Mundarija o‘quv materiallari


-mavzu. Ta’limda psixologik xizmat o’rni


Download 84.08 Kb.
bet5/18
Sana14.10.2023
Hajmi84.08 Kb.
#1702299
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Ta\'lim majmua (3)

2-mavzu. Ta’limda psixologik xizmat o’rni.


Reja:
1.Ta’limni modernizatsiya qilish bosqichida psixologik xizmat. Zamonaviy ta’limni psixologik ta’minlash.
2.Ta’lim tizimida psixologik xizmat maqsadi va vazifalari.
3.Ta’lim psixologiyasi; qullab-quvvatlar maydoni; kuzatuv maydoni. 4.Ta’limni psixologik ta’minlashga extiyoj tug’diradigan omillar.
1.Ta’limni modernizatsiya qilish bosqichida psixologik xizmat. Zamonaviy ta’limni psixologik ta’minlash.
Jahon psixologiyasi fanining boy tajribasida amaliy psixologlar tayyorlash bo‘yicha nazariy va amaliy ahamiyatga molik ijobiy, tatbiqiy ma’lumotlar muayyan darajada umumlashtirilgan. O‘tgan asrning 60-yillaridan boshlab AQSh, Angliya va boshqa shu kabi rivojlangan mamlakatlarda psixologik muammolarga juda katta e’tibor qaratila boshlandi. Hozirgi kunga kelib har bir sohada psixologlar jalb qilingan. Har bir sohada psixolog maslahatiga ehtiyoj sezilmoqda.
Inson qalbini qanday tushunmoq kerak? Nima uchun insonlar turli xil qobiliyatlarga egalar? Ruh nima va uning tabiati qanday? Bunday savollar insonlarni asrlar davomida qiynab kelgan, ular o‘zlarining savollariga javob topa boshlashgan.
Insonni o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqotlarning yana bittasi B.G. Ananev tomonidan taklif qilingan bo‘lib, u inson psixikasini o‘rganishda yangi metodologik uslubni ishlab chiqqan. U insonga xos bo‘lgan to‘rtta asosiy sifatlarni ajratgan: individ, sub’ekt faoliyati, shaxs va individullik.
Umuman, bugungi kunda xalq orasida psixologlar haqida turli xil mulohazalar uchramoqda. Biz ularni ba’zilarini tahlil qilishga harakat qilamiz:
1. Psixologiya'>Psixologiya − bu insonning psixik jarayonlari kechishini biladigan fandir, psixologlar insonning ichki ruhiy holatini yaxshi biladi.
2. Psixolog − bu insonlar bilan tez muloqotga kirisha oladigan va odamlarni tushuna oladigan mutaxassis hisoblanadi.
3. Psixolog − bu insonlarning hatti-harakati, hissiyotlari, boshqalarning fikrini boshqara oladigan va shunga maxsus o‘rgatilgan insondir. U shunga xos bo‘lgan texnikalardan foydalana oladi, masalan, gipnoz yo‘li bilan.
4. Psixolog − bu o‘zini yaxshi tushuna oladigan va har qanday vaziyatda ham o‘zini boshqara oladigan inson.
5. Psixolog − bu hayot haqidagi ko‘proq tasavvurlarga ega bo‘lgan donishmanddir, uning vazifasi qiynalgan insonlarga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib, hayotda o‘z yo‘lini yo‘qotganlarga to‘g‘ri maslahatlar berilishi bilan alohida ajaralib turadi.
Psixolog − bu insonlar bilan tez muloqotga kirisha oladigan va odamlarni tushuna oladigan inson hisoblanadi.
Kasb tushunchasi nima ekanligini aniqlab olishimiz zarur. Taniqli psixolog Ye.A. Klimov kasbning turli xil holatlarini quyidagicha tahlil qilgan:

  1. Kasb- bu insonlarni ma’lum bir holatlaridagi bir xilligidir. To‘g‘ri, turli xil kasb egalarining yashash sharoitlari turlicha bo‘lishi mumkin. Hattoki bitta kasbda ham yashash darajasi turlicha bo‘lishi mumkin. Bunda ularning oldiga qo‘ygan maqsadlari ham muhim o‘rin tutadi, biroq kasblaridagi boshlang‘ich qadriyatlar bir-biriga yaqin bo‘ladi.

  2. Kasb insonlarning hatti-harakatlarini ajratadigan holatdir. Bunda psixolog mutaxassis sifatida o‘zini qanday namoyon qilishi ko‘zda tutilgan. Ma’lumki psixologiya sohasi hali ham o‘rganilayotgan va qarimaydigan sohalardan biri hisoblanadi. Ularning usullari ham takomillashib bormoqda.

  3. Shaxs xususiyatlari uning kasbiy faoliyatida yaqqol ko‘rinadi. Bu esa kasb va shaxs uyg‘unligini ta’minlashga xizmat qiladi.

  4. Kasb bu tarixiy rivojlanuvchi tizim hisoblanadi. “professiya” so‘zi lotinchadan olingan bo‘lib "barchaning oldida gapirmoq" so‘zini beradi. Kasbning o‘zi insonlarning yashash sharoitlariga qarab o‘zgaradi. Asosan, psixologiya kasbi mashhur bo‘lgan shaxslarning hayoti bilan bog‘liq holda amalga oshirilgan.

  5. Psixologiya kasbi reallikdir, bu sub’ektning o‘zini shakllanish imkoniyatini yaratadi. Demak, psixologiya kasbida insonlarning hatti-harakati orqali xulosaga kelishi mumkindir. Bunda yo‘riqnomalar ish bermasligi mumkin. Psixologiya sohasida insonlarga yordam berish holati eng ustun jihatlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Kasb tushunchasidan tashqari yana bir nom mavjud, bu mutaxassislik hisoblanadi. Masalan, psixologiya sohasi ijtimoiy psixologiya mutaxassisligi bo‘lishi mumkin. Umuman olganda kasb o‘z ichiga quyidagi tavsiflarni kiritadi:

  1. Bu mehnatning chegaralangan ko‘rinishi bo‘lib, psixolog uchun boshqa mutaxassislar bilan hamkorlik qilish maqsadga muvofiqdir.

  2. Bu kasb doimiy maxsus tayyorgarlikni talab qiladigan holat bo‘lib, bunda mutaxassislar doimiy tarzda malakalarini oshirishlari talab qilinadi.

  3. Bu ma’lum bir maqtovlar, taqdirlash usullari kerak bo‘lgan kasblardan biri hisoblanadi.

  4. Jamiyat uchun foydali bo‘lgan kasblardan biri hisoblanadi.

  5. Bu kasb insonlarga ma’lum bir statusni berishi mumkin.

Hammaga ma’lumki, ko‘pgina insonlar o‘zlarini yaxshi psixolog deb hisoblashadi, ularning bu fikrga kelganliklariga sabab ular insonlar bilan muloqot qilishadi, boshqalarga hamdard bo‘la olishadi. Hayotiy psixologiya insonlarning hayotida kerak bo‘lgan sohalardan biri hisoblanadi, hattoki haqiqiy psixologlar ham bir necha bor hayotiy psixologiyaga murojaat qilishadi.


Download 84.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling