Mundarija o‘quv materiallari


Psixolog faoliyati prinsiplari. Psixologning axloqiy kodeksi


Download 84.08 Kb.
bet12/18
Sana14.10.2023
Hajmi84.08 Kb.
#1702299
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
Bog'liq
Ta\'lim majmua (3)

2. Psixolog faoliyati prinsiplari. Psixologning axloqiy kodeksi.
Psixologik xizmat hozirgi zamon ta’lim tizimining ajralmas komponent (bo‘lak)i bo‘lib, bolalarga ta’lim va tarbiya berishda ularning aqliy va shaxsiy imkoniyatlarini, bolada mavjud qobiliyatlarni, qiziqishlarni va intilishlarni o‘z vaqtida aniqlash va ulardan maksimal to‘liq ravishda foydalanishni ta’minlab beradi. Agar so‘z o‘z rivojlanishida ko‘pchilik bolalardan orqada qolayotgan
bolalar to‘g‘risida boradigan bo‘lsa, bunday holda psixologning vazifasi taraqqiyotidagi bunday orqada qolishning sabablarini aniqlash va ularni
bartaraf etishga qaratilgan bo‘ladi. Agar psixolog iqtidorli bolalar bilan ishlashiga to‘g‘ri kelsa, bunday holda bolalarning qobiliyatlarini ertaroq aniqlash va ularni yanada rivojlanishini ta’minlashga ko‘maklashishi psixologning asosiy vazifalaridan biriga aylanadi.Ta’lim tizimidagi psixologik xizmatning yana bitta qiyin vazifasi shundan iboratki, butun bolalik davri davomida ta’lim va tarbiyaning sifatini oshirish maqsadida ta’lim va tarbiya jarayonlarini doimiy ravishda nazoratda ushlab turish kerak. Bu yerda ushbu pedagogik jarayonlar bola psixik taraqqiyotining tabiiy va ijtimoiy qonuniyatlarga to‘la mos ravishda, ta’lim va tarbiyaning psixologik nazariyalarining asosiy qoidalariga mos ravishda tashkil etish zaruriyati tushuniladi. Bu yerda psixolog ishining amaliy maqsadi o‘quvchilarga ta’lim va tarbiya berish mazmuni va metodlarini psixologiya fani nuqtai nazaridan baholash, turli yoshdagi bolalar taraqqiyoti to‘g‘risidagi ilmiy ma’lumotlarni hisobga olgan holda ushbu mazmun va metodlarni mukammalashtirish bo‘yicha tavsiyalar berish bilan bog‘lik bo‘ladi. Psixologik xizmatning maqsadi shaxsning har tomonlama shakllanishi, rivojlanishi, samarali ijtimoiylashuvi va moslashuvi, bolalar rivojlanishining barcha yosh davrlarida psixologik salomatligini muhofaza qilish uchun psixologik-pedagogik shart-sharoit yaratishdan iborat.Ta’lim tizimidagi psixologik xizmat yechadigan navbatdagi muhim vazifa - pedagogik jarayonining bevosita ishtirokchilari: bolalar, o‘qituvchilar, ota-onalar va ta’lim tizimidagi raxbarlarga psixologning amaliy ta’sir ko‘rsatishdan iboratdir. Bu vazifa ushbu odamlarga ta’lim va tarbiya jarayonida bevosita psixologik yordam ko‘rsatishni nazarda tutadi. Bu yerda psixolog pedagog, psixoterapevt, konsultant, korrektor rollarida faoliyat ko‘rsatadi. Yurak qon tomir tizimi, oshqozon ichak trakti tizimi bilan bog‘liq kasalliklarning ko‘pchiligi psixogen asosga ega ekanligini hozirgi kunda isbotlangan. Xuddi shunday odamning endokrin tizimi ham, xatto xulq-atvori ham shunday asosga ega. Bu sohada amaliy ish bilan shug‘ullanar ekan, psixolog bu ko‘rinishdagi kasalliklarning paydo bo‘lishi va zo‘rayishini oldini olishga harakat qiladi, kasallikni davolash uchun yaxshi organik reaksiyalar chaqirish maqsadida odamning psixologiyasiga va xulq-atvoriga ta’sir ko‘rsatadigan maxsus metodlarni qo‘llaydi.Ta’lim tizimining boshqaruv tuzilmasi xodimlari umumiy psixologik yordamdan tashqari guruhdagi va jamoadagi odamlarni boshqarishga taaluqli bo‘lgan boshqaruv psixologiyasi bo‘yicha bilimlarga ham muhtoj bo‘ladilar. Ta’lim tizimining rahbar xodimlariga boshqaruv psixologiyasidan, odamlarning o‘zaro munosabatlaridan, guruhfaoliyatining samaradorligidan qo‘shimcha bilimlar zarur. Bolalarni ta’limi va tarbiyasiga bog‘liq barcha katta yoshdagi odamlar bolalarning
rivojlanishini va ularni boshqarishni chuqurroq bilishni ta’minlaydigan psixologik bilimlarga muhtojdirlar. Bunday bilimlar minimal - zarur miqdorda pedagogik oliy o‘quv yurtlarida beriladi, ammo vaqt o‘tishi bilan bu bilimlar qisman yoki butunlay eskiradi, unutiladi, ya’ni ularni to‘ldirish va yangilash zaruriyati tug‘iladi. U yoki bu pedagogning professional ishi davomida bunday bilimlarni korreksiya qilishni ham psixologik xizmat amalga oshiradi.



Download 84.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling