Mundarija o‘quv materiallari


Download 84.08 Kb.
bet16/18
Sana14.10.2023
Hajmi84.08 Kb.
#1702299
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Ta\'lim majmua (3)

Psixolog-diagnost maktabda psixodiagnostik metodlarga qiziqadi. U doim turli sinf o‘quvchilarida test sinovlarini o‘tkazadi, har bir o‘quvchiga individual karta to‘ldiradi, unda test natijalarini aks ettiradi hamda o‘quvchi taraqqiyoti dinamikasini tasvirlaydi. Shuni ta’kidlash joizki, psixodiagnostik ish doimo rivojlantiruvchi va psixokorreksion ishlar bilan to‘ldirilishi lozim. Agar maktabda ikki psixolog ishlasa nur ustiga nur. Ulardan biri diagnostik ishlar bilan, ikkinchisi korreksion ishlar bilan shug‘ullanadi. Birinchi psixolog olgan natijalar, ikkinchi psixologning tuzatish ishlari uchun negiz bo‘ladi, ikkinchi psixologning psixokorreksiya natijalari diagnostik materialni to‘ldiradi.
Psixolog - erudit maktabda psixologik seminarlar o‘tkazish va leksiyalar o‘qish bilan shug‘ullanadi. U o‘qituvchilar orasida psixologik bilimlarni ommalashtirish bilan shug‘ullanadi. Albatta, bunday ish maktab uchun zurur, faqat bu bilan chegaralanib qolmaslik zarur. Leksiya va seminar ishlari psixodiagnostik tadqiqotlar va korreksion mashg‘ulotlar bilan to‘ldirilishi lozim.
Psixolog - novator maktabga o‘zining ta’lim va tarbiya haqidagi nazariyasi bilan keladi. Maktabni qayta qurish, ta’limning innovatsion dasturlarini tatbiq qilish bilan shug‘ullanadi. Ko‘p o‘tmasdan novatorlik faoliyatiga layoqatli o‘qituvchilar darslarini tabiat qo‘ynida dialog yoki bahs shaklida o‘tkaza boshlaydilar. Maktabda o‘qituvchilar va o‘quvchilar o‘z
ma’ruzalari bilan chiqadigan ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil etiladi, o‘quvchilar uchun ularning qiziqishlari bo‘yicha turli klublar tashkil qilinadi. Natijada qayta tug‘ilgan va yangilangan maktabda jo‘shqin va qiziqarli hayot boshlanadi.


7-mavzu. Ta’lim muassasasi psixologining psixoprofilaktik faoliyati.
Reja:
1.Ta’lim muassasida psixologning psixoprofilaktik ishlarini yo’lga quyish.
2.Prixoprofilaktika talablari va vazifalari.
3.Ta’lim muassasasi psixologining psixoprofilaktik faoliyati samaradorligi kursatkichlari va shartlari.

Download 84.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling