Mundarija O'zbek tilida gap bo'laklari tartibi


Download 264 Kb.
bet5/16
Sana18.06.2023
Hajmi264 Kb.
#1574440
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
1.3. Sintaksis

Sintaksis grammatikaning bir qismi bo‘lib, u so‘z birikmasi va gapni tekshiradi, uning asosi gap haqidagi ta’limotdir: gap qurish, so‘zlarni biriktirish qoidalari, gapning strukturasi, funksiyasi, qo‘llanishi, gaplarning o‘zaro munosabati va boshqalar.


Sintaksis tilshunoslikning boshqa bo‘limlari bilan uzviy bog’liqdir. Masalan, morfologiyada so‘zlarning strukturasi o‘rganilsa, sintaksisda ularning aloqasi, bog’lanishi, birikish yo‘llari va vositalari tekshiriladi. So‘z leksik birlik sifatida leksikada ham o‘rganiladi, biroq uning haqiqiy ma’nosi gapda aniqlashadi. Shu bilan birga, gapni shakllantirishda ohang muhim ahamiyatga ega, bunda sintaksisning fonetik tizimga bog’liqligi namoyon bo‘ladi.
Sintaksis atamasi, grammatika atamasining o‘zi kabi, ikki ma’noda qo‘llanadi: tilning sintaktik qurilishi va tilning grammatik qurilishi haqidagi fanning – grammatikaning bir qismi.
Nutqda, gapda so‘zlar ma’lum grammatik qoidalar asosida bir-biri bilan bog’langan bo‘ladi. Ikki yoki undan ortiq mustaqil so‘zdan tuzilib, bir grammatik butunlik, semantik yaxlitlik tashkil qilgan har bir kompleks so‘z birikmasi sanaladi.
Gap tuzilishida sintagma ham ajratiladi. Ular bir sintagma bir havo chiqarish bilan – bir nafas kuchi bilan aytiladi, so‘ng orada qisqa pauza bo‘lib, boshqa sintagma boshlanadi. Demak, sintagma ikki pauza orasidagi nutqiy elementdir. U eng sodda sintaktik parchadir. Sintagma bir necha so‘zli bo‘la olganidek, bir so‘zli ham bo‘la oladi. Sintagma tobelanish asosida tuziladi: unda bir so‘z yetakchi, boshqalari shunga to’be bo‘ladi.
Sintagmaning grammatik strukturasi:
aniqlovchi+aniqlanmish (keng ma’noda) shaklida bo‘ladi. 1
Masalan, Paxtazordan quvnoq terimchilarning ashulalari eshitilib turibdi.
Bu gapida “quvnoq terimchilarning ashulalari” sintagmasida: ashulalar – yetakchi element: hokim, terimchilarning – tobe element: aniqlovchi, quvnoq – tobe element: terimchilar so‘zining aniqlovchisi; demak, terimchilar bo‘lagi – nisbiy element:
a) o‘zidan keyingi elementga tobe: uning aniqlovchisi
b) o‘zidan oldingi elementga hokim: uning aniqlanmishi.
Sintagmalarga bo‘lishning o‘zgarishi odatda grammatik holatning ham, fikrning ham boshqaligini ko‘rsatadi: bir gap, o‘rniga qarab, turlicha sintagmalana oladi. Masalan: Bu mashinachi Karimning otasi (bu o‘rinda kerakli tinish belgisi qo‘yilmay ko‘rsatilgan, u belgi qanday sintagmalanishga qarab qo‘yiladi).
1. Bu mashinachi – Karimning otasi (otasi – mashinachi).
2. Bu – mashinachi Karimning otasi (Karimning o‘zi mashinachi).
Sintagmadan farqli, so‘z birikmasida ikki va undan ortiq so‘z ishtirok etadi. Masalan: O‘z qushlari janubdan tezgina uchib keldilar gapida shunday birikmalar bor: yoz qushlari, janubdan uchib kelmoq, tezgina uchib kelmoq. So‘z birikmasi nominativ funksiyani – atash funksiyasini bajaradi, bu jihatdan u gapdan ko‘ra so‘zga yaqin turadi.
So‘z birikmasi, o‘z tarkibidagi hokim elementning qaysi so‘z turkumiga kirishiga qarab, bir qancha ko‘rinishlarga ega bo‘ladi: otli birikma (bunda hokim so‘z ot yoki ot o‘rnida qo‘llangan so‘z; tobe so‘z ot, sifat, sifatdosh, son, olmosh, ravish, fe’lning noaniq shakli, taqlidlar bo‘lishi mumkin); fe’lli birikma; ravishli birikma.
So‘z birikmasi tuzilishi jihatidan ikki turga bo‘linadi: sodda birikmalar, qo‘shma birikmalar.
So‘z birikmasining elementlari orasidagi bog’lanish – tobelanish uch xil: moslashuv, boshqaruv, bitishuv.
Qaratqich bilan qaralmish moslashuv yo‘li bilan bog’lanadi: shaxs va sonda moslashadi: bolaning daftari, bizning uyimiz, maktab hovlisi va sh.k. Moslashuv harakat, belgi yo predmetning qaysi predmetga tegishli ekanligini ko‘rsatadi.
Boshqaruvda bir so‘z boshqa so‘zning talabi bilan o‘z shaklini o‘zgartiradi: tobe so‘z hokim so‘zga qarab ma’lum shaklni oladi.
Masalan: maktabga bormoq, uydan kelmoq. Boshqaruvchilik rolini fe’llar (ravishdosh, sifatdosh, fe’lning noaniq shakli) bajara olganidek, ba’zan sifatlar, ravishlar ham bajaradi; shunga ko‘ra, boshqaruv, asosan, ikkiga bo‘linadi:
1. Fe’l boshqaruvi: Karimga mukofot berildi; Bu pero po‘latdan yasalgan.
2. Sifat-ravish boshqaruvi: asal qanddan shirin. Otdan baland, itdan past (topishmoq).
Boshqaruv, asosan, harakat bilan obyekt munosabatini ifodalaydi. Boshqaruv vositasiz yoki vositali bo‘lishi mumkin.
Bitishuv yo‘li bilan birikkan so‘zlarning grammatik o‘zgarishi bir-biriga bog’liq bo‘lmaydi. Ularning o‘zaro aloqasi tartib va intonatsiya orqali ifodalanadi.
Bitishuvchi birikmalar:
1) ravish+fe’l.
Masalan: Ma’ruzachi sekin so‘zladi;
2) ravishdosh+fe’l.
Masalan: Quyosh qizarib chiqdi;
3) sifat (sifatlovchilar: ravish, olmosh, son, sifatdosh
b.)+ot (sifatlanmish). Masalan: moviy bayroq, bu bino, ko‘p kitob kabi.
Bitishuvda elementlarning hokim-tobelik holati, asosan, tartib orqali belgilanadi (tobe element+hokim element).
Masalan, U tez yurdi gapidagi bitishuv munosabatida, odatda, tobe so‘zni hokim so‘zdan ajratib bo‘lmaydi (oraga u so‘zini kiritib bo‘lmaydi). Demak, bu bitishuvda tartib bosh rolni o‘ynaydi. Ba’zan bitishuvda ham tartib ikkinchi o‘ringa tushib qolishi mumkin.1
Masalan: Majlis kechqurun bo‘ladi. Kechqurun majlis bo‘ladi.
Demak, bitishuv munosabatida tartib va intonatsiya katta rol o‘ynaydi. Bunda tobelik tartibdan, grammatik xususiyatdan, ma’nodan bilinib turadi.
Gap fikr bildirish, xabar berish vazifasini bajaradigan, turli his-tuyg’ularni ifodalaydigan bir so‘z yoki bir necha so‘zlar yig’indisi, nutqning grammatik jihatdan shakllangan, nisbiy intonatsion ham mazmunan tugallikka ega bo‘lgan birligidir.
Masalan: Oy. Nozik jimjitlik. Salqin shamollargina qizning sochlari bilan o‘ynashardi (O). Bunda uchta gap bor.
Gapdagi so‘zlar bir-biri bilan o‘zaro bog’langan bo‘ladi, ularning har biri gapda biror grammatik funksiyani – gap bo‘lagi vazifasini bajarib keladi. Gap bo‘laklari ikkiga – bosh bo‘laklar (ega, kesim) va ikkinchi darajali bo‘laklar (to‘ldiruvchi, aniqlovchi, hol)ga bo‘linadi.
Gaplar turli mezonlar asosida turlicha tasniflanadi:
1. So‘zlovchining maqsadiga ko‘ra gaplar 3 xil bo‘ladi: darak gap, so‘roq gap, buyruq gap.
2. His-hayajonning mavjudligiga ko‘ra: his-hayajon gap, his-hayajonsiz gap.
3. Tuzilishiga ko‘ra: sodda gap (sodda gap; uyushiq bo‘laklar, kirish konstruksiyalar, ajratilgan bo‘laklar bilan murakkablashgan sodda gap), qo‘shma gap (bog’langan, ergashgan, bog’lovchisiz, aralash turdagi qo‘shma gap).
4. Sostaviga ko‘ra: bir bosh bo‘lakli (bir sostavli) gap, ikki bosh bo‘lakli (ikki sostavli) gap.
5. To‘liqligi, yoyiqligiga ko‘ra: to‘liq gap, to‘liqsiz gap; yig’iq gap, yoyiq gap.
6. Gapning subyekti bor-yo‘qligiga ko‘ra: ko‘chirma gap, o‘zlashtirma gap.
Bir sostavli gaplar:
Shaxsi aniq gaplar
Shaxsi noaniq gaplar
Shaxssiz gaplar
Atov (nominativ) gaplar
Gapdagi so‘zlarning o‘zaro sintaktik munosabati turli-tuman vositalar orqali shakllanadi.
1. So‘z o‘zgartiruvchi affikslar - kelishik, egalik, shaxs-son affikslari so‘zlarning o‘zaro bog’lanishida eng faol vosita hisoblanadi.
2. Yordamchi so‘zlar (ko‘makchi, bog’lovchi, bog’lama).
3. So‘z tartibi – so‘zlarning o‘zaro sintaktik munosabatga kirishuvini ta’minlovchi vositalardan biri.
Masalan, oydin kecha, yaxshi bola kabi birikmalar tarkibidagi so‘zlarning o‘rni almashtirilsa, ma’no butunlay o‘zgarib ketadi: oydin kecha – sifatlovchili birikma; Kecha oydin – predikativ birikma.
O‘zbek tilida odatdagi tartibga ko‘ra ega gap boshida, kesim gap oxirida keladi: Topshiriq (ega) shunday edi (kesim).
Yo‘yiq sodda gapda ikkinchi darajali bo‘laklar ega va kesimga bog’lanadi. Egaga bog’langan gap bo‘laklari ega sostavini va kesimga bog’langan gap bo‘laklari kesim sostavini tashkil etadi:
M: Ikki nafar oqsoch ayol /sudra-sudra qilib eski paranjiga o‘ralgan kelinni olib chiqdilar //(S.N.).
Tobe bog‘lanish uch xil yo‘l bilan amalga oshadi.
1. Boshqaruv. 2. Moslashuv. 3. Bitishuv.
Boshqaruvli bog‘lanishda hokim so‘z talabiga ko‘ra tobe so‘z tushum, jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishigi qo‘shimchalarini olib keladi yoki hokim va tobe so‘z ko‘makchilar yordamida bog‘lanadi: akasini chaqirmoq, uyiga ketmoq, shaharda yashamoq, o‘qituvchidan so‘ramoq, do‘sti bilan bormoq, kelajak haqida suhbatlashmoq, haqiqat uchun kurashmoq kabi.
Moslashuvli aloqada hokim so‘z bilan tobe so‘z qaratqich kelishigi va egalik qo‘shimchalari yordamida bog‘lanib, o‘zaro shaxs-sonda moslashadi: mening hovlim, sening xonang, uning quvonchi, bizning guruhimiz, sizning vazifangiz, ularning fakulteti kabi.
Bitishuvli birikuvda hokim so‘z bilan tobe so‘z o‘zaro hech qanday grammatik vositalarsiz, faqat tartib va ohang asosida bog‘lanadi: katta ko‘cha, tez gapirmoq, besh baho, kulib aytmoq kabi. Ba’zi bitishuvli birikmalarning hokim va tobe so‘zlarib o‘zaro o‘rin almashtirilsa, so‘z birikmasi gapga aylanadi: qiziq kitob – Kitob qiziq. Katta shahar – Shahar katta. Tinch qishloq – Qishloq tinch kabi.
So‘z va so‘z birikmalari gap tuzish uchun asos bo‘ladi.



Download 264 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling