5-mavzu. Ta’limda amaliy psixologning etik norma va qoidalari. Psixologik xizmatning normativ va ishchi xujjatlari.
Reja:
1.Amaliy psixologning o’z vazifalarini bajarayotgan tizimida professional faoliyati.
2. Psixolog faoliyati prinsiplari. Psixologning axloqiy kodeksi.
3.Ta’lim muassasasida psixolog faoliyatini belgilovchi xujjatlar. Ishchi xujjatlarni psixolog tomonidan rasmiylashtirilishi.
1.Amaliy psixologning o’z vazifalarini bajarayotgan tizimida professional faoliyati.
Bugungi kunda o‘quvchilarga ta’lim berish va ularni tarbiyalash mavjud ilmiy psixologik bilimlarga tayangan holda olib borilishi uchun ta’lim tizimida psixologik xizmat tashkil etilmoqda va u ishlab turibdi. Bu xizmatda "psixologiya" mutaxassisligiga ega bo‘lgan oliy ma’lumotli mutaxassislar ishlashi kerak. Bu xodimlar bolaning chaqaloqlik davridan boshlab to yuqori sinfgacha (ilk o‘spirinlik) bo‘lgan davrida uni o‘qitish va tarbiyalash, uning taqdiri bilan bog‘liq bo‘lgan barcha savollarni yechishda ishtirok etadilar. Bola tug‘ilgandan to maktabni tamomlagunga qadar butun hayoti davomida mutaxassis psixolog e’tiborida bo‘lishi kerak. Demak, 16-18 yil davomida bolaning psixologik rivojlanishi tizimli ravishda kuzatilib borilishi kerak. Bu davr mobaynida doimiy psixodiagnostik o‘rganishlar amalga oshiriladi bola psixik taraqqiyotining xarakteri va tezligi baholanadi, bolani o‘qitish va unga tarbiya berish yuzasidan tavsiyalar beriladi, va ularni amalga oshirish nazorat qilinadi. Psixologik xizmat xalq ta’limi tizimining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, Xalq ta’limi tizimidagi psixologik xizmat respublikadagi yaxlit psixologik xizmatning eng muhim jabhasi hisoblanadi. Psixologik xizmat O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis Markazining tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi. Maktablardagi psixologik xizmat o‘rta maxsus ta’limning zaruriy tarkibiy qismidir. Bu xizmatning zaruriyligi maktab ehtiyojlaridan kelib chiqadi. Har bir o‘quvchida hayotga ijodiy munosabat va individual xususiyatlarning taraqqiyoti ta’minlaganligini psixologik xizmat to‘g‘ri tashkil etilgan deyish mumkin. Psixolog o‘zining inson hulq-atvori va psixik faoliyati, psixik taraqqiyotning yosh qonuniyatlari haqidagi kasbiy bilimlariga, ularning o‘quvchilar va kattalar, tengdoshlari bilan o‘zaro munosabat xususiyatlariga, o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishga bog‘liqligiga tayanib, bolaga individual yondashuv imkoniyatlarini ta’minlaydi, uning qobiliyatlarini 20aniqlaydi, normadan og‘ishishlarning bo‘lishi mumkin bo‘lgan sabablarini psixologik-pedagogik korreksiya qilish yo‘llarini aniqlaydi. Bu bilan psixologik xizmat maktabda o‘quv-tarbiya ishining mahsuldorligini oshirishga, ijodiy faol shaxsni shakllantirishga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |