Mundarija O'zbek tilida gap bo'laklari tartibi


Download 264 Kb.
bet1/16
Sana18.06.2023
Hajmi264 Kb.
#1574440
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16



Mundarija
1.O'ZBEK TILIDA GAP BO'LAKLARI TARTIBI............................................2
2.O'ZBEK TILIDA GAP BO'LAKLARINING TARTIBINI O’ZGARISH HOLATI…………………………………………………………………………5
3.INGLIZ TILIDA SO'Z TARTIBINING O'RGANISHI.
4. INGLIZ TILIDA SO’Z TARTIBI........................................................................7
5.INGLIZ TILI GAP TUZILISHIDA SO’Z TARTIBINING O’ZGARISHI …. 35
XULOSA…...........................................................................................................39
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI........................................41`
1.O'zbek tilida gap bo'laklarining tartibi

Keyingi yillarda yuzaga kelayotgan lingvistik tadqiqotlarda tarjima muammolariga katta e'tibor berilmoqda. Lingvislik tarjimashunoslik bo'yicha yaratilayotgan va amaliyotining juz'iy masalalari bilan bir qatorda ushbu sohaning mohiyati aks ettiradigan umumnazariy muammolar ustida ham bosh qotirilmoqda. Bu hol lingvistik tajribashunoslik taqiqotchilar e'tiborini borgan sari ko'proq o'ziga tortayotganidan dalolat beradi.


O'zbekiston chet tillardan mutaxassislik sifatida o'rgatiladigan va o'rgatilayotgan tillarni inobatga olsak, shu vaqtgacha ingliz, fransuz, nemis, va ispan tillaridan o'zbek tiliga tarjima qilishining lingvistik asoslari ishlab chiqilmagan. To'g'ri, bu sohada ma'lum yutuqlarimiz ham bor, lekin bu chet tillardan o'zbek tiliga tarjima qilish asoslarni yaratishga yetarli emas. Ko'p nazariy fikrlar hali umumlashtirilmagan.
Bevosita chet tillardan o'zbek tiliga tarjima qilingan asarlar tarjima nuqtai nazaridan tahlil qilinmagan. Qilingan tarjimalar tahlili yo'qligi uchun aksariyat nashr etilgan lug'atlarda so'z ma'nolarini aniq ma'nosi yo’q. Badiiy tarjimani iqtisodiy-siyosiy matnlar tarjimasi va ilmiy texnikasi: tarjimada ham yuqorida aytilgan muammolar mavjud. Hozirgi paytda nashr qilingan ishlarga ko'ra elektron lug'atlarga bo'lgan talab ortib bormoqda. Bunday nashr etilgan lug'atlarda ehtiyoj bo’lgan fikr tug’ilmasligi kerak. Zamonaviy talablarga javob beradigan lug'atlar tuzish dolzarb muammolar sirasiga kiradi. Chunki tarjimaning sifatli bo'lishi uchun sifatli va mukammal lug’atlar va tarjimalar bo’lishi shart.

G A P.
Gap – fikr, tuyg‘u, istak va xabarni boshqalarga bildirish, yetkazish uchun qo‘llanadigan sintaktik birlik. Gap – nutqning nisbiy tugallangan fikrni ifodalaydigan bo‘lagi. Fikr bir so‘z yoki bir necha so‘zlar yig‘indisi bilan ifodalanishi mumkin. Gaplar tuzilishiga ko‘ra sodda va qo‘shma turlarga bo‘linadi. Ular ifoda maqsadiga ko‘ra to’rt xil bo‘ladi:
1. Darak gap.
2. So‘roq gap.
3. Buyruq gap. 4.Istak gap.
Darak gapda bo‘lib o‘tgan, bo‘layotgan yoki bo‘lishi kutilayotgan voqea-hodisa haqida xabar beriladi. Shuningdek, bunday gaplar orqali narsa yoki hodisada biror xususiyatning mavjudligi yoki mavjud emasligi tasdiq yoxud inkor yo‘li bilan ifodalanadi .Darak gap xabar ohangi bilan aytiladi. Gapning bosh qismida ohang bir oz ko‘tarilib, keyingi qismida pasaya boradi. Tovush tempi o‘rtacha bo‘ladi. Mantiq urg‘usini olgan so‘z gap tarkibidagi boshqa so‘zlarga nisbatan yuqori ohang bilan aytiladi. Urg‘uli bo‘lak o‘zidan oldingi bo‘lakdan qisqa pauza bilan ajratilib, tezroq talaffuz etiladi. Darak gaplar tarkibidagi bo‘laklarning joylashish tartibi odatdagi tartib sanaladi. Darak gapning kesimi darak harakteridagi fe’llar bilan ifodalanib, so‘roq, buyruq va undov xususiyatlaridan xoli bo‘ladi. Darak gapning kesimi fe’ldan boshqa so‘z turkumlari bilan ham ifodalanishi mumkin. Misollar: Jahongir universitetning huquqshunoslik fakultetini bitirdi.
Uning ukasi chet tillar institutining ingliz filologiyasi fakultetida tahsil olmoqda. Universitetning botanika bog‘i juda katta. Kecha hammani qoyil qoldirgan talaba – shu. Bizning ko‘chamizda mevali daraxtlar ko‘p.1
So‘roq gapda so‘zlovchi uchun noma’lum bo‘lgan biror narsa, harakat-holat, belgi-xususiyat haqida ma’lumot olish ma’nosi ifodalanadi. So‘roq gap, asosan, dialogik nutqqa xos bo‘lib, tinglovchidan so‘ralayotgan mavzuni inkor yoki tasdiq etishni talab etadi. So‘roq gap ohang jihatidan darak gaplardan farq qiladi. So‘roq gap so‘roq ohangi bilan talaffuz etiladi. So‘roq gapda bevosita so‘roqni bildiruvchi so‘zda ovoz kuchayadi. Bunday gaplar oxiriga so‘roq belgisi qo‘yiladi. O‘zbek tilida so‘roq gap bir necha yo‘llar bilan hosil bo‘ladi:
1. So‘roq olmoshlari yordamida shakllanadi. Bunday holatda so‘roq gap tarkibida kim? nima? qanday? qanaqa? qaysi? qayerda? qayerga? qayerdan? qachon? nega? necha? nechta? qancha? nima uchun? kabi so‘zlari ishtirok etadi. Masalan: Siz nima uchun dars tayyorlamay keldingiz? Siz bugun qaysi matnni tarjima qildingiz? Siz kutubxonaga kim bilan borasiz? Gulbahorning to‘yiga kimlar bordi?1
2. So‘roq gaplar –mi, -chi, -a, -ya, nahotki so‘roq yuklamalari yordamida hosil bo‘ladi. Masalan: Bu kitobni siz keltirdingizmi? Siz zamonaviy musiqa asarlarini yoqtirasizmi? O‘zingiz-chi? Sen ikkinchi kursda o‘qiysan-a? Akangiz bugun keladi-ya? Nahotki bolaligingiz o‘tgan qishlog‘ingizni sog‘inmasangiz?
3. So‘roq gaplar ba’zan hech qanday grammatik vositalarsiz, faqat ohang yordamida hosil bo‘lishi ham mumkin. Bunday holatlarda oldingi darak gap to‘lig‘icha yoki uning biror bo‘lagi takrorlanib, so‘roq gap hosil qilinadi. Masalan: Soat o‘n bo‘ldi. – Soat o‘n bo‘ldi? – O‘n? Biz muzeyga ertaga boramiz? – Ertaga boramiz? Bu ishni bugun bajara olmaymiz. – Bajara olmaymiz? kabi.
Buyruq gaplar buyurish, iltimos, taklif, xohish-istak, xitob, ogohlantirish kabi ma’nolarni ifodalab keladi. Odatda, buyruq gaplar suhbatdoshni biror ish-harakatni bajarishga yoki shunday ish-harakatdan voz kechishga undaydi. Buyruq gaplar ikkinchi shaxsga qaratilgan bo‘ladi. Shuning uchun ham bunday gaplarning kesimi ko‘pincha ikkinchi shaxs birlik yoki ko‘plik shaklidagi buyruq fe’li bilan ifodalangan bo‘ladi. Shuningdek, ikkinchi shaxsga qaratilgan buyruq gaplarning kesimi shart fe’lining birlik va ko‘plik shakllari bilan ham ifodalanishi mumkin. Masalan: Nodiraxon, o‘rtoqlaringizni ham shu yerga chaqirsangiz. Qizim, bir piyola achchiq choy bersangiz.
Farmoyish, buyruq, qaror kabi rasmiy nutqqa xos hujjatlarda qo‘llangan buyruq gapning kesimi majhul nisbatdagi fe’lning uchinchi shaxs buyruq shaklida bo‘ladi. Masalan: O‘z ishiga sovuqqonlik bilan munosabatda bo‘lgani uchun Nodir Qodirov ogohlantirilsin. Bu qaror ikki haftalik muddat ichida chuqur o‘rganib chiqilsin, kabi.
Shuningdek, ko‘pchilikka qaratilgan buyruq gaplar ham shunday shaklda bo‘ladi. Masalan: Bu yerda chekilmasin! Iflos qilinmasin! Jimlik saqlansin! Gulzordan yurilmasin! Qo‘l bilan teginilmasin! kabi.
Buyruq gap har xil ohang bilan talaffuz qilinishi mumkin. Qat’iy buyurish, talab ma’nolarini anglatuvchi buyruq gaplar kuchli ohang bilan aytilsa, o‘git, nasihat, iltimos kabi ma’nolarni ifodalovchi buyruq gaplar ancha past hamda mayin ohang bilan talaffuz etilishi mumkin. Tinch ohang bilan talaffuz qilingan buyruq gap oxiriga yozuvda nuqta, kuchli his-hayajon bilan talaffuz qilingan buyruq gap oxiriga esa undov belgisi qo‘yiladi.
Masalan: Har kuni ertalab barvaqt tur, yuz-qo‘lingni yuv, badantarbiya bilan shug‘ullan. Bugun kechqurun soat 7 da biznikiga kel. Dushmanga qarata o‘t oching! Qo‘lingni ko‘tar! kabi.
Yuqorida aytib o‘tilganlardan tashqari, his-hayajon ifodalovchi gaplar ham mavjudki, ular tilshunoslikda undov gaplar yoki his-hayajon gaplar deb yuritiladi. Bunday gaplarda so‘zlovchining his-hayajoni, ruhiy kechinmalari o‘z ifodasini topib, tashakkur va rag‘batlantirish, hayratlanish, zavqlanish, shodlik, orzu-umid, achinish, kinoya, qo‘rqish, g‘azab, norozilik, nafrat, ishonch, ishonmaslik, shubha, taajjub, mensimaslik kabi ma’nolar anglashiladi. Undov gaplar anglashilayotgan ma’noga mos his-hayajonga ko‘ra turlicha ohang bilan talaffuz etiladi. Odatda bunday gaplar oxiriga yozuvda undov belgisi qo‘yiladi.
Masalan: Qishlog‘imiz shunaqa chiroyliki! Hormang! Barakalla, do‘stim! Gulla, yashna mustaqil O‘zbekiston! 1


Download 264 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling