ko‘p ta’sir qiladigan, shu jumladan dorivor o‘simliklarga ham – bu texnogen faktorlardir.

Dorivor o‘simliklarni ifloslanishini o‘rganishni dolzarbligi shundaki, zaralangan dorivor o‘simliklar inson organizmiga tushadigan biofaol modda bilan bir vaqtda zaharli moddalarni manbaasiga aylanib qolishi mumkin. og‘ir metallar, politsiklik aromatik uglevodorodlar, ftoridlar, mishyak, radionukleidlar, uy chiqindilari, foydali qazilmalar, rangli va qora metallurgiya, mashinasozlik, elektr energiya ishlab chiqarish. pestitsidlar, nitratlar va nitritlar o‘simlik to‘qimalarida, qishloq xo‘jalik zararkunandalariga har xil kimyoviy reaktivlarni qo‘llash natijasida to‘planadi.
Dorivor o‘simlik mahsulotlari sifatini reglamentirovat qilinayotganda, ksenobiotiklar (pestitsidlar, nitrat va nitritlar va x.o.) va og‘ir metallar mutlaqo mahsulot tarkibida bo‘lmasligi kerak.
Og‘ir metallar deb atom massasi 40 dan ortiq va atom nomeri 20 dan ortiqlari aytiladi. ularni reaksiyaga tez va oson kirishib ketishi va kompleks hosil qilishi, yuqori biokimyoviy va fiziologik faolligi bilan ajralib turadi. o‘simliklar tarkibida og‘ir metallarni, ayniqsa pb, cd, hg bo‘lishi, antropogen ta’sirlarni natijasi deb hisoblanadi.
Dorivor o‘simlik mahsulotlari va oziq-ovqatlardagi og‘ir metallarni bo‘lishi biosferani zararlanganligidan dalolat hisoblanadi va ularni to‘planishiga quyidagi faktorlar sababidan bo‘ladi:
Yerdagi metalni konsentratsiyasi;
Muhitdagi metalni shakli (formasi);
O‘simlik turlaridagi modda almashinuvini o‘ziga xosligi, hamda ularni rivojlanishi;
Ma’lum yashash sharoitiga o‘simlikni moslashish darajasi.
Dorivor o‘simlik mahsulotlari (do‘m) (yovvoyi holdagilari) tayyorlash odatda transport yo‘llariga yaqin maydonlarda tashkil qilinadi. do‘mni benz(a)piren va metal birikmalari bilan zararlanganligi (ifloslanganligi) shu yo‘llardan qatnaydigan transportlarni soniga bog‘liq, yo‘l bilan mahsulot orasiga, o‘simlikni morfologiyasiga ham bog‘iq. do‘m tarkibidagi benz(a)piren shaharda va shahar tashqarisidagi mashina yo‘llariga yaqin bo‘lganda bir sutkada 1000 dan ko‘p avtomobil o‘tganda ko‘p bo‘lib, mashinalar 1000 dan kam bo‘lganda esa nisbatan kam bo‘lishi aniqlangan. yo‘ldan 200 m naridagi do‘m dagi benz(a)piren miqdori doimiy ekanligi aniqlangan. agar begona moddalar do‘m tarkibida erdagidan ko‘p bo‘lsa, aytish mumkinki atmosfera havosi u moddalar bilan ko‘p ifloslangan. agar bir xil klimatik sharoitda bo‘lsaku, ammo joylarda og‘ir metallar bilan zararlnganligi ko‘p bo‘lsa, u holda bu zararlanganlik shu erga yaqin bo‘lgan sanoat tufayligi ham aniqlangan. agar og‘ir metallardan ftoridlar, mыshyaklar 3,5 km radiusda tarqalgan bo‘lsa, ularni miqdori epitsentrda ko‘p bo‘lib, epitsentrdan uzoqlashgan sari kamayib boradi.
Yerdagi kimyoviy elementlar dorivor o‘simliklardagi (do‘) biofaol moddani biosinteziga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
Yurak glikozidlari saqlovchi mahsulotlar mn va mo elementlarini to‘playdi, saponinlar esa – mo, v, sr, cu, mn to‘planishiga olib keladi.
Geokimyoviy tomondan ko‘p elementlar saqlaydigan erda o‘sgan do‘ boshqa joylardagidan biofaol moddalar (bfm) miqdori bo‘yicha farq qiladi. bfm sintezini borishi, o‘simlik va muhitdagi elementlarni konsentratsiyasi va o‘zaro ma’lum nisbatda bo‘lgandagina mo‘‘tadil bo‘ladi.
Ayrim og‘ir metallarni do‘larni ayrim organlarida to‘planishi shu do‘ fiziologik va morfologik o‘ziga xosligiga ham bog‘liq.
Do‘larni barg plastinkasini yuzasi kattalari boshqalardan ko‘ra og‘ir metallar (om) changini ko‘proq to‘playdi, ularni tozalash natijasida om miqdori 14-50% kamayishi mumkin.
Ayrim o‘simliklar, ayniqcha qalampirmunchoqlar, karamdoshlar va boshoqdoshlar mikroelementlar va zaharli og‘ir metallarni ko‘proq to‘playdilar.
Shunday qilib do‘larni tejamkorlik bilan foyalanishni ajralmas, kerakli bir bo‘limi do‘larni muhofaza qilish masalalarini echish bo‘lsa, ikiiknchi tomondan o‘simliklarni genofondini saqlab qolish, hamda do‘ga bo‘lgan ehtiyojni qondirishga ham erishiladi. atrof muhit qonunlarini bilish, insonlarni xo‘jalik faoliyatlarini olib borishlari bilan bog‘liq salbiy oqibatlarni minimumga keltiradi, chunki odamlarni xo‘jalik faoliyati tufayli tabiatga ta’siri ham biosferani elementi hisoblanadi.
O‘simliklar va hayvonot turlari (genofondi)ni saqlab qolishni eng zarur va kerakli yo‘nalishi qizil kitob chop etilishi hiosblanadi. bu esa o‘z navbatida spravochnik va yuridik maqomiga ega bo‘lgan hujjat hisoblanadi.



Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling